Tayanch kompetensiya elementlar: Kommunikativ kompetensiya
Download 0.69 Mb.
|
Mavzu
Yangi mavzu bayonini. Bobur g’azali bilan aytila-
digan qo’shiqni tinglash bilan boshlanadi.O’qituvchi Boburning hasbi hol usulida yozilgan g’azal yoki ruboiylaridan birini o’qib eshittiradi. Charxning men ko’rmagan jabr-u jafosi qoldimu, Xasta ko’nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu Meni xor etdi-uy ,qildi muddaini parvarish Emdi turgizmak uchun safosi qoldimu?!... Bobur hayoti va faoliyati tasviri ifodalngan lav- halar namoyish etilgach,o’qituvchi memuar asar haqida ma’lumot berib o’tadi. Muallifning o’zi qatnashgan yoki ko’zi bilan ko’rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asarga memuar asar deyiladi.” Memuar ‘‘ fran – suzcha “esdalik “ ma’nosini anglatadi.Dunyo ada- biyotida memuarlarning bir necha turi bor. O’zbek adabiyotida esa , bu xil asarlarning tarixiy memuarlar va badiiy memuarlar singari ikki turi ko’proq uchraydi. Memuar asarlar bayon qilish shakli , zamonaviy izchilligi jihatidan kundaliklarga oxshab ketsa ,materialning tabiati,tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi, badiiy to’qimaning yo’qligiga ko’ra ilmiy asarlarga yaqin turadi. Memuar asarlarga xos asosay qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoki givoh sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos olimdan farq qilib ,real voqelik- ning o’zi bevosita qatnashgan yoki ko’rgan qisminigina aks etteradi. Bunda muallif o’z kuzatish va dunyoqarashigagina tayanadi. “Boburnoma “ avtobiografik ocherklarni eslatuvchi vo- Qeiy hikoyalardan iborat. Ularda muallif Movarounnahr, Xuroson,Afg’oniston va Hindiston kabi mamlakatlarda o’zi qatnashgan, ko’rgan yoki eshitgan voqealarni hikoya qiladi. Bobur Samarqandning tabiatini tasvirlar ekan, uning obodligiga ulkan hissa qo’shgan Amir Temur va Ulug’bek Mirzo singari hukmdorlar shaxsiyatiga xos yaratuvchilik qirralariga urg’u beradi. “Boburnoma “asari XVI asr boshlarida yaratilgan o’zbek tarixiy- badiiy yodnomasining nodir namunasidir. S. Ayniyning “Esdaliklar”, A.Qahharning “O’tmishdan ertaklar”, Oybekning “Bolalik” asarlari hozirgi zamon o’zbek badiiy- yodnoma adabiyotiga misol bo’la oladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling