Tayanch maktablarda
Download 221.73 Kb. Pdf ko'rish
|
дастур математика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar 5-6 sinf 7-8 sinf 9-sinf
LOYIHA ХALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORGARLIK KOʻRISHGA YOʻNALTIRILGAN TAYANCH MAKTABLARDA MATEMATIK SAVODXONLIK YO‘NALISHI BOʻYICHA 2022-2023 O‘QUV YILI UCHUN REJA VA MAVZU T/r OʻQUV MASHGʻULOTI MAVZULARI Nazariy Amaliy topshiriqlar 5-6 sinf 7-8 sinf 9-sinf 1 Xalqaro baholash dasturlarida matematik savodxonlik talqini “Radiotelefon quvvati” “Internet- do‘kon aksiyasi” “Oddiy biskvit” 2 PISA topshiriqlari turlari va ularning tahlili “Yugurish poygasi” “TIMSS topshiriqlari” “Aeroport passajirlari” 3 PISA tadqiqotida matematik mazmun sohalari “Chigirtka” “Dala hovli uchun gulzor” “Mo‘jizaviy tarvuz” 4 PISA topshiriqlarning o‘ziga xos jihatlari va matematik savodxonlikda baholash “Qulupnay mevasi” “TIMSS topshiriqlari” “Kichik biznes daromadi” 5 Matematik savodxonlikni baholash mezonlari “Yosh velosipedchilar” “Zinapoya” “Proyeksion masofa” 6 O‘quvchilarda matematik savodxonlikni shakllantirish metodologiyasi “Yog‘ochli fantaziya” “TIMSS topshiriqlari” “Bir hujayrali organizmlarning bo‘linishi” 7 Matematik savodxonlikni shakllantirish yo‘llari “Qo‘ziqorin terimi ” “Ekskursiya” “Temir halqa” 8 Matematika fani bo‘yicha TIMSS tadqiqoti doirasida xalqaro baholash “Graffiti” “TIMSS topshiriqlari” “Jism massasi” 9 TIMSS-2023 tadqiqotining matematika fani bo‘yicha baholash qamrov ko‘lami “Salat bargi hosili ” “Jism massasining indeksi” “Avtomobil uchun ochiq ayvon” 10 TIMSS tadqiqoti topshiriqlari turlari “Bolalar xonasi uchun gilam” “TIMSS topshiriqlari” “Otlar uchun trenajyor” 11 TIMSS tadqiqotida yopiq test shaklidagi topshiriqlar “Muzeyga sayohat” “Kafe o‘rindiqlari” “Dam olish maskani” 12 TIMSS tadqiqotida ochiq (konstruktiv) test shaklidagi topshiriqlar “Elektrosamokatl ar” “TIMSS topshiriqlari” “Shirinliklar guldastasi” 13 Akademik va funksional savodxonlik farqi “Elektrobus” “Suzish mashqi” “Uy kinoteatri” 14 PISA va TIMSS tadqiqotlari topshiriqlari qiyosiy tahlili “Aksiya bo‘yicha xarid” “TIMSS topshiriqlari” “Internet- do‘kondan xarid” 15 PISA: matematik savodxonlik va kreativ fikrlash “Bodring ekini” “Keks uchun quti” “Uy hayvonlari” 16 Kreativ fikrlashga oid topshiriqlar namunasi va uni ng baholash mezonlari “Bahorni kutib olish” “TIMSS topshiriqlari” “Parhez” 17 TALIS xalqaro tadqiqoti “Bog‘ yo‘lakchasi” “Xona ta‘miri” “Omonat turlari” MATEMATIK SAVODXONLIK BOʻYICHA OʻQUV DASTUR 1. Xalqaro baholash dasturlarida matematik savodxonlik talqini. PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik tushunchasi. XXI asr ko‘nikmalari va matematik savodxonlik. TIMSS tadqiqotida matematik savodxonlik talqini. Matematik mulohaza yuritish va masalalar yechish. Amaliy mashgulot: “Radiotelefon quvvati” Ushbu topshiriq 5-6-sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Sonning qismi, kasr tushunchasi, natural sonlar ustida amallar va qoldiqli bo‘lish” mavzularida qo‘llash tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Internet-do‘kon aksiyasi” Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Sonning foizini topish, sonli ifodalar tuzish va hisoblash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Biskvit” Ushbu topshiriq 9-sinf matematika darslarida “Ratsional sonlar ustida amallar, miqdorlarni taqqoslash, bir necha martaga oshirishni bajarish” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 2. PISA topshiriqlari turlari va ularning tahlili. PISA - xalqaro baholash dasturi topshiriqlarining turlanishi. Aqliy faoliyat bo‘yicha: mulohaza yuritish; ifodalash; qo‘llash; talqin qilish va baholash. Hayotiy vaziyatlar bo‘yicha: shaxsiy hayot; ijtimoiy hayot; kasbiy faoliyat; ilmiy faoliyat. Amaliy mashgulot: “Yugurish poygasi” Topshiriq 5-6-sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikdagi “Natural sonlar, arifmetik masalalarni yechish” mavzularini o‘tganda qo‘llash tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Topshiriqlar 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Sonlar va amallar” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Aeroport passajirlari” Ushbu topshiriq 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Ratsional sonlar ustida amallar, miqdorlarni taqqoslash, bir necha martaga oshirishni bajarish” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 3. PISA tadqiqotida matematik mazmun sohalari. Matematik mazmun sohalari: miqdorlar; o‘zgarishlar va munosabatlar; fazo va shakl; ma’lumotlar va aniqmasliklar. Topshiriqlarning turlari va formatlari. PISA topshiriqlaridan namunalar Amaliy mashgulot: “Chigirtka” Topshiriq 5-6-sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Sonning ulushini topish, natural sonlar ustida amallar va tezlik o‘lchov birliklarini taqqoslash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Dala hovli uchun gulzor” Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, geometriya fanidan “Geometrik shakllar: uchburchak va to‘rtburchakni teng o‘lchamli figuralardan modellashtirish” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Mo‘jizaviy tarvuz” Topshiriq 9-sinf uchun tuzilgan bo‘lib, geometriya fanidan “Geometrik shakllar (kub, parallelepiped) tushunchasi va ularning xossalari, shakllar hajmini hisoblash, og‘irlik o‘lchov birliklarini taqqoslash va konversiya qilish” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 4. PISA topshiriqlarning o‘ziga xos jihatlari va matematik savodxonlik baholash. PISA-2022 tadqiqotlari va topshiriqlarining o‘ziga xos jihatlari: 1. Kompyuter yordamida modellashtirish; 2. O‘sish hodisasi; 3. Geometrik yaqinlashish; 4. Shartli qaror qabul qilish. Topshiriqlar tahlili. Baholash maqsadlari. Baholash turlari va vositalari. Amaliy mashgulot: “Qulupnay mevasi” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarida “Vaqt va og‘irlik birliklari bilan ishlash, natural sonlar” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Dala hovli uchun gulzor” Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilariga “Sonlar va amallar” mavzusini o‘tishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Kichik biznes daromadi” Ushbu topshiriq 9-sinf algebra fanidan “Funksiya qiymatini argument qiymatiga ko‘ra topish, formulalar bilan ishlash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 5. Matematik savodxonlikni baholash mezonlari. PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlikni baholash. PISA sinov topshiriqlarining turlari va ularni baholash mezonlari. PISA topshiriqlaridan namunalar va ularning tahlili. PISA tadqiqotlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish va ularni bu tadqiqotlarga tayyorlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar. O‘quvchilarni tadqiqotlariga tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar. Amaliy mashgulot: “Yosh velosipedchilar” 5-6-sinf matematika darslarida “Masofa, tezlik va vaqt orasidagi bog‘liqlikni to‘g‘ri qo‘llash, formula bilan ishlash” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Zinapoya” Topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan bo‘lib, geometriya darslarida “To‘g‘riburchakli uchburchak xossalarini qo‘llash, parallel to‘g‘ri chiziqlar, kesma uzunligi aksiomasi va tengsizliklar bilan ishlash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Proyeksion masofa” Ushbu topshiriq 9-sinf geometriya fanidan “Uchburchaklar o‘xshashligi alomatlari, kesmalar proporsiyasi va Pifagor teoremasi” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 6. O‘quvchilarda matematik savodxonlikni shakllantirish metodologiyasi. Matematik savodxonlikni shakllantirish vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari: kontekstlilik, muammolilik, yoshga moslik, ijtimoiy tajribani boyitish, bilish, kompetensiyalarni rivojlantirish va murakkablik. Amaliy mashgulot: “Yog‘ochli fantaziya” Topshiriq 5-6-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Eng sodda geometrik shakllar: uchburchak va to‘rtburchak bilan tekislikda ishlash” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Topshiriq 7-8-sinf matematika fanidan “Algebra va funksiyalar” mavzusida qo‘llash tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Bir hujayrali organizmlarning bo‘linishi” Ushbu topshiriq 9-sinf uchun tuzilgan bo‘lib, “Natural ko‘rsatkichli daraja, geometrik progressiya hadlarini hisoblash, grafiklar bilan ishlash” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 7. Matematik savodxonlikni shakllantirish yo‘llari. Matematik savodxonlikni shakllantirish yo‘llari: matematik modellashtirishga o‘rgatish; nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish; olingan bilimlarning shaxsiy ahamiyati; ijtimoiy tajribani boyitish; fanlararo integratsiya; metaaktivlikni rivojlantirish. Amaliy mashgulot: “Qo‘ziqorin terimi” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarida “Sonli ifoda tuzish, natural sonlar ustida amallar, ulushlar tushunchasi” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Ekskursiya” Ushbu topshiriq 7-8-sinf аlgebra darslarida “Jadvallar bilan ishlash, vaqt hisobi, ikki miqdor orasidagi bog‘lanish” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Temir halqa” 9-sinf matematika darslarida “Aylana diametri, uzunligini hisoblash, miqdorlarni taqqoslash, berilgan nisbatda sonlarni taqsimlash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 8. Matematika fani bo‘yicha TIMSS tadqiqoti doirasida xalqaro baholash. Matematikadan o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) xalqaro tadqiqoti dasturi. Xalqaro baholash dasturining maqsadi va mohiyati. Tadqiqot yo‘nalishlari va natijalari tahlili. TIMSS xalqaro baholash tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari. Xalqaro tadqiqotl natijalari tahlili va undan kelib chiqadigan xulosalar Amaliy mashgulot: “Graffiti” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarining “To‘g‘ri to‘rtbirchak yuzini topish, sonli ifoda tuzish va hisoblash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, “Algebra va funksiyalar” mavzusida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Jism massasi” Topshiriq 9-sinf аlgebra fanidan “Tengsizliklar yordamida intervallarni keltirish, arifmetik progressiya hadlarini hisoblash” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 9. TIMSS-2023 tadqiqotining matematika fani bo‘yicha baholash qamrov ko‘lami. 2023-yilgi TIMSS tadqiqotining matematika fani bo‘yicha baholash qamrov ko‘lami. TIMSS matematika baholashning boʻlimlari. Baholash mezonining tarkibi. Mulohaza yuritishning muhim boʻlgan kognitiv oʻlchovi. Matematik mazmun sohasi va boʻlimlari. Sonlar va amallar. Algebra va funksiyalar. Geometriya va oʻlchashlar. Ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik. Matematikaning kognitiv sohalari. Bilish kognitiv sohasi, qoʻllash kognitiv sohasi. Mulohaza yuritish kognitiv sohasi. Amaliy mashgulot: “Salat bargi hosili ” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarida foydalanish uchun tuzilgan bo‘lib, “Sonli oraliqlar bilan ishlash, o‘nlik kasrlar ustida amallar, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish formulasi” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Jism massasining indeksi” Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Miqdorlararo bog‘liqlikni aniqlash, formula bo‘yicha hisoblash, kvadrat ildiz tushunchasi, sonlarni yaxlitlash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Avtomobil uchun ochiq ayvon” Topshiriq 9-sinf geometriya fanidan “Geometrik shakllar (uchburchak, to‘rtburchak, trapetsiya) xossalari, trapetsiya o‘rta chizig‘i, Pifagor teoremasi, trigonometriya elementlari” mavzularida foydalanish uhun tavsiya etiladi. 10. TIMSS tadqiqoti topshiriqlari turlari. TIMSS topshiriqlari turlari va ularning tahlili. Topshiriqlardan namunalar. Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Topshiriqlarni bajarish yuzasidan tavsiyalar. Amaliy mashgulot: “Bolalar xonasi uchun gilam” Ushbu topshiriq 5-6-sinf matematika fanidan “O‘nli kasrlar ustida amallar, algoritmni qo‘llash, sonning foizini hisoblash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Geometriya va o‘lchashlar” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Otlar uchun trenajyor” Ushbu topshiriq 9-sinf o‘quvchilariga “Geometrik formalar, burchakli kattaliklar, aylana uzunligi va murakkab shakllar yuzini hisoblash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. 11. TIMSS tadqiqotida yopiq test shaklidagi topshiriqlar. TIMSS tadqiqoti topshiriqlari turlari. Yopiq test shaklidagi topshiriqlar. Topshiriqlardan namunalar. Topshiriqlar tahlili. Amaliy mashgulot: “Muzeyga sayohat” Topshiriq 5-6-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, “Jadval ma’lumotlar bilan ishlash va vaqt kattaliklari bilan ishlash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Kafe o‘rindiqlari” Ushbu topshiriq 7-8-sinf geometriya darslarida “Uzunlik tushunchasini ishlata olish, to‘g‘riburchakli uchburchak xossalari, Pifagor teoremasi, sonlar qonuniyatini real hayotda aniqlash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Dam olish maskani” 9-sinf o‘quvchilariga “Ko‘pburchaklar perimetri va aylana uzunligini hisoblash, jism hajmini topish” kabi mavzularda foydalanish uchun tavsiya etiladi. 12. TIMSS tadqiqotida ochiq (konstruktiv) test shaklidagi topshiriqlar. Ochiq (konstruktiv) test shaklidagi topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ochiq test shaklidagi topshiriqlar. Batafsil va qisqa javobli testlar. Topshiriqlardan namunalar. Topshiriqlar tahlili. Amaliy mashgulot: “Elektrosamokatlar” 5-6-sinf matematika darslarida “Sonning qismini topish, jadval bilan ishlash, foizlarni hisoblash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Ushbu topshiriqlar 7-8-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, “Geometriya va o‘lchashlar” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Shirinliklar guldastasi” Topshiriq 9-sinf algebra darslarida “Hodisalar ehtimolligi, kombinatorika masalalari, ifoda tuzish” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 13. Akademik va funksional savodxonlik farqi. Akademik savodxonlik tavsifi. Funktsional savodxonlik tavsifi. Akademik va funktsional savodxonlik farqlari. Akademik va funktsional savodxonlikka oid topshiriqlar va ularning farqlari, tahlili. Amaliy mashgulot: “Elektrobus” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarida “Ikki miqdor nisbatini topish, ketma-ketlik qonuniyatini aniqlash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Suzish mashqi” Ushbu topshiriq 7-8-sinf darslarida “Funksiyalar grafigini o‘qish va taqqoslash, grafik bo‘yicha harakat vaqti va tezligini topish, harakat o‘rtacha tezligini hisoblash” mavzusida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Uy kinoteatri” 9 –sinf matematika darslarida “Miqdorlar orasidagi bog‘liqlik, ma’lumotlar analizi, sonlarni taqqoslash va tartiblash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. 14. PISA va TIMSS tadqiqotlari topshiriqlari qiyosiy tahlili. PISA tadqiqoti topshiriqlaridan namunalar. TIMSS tadqiqoti topshiriqlaridan namunalar. PISA va TIMSS topshiriqlari qiyosiy tahlili. Amaliy mashgulot: “Aksiya bo‘yicha xarid” 5-6-sinf matematika darslarida “Miqdorlar orasidagi bog‘liqlik, jadval ma’lumotlar bilan ishlash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Mazkur topshiriqlar 7-8-sinf darslarida “Ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik” mavzularini mustahkamlash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Internet-do‘kondan xarid” Ushbu topshiriq 9-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, “Diagrammalar bilan ishlash, tasodifiy hodisalar ehtimolligini hisoblash” mavzularida foydalanish uchun tavsiya etiladi. 15. PISA: matematik savodxonlik va kreativ fikrlash. Kreativ fikrlash. Matematik savodxonlik topshiriqlarida kreativ yo‘ndashuv. Muammoli vaziyatlarda muammolarni mustaqil ko‘rish va shakllantirish, mustaqil farazlar va yechim rejalarini ishlab chiqish. Muammoni hal qilishning o‘ziga xos (individual) variantlarini ko‘ra olish, uni yechish usullarini qurish, munosabatlar va bog‘lanishlarni ochib beruvchi teorema, tezis, qonun, printsip va formulalarni shakllantirish, tushuntirish va ularni asoslash (isbot). Amaliy mashgulot: “Bodring ekini” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarida “Miqdorlarning o‘rta arifmetik qiymatini topish, sonlarni yaxlitlash” mavzularini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Keks uchun quti” Ushbu topshiriq 7-8-sinf geometriya darslarida “Geometrik shakllar (doira, parallelepiped) haqida tushuncha va ularni xossalari, diametr, balandlik va hajm kattaliklarni topish” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Uy hayvonlari” Mazkur topshiriq 9-sinfda “Diagrammalar bilan ishlash, hodisalar ehtimolligini hisoblash, ma‘lumotlar tahlili” mavzularini mustahkamlash uchun tavsiya etiladi. 16. Kreativ fikrlashga oid topshiriqlar namunasi va uni baholash mezonlari. Kreativ fikrlash topshiriqlari. O‘quvchida kreativlik (ijodkorlik) sifatlarini rivojlantirish. Ijodkorlik qobiliyati. Kreativ fiklashni baholash. Baholash mezonlari. Ijodiy fikrlash. Matematik savodxonlikni rivojlantirishda ijodiy fikrlashning o‘rni. Fan ichidagi va fanlararo munosabatlarni aniqlash topshiriqlari. Topshiriq asosiy mazmunini aniqlash, muqobil variantlarni izlash. Matematik savodxonlik orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirish. Amaliy mashgulot: “Bahorni kutib olish” 5-6-sinflar uchun mo‘ljallangan ushbu topshiriq “Sodda geometrik shakllar va detallar bilan ishlash” mavzularini mustahkamlash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “TIMSS topshiriqlari” Mazkur topshiriqlar 7-8-sinf darslarida “Ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Parhez” Topshiriq 9-sinf o‘quvchilariga “Miqdorlarni foizli kamaib borishi va foizli osib borishiga oid masalalarni yechish” mavzusini mustahkamlash uchun tavsiya etiladi. 17. TALIS xalqaro tadqiqoti. TALIS tadqiqoti. Oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholash. Xorijiy mamlakatlardagi samarali oʻqitish va shart-sharoitlar. Rahbar xodimlar va pedagoglar fikrini o‘rganish. Amaliy mashgulot: “Bog‘ yo‘lakchasi” Topshiriq 5-6-sinf matematika darslarida “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi va parallelepiped hajmi formulalari, uzunlik o‘lchov birliklari” mavzularini mustahkamlash maqsadida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Xona ta‘miri” Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, “Kvadrat va doira elementlari bilan ishlash, shakllar yuzalarini hisoblash, shakllar perimetrini baholash” mavzularida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashgulot: “Omonat turlari” 9-sinf o‘quvchilariga “Ma’lumotlarni o‘qish va interpretatsiya qilish, murakkab foizlar” mavzularini mustahkamlsh maqsadida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Download 221.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling