Tayanch so`z va iboralar
Download 110.5 Kb.
|
Djuraeva Nafisa
ANNOTATSIYA Ushbu malaka ishida fonetikaning maqsad va vazifalari, unli va undosh tovushlar haqida umumiy ma’lumot, o’quvchilar bilimini mustahkamlashga doir, fonetik birliklarga doir grammatik topishmoqlar haqida yozilgan va reja asosida yoritib berilgan. Tayanch so`z va iboralar: fonetika, unli va undosh tovushlar, fonetik birlik, grammatik topishmoqlar. 2- sinf ona tili darslarida savod o’rgatish davrida fonetik birliklarning o’rni va o’qitish usullari. Mundarija I.Kirish II.Asosiy qism 1. Fonetikaning maqsad va vazifalari 2. Unli va undosh tovushlar haqida umumiy ma’lumot 3 O’quvchilar bilimini mustahkamlashga doir 4 Fonetik birliklarga doir grammatik topishmoqlar
Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Jumladan, yaqinda respublikamiz Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo’lib o’tgan saylovlar aholimizning yuksak ijtimoiy-siyosiy madaniyatini, uning siyosiy va fuqarolik ong darajasi tobora o’sib borayotganini, saylovchilar mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganimizni keng qo’llab-quvvatlayotganini namoyish etdi. Ushbu qoida ayniqsa hozirgi sharoitda yanada dolzarb bo’lib bormoqda. Chunki, 2008-yilda boshlangan va 2009-yilda jahonning ko’plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o’ziga xos izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o’ylanganligi va asoslanganligini, tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. Mamlakatimizda chuqurlashgan jahon-moliyaviy inqirozi sharoitida barqaror o’sish sur’atlarining saqlanib qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot yo’limiz va unga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatimizning nechog’liq to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda. O’quvchilarning yosh va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda imkoniyatlariga, qiziqishlariga mos topshiriqlar tizimi ishlab chiqilsa; - “Ona tili” darslarida milliy an’analar, zamonaviy yondashuvlar va ta’limning interfaol usullaridan foydalanilsa; - boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ijodkorligi, fonetik birliklarni o’rgatish faolligi ta’minlansa; - boshlang’ich ta’lim jarayonida fonetik birliklarni o’rgatish bo’yicha beriladigan bilim, ko’nikma va malakalar izchillik asosida olib borilsa; - boshlang’ich ta’limda fonetik birliklarni o’qitish ilmiy-nazariy va metodik jihatdan reja asosida tashkil etilsa, o’quvchilarda mavzuni o’zlashtirsh jarayoni samarali kechadi. 1. FONETIKANING MAQSAD VA VAZIFALARI. Fonetika yunoncha fone so’zidan olingan bo’lib, tilshunoslikning tovushlar tizimi to’g’risidagi bo’limdir. Fonetika biror tildagi fonetik birliklarni, unli va undoshlarni, ularning paydo bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlarini, bir-biridan farqlanishini o’rganadi. Kombinator o’zgarishlar, ularning vazifalari haqida baxs ketadi. Shuningdek u nutq apparati bo’g’in va ularning tuzilishini ham tekshiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, fonetika, tabiatdagi tovushlarni emas, balki fonetik birliklarni o’rganadi. Shunda ham u fonetik birliklarni to’lig’icha emas, asosiy qismini qamrab oladi. Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika qismi tekshiradi. Fonetika tovushlar bilan birga bo’g’in, urg’u va uning turlarini ham o’rganadi. Fonetika leksikologiya va grammatika bilan uzviy bog’liqdir. Chunki fonetik birliklarning asosiy vazifasi ma’noni farqlash bo’lib, bu hodisa avvalo, so’zlarda yuzaga chiqadi. Buni leksikologiya ham grammatika ham har qaysisi o’z yo’li bilan o’rganadi. Fonetikani o’rganish orfografiya (to’g’ri yozish), orfoepiya (to’g’ri talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o’zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar talaffuzi o’rtasidagi farqni aniqlashga katta yordam beradi.) Demak, fonetika tilshunoslikning orfografiya, orfoepiya, lekskiologiya,grammatika, dialektologiya kabi bo’limlari bilan bevosita aloqadordir. Fonetika fizikaning akustika qismi va fiziologiya bilan ham yaqin munosabatdadir Fonetik birliklar, tarixiy, qiyosiy, hozirgi holati nuqtai nazaridan ham hamda turli asboblar vositasida o’rganilishi mumkin. Shunga ko’ra fonetika1:
Umumiy fonetika. Bunda fonetikaga oid materiallar, fonetikaning turlari, fonetik birliklar, ularning bo’linishlari va har xil o’zgarishlari to’g’risida umumiy ma’lumot beriladi. Umumiy fonetika ayrim tillarning, shuningdek, bir qancha qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarning fonetik tizimini o’rganish asosida olingan natijalar umumlashtiriladi. Tarixiy fonetikada konkret bir tilning tovushlar tizimi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Boshqacha aytganda, tilning tovush tizimidagi taraqqiyot va o’zgarishlar, ayrim tovushlarning iste’moldan chiqib ketishi, yangi tovush yoki tovush, variantlari yuzaga kelishi, tovushlarning tadrijiy taraqqiyoti shu tildagi gaplashuvchi xalqning tarixi bilan bog’liq ravishda o’rganiladi. Tarixiy sabablari aniqlanadi. Qiyosiy fonetika. Bunda bir qancha tillarning yoki bir qancha shevalarning materiallari unli va undoshlar, fonetik o’zgarishlar va shu kabilar bir-biriga qiyoslash asosida o’rganiladi. Tavsifiy fonetika. Bunda biror konkret til tovush tarkibining hozirgi holati, ya’ni undoshlar ularga mos fonetik o’zgarishlar o’rganiladi. Bundan tavsifiy fonetikada nazariy, ilmiy xulosalar yoki tarixiy ekskursiyalar bo’lmaydi degan fikr tug’ilmasligi kerak. Eksperimental fonetika. Bunda fonetik birliklar maxsus asboblar yordamida eksperimental o’rganiladi. Bu usul fonetik materialni obyektiv tasvirlash imkonini beradi. Fonetikaning mustaqil bo’lgan bu bo’limlari o’zaro mustahkam bo’lgan. Ular bir birining materialiga tayanib ish ko’radi. Havoning to’lqinlanishidan tovush hosil bo’ladi. Biror jism (masalan: dutor, tambur, tor)ning tebranishi havoni to’lqinlantiradi va tovush paydo bo’ladi. Bu fizik tovushdir. Fonetik birliklar ulardan farq qilib, o’pkadan chiqqan havo tovush paychalarini tebrantirib o’tishi, nutq organlarininng talaffuz vaqtidagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Talaffuz qilish faoliyati natijasida vujudga keladi. Unli tovushlar (a, o, i, e, (i,o) va undosh tovushlar (b,v,g kabilar) hosil bo’ladi. Fonetik birliklarning tabiatidagi boshqa tovushlardan asosiy farqi, ular kishilar o’rtasidagi nutqiy aloqa qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Demak, fonetik birliklar ma’no ajratishga xizmat qiladi. Ularning mohiyati va asosiy qimmati ham shundadir. Tovush bilan harfni farqlash lozim2. Ular narsa emas. Harf tovushga o’z ijtimoiy xizmati bilan teng kela olmaydi. Harf, birinchidan, tovushning yozuvdagi shartli belgisi, ikkinchidan tovushning xizmat qilish doirasiga nisbatan juda kengdir. Tovush harfga nisbatan bo’yoqdor bo’ladi. Harf tovushdagi bu bo’yoqlarning hammasini emas, bir qismini shartli ravishda aks ettiradi. M: bordi, ketdi, ish, qism, to’qqiz, bilan, biroq, singari so’zlarining hammasida i tovushi ishtirok etadi. Bulardagi i tovushi aynan bir xilda emas, ma’lum darajada, farqlash kerak. Biroq yozuvda farq bitta harf ______________________ bilan ifoda etadi. Ikkinchidan, harf yozuv birligi, tovush esa til birligidir. Inson tili tovush tilidir. Tildagi so’zlar, so’z birikmalari, gaplar fonetik birliklar yordamida hosil bo’ladi. Fonetik birliklar nutq a’zolarining faoliyati tufayli hosil bo’lib, ijtimoiy aloqasi bo’lgan nutqni shakllantiruvchi so’zlarning asosiy birligi hisoblanadi. Nutq birligi sanalgan asosiy so’z ichki va tovush tashqi tomoni bilan ajralib turadi. So’z anglatadigan ma’no jihatidan ikki tomoni, so’zni shakllantiradigan tovushlar esa uning tashqi yoki fonetik tomonidir. Fonetik birliklar faqat so’zning tashqi tomonini shakllantirib qolmasdan, so’zlarning ma’nolarini farqlashda so’zlarning o’zaro birikishini ta’minlash grammatik shakllar hamda so’z va so’z birikmasi va gaplarning vujudga kelishida moddiy asos, ashyo sifatida xizmat qiladi. Fonetik birliklarning paydo bo’lishida ishtirok etuvchi a’zolar nutq a’zolari deb, shu a’zolar yig’indisi esa nutq apparati deb ataladi. Nutq apparati to’rtga bo’linadi1.
berishga ishtirok etuvchi qism). Nutq a’zolaridan til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, un paychalar faol a’zolar bo’lsa, tish qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kam faol a’zolardir. Fonetik birliklarning vujudga kelishi uchun zarur bo’lgan havo oqimi bilan asosan o’pka ta’minlaydi. O’pkadan chiqayotgan havo oqimi nafas yo’li orqali bo’g’izga o’tib unda joylashgan un paychalarini kuch bilan tebratib ovoz hosil qiladi. Bo’g’iz orqali og’iz bo’shlig’idan o’tayotgan havo oqimi bu yerda biror to’siqqa uchrab, portlab yoki sirg’alib o’tsa, shovqin paydo bo’ladi. Shunga ko’ra fonetik birliklar bo’g’izdagi un paychalarining tebranishidan hosil bo’luvchi ovozdan va og’iz bo’shlig’ida hosil bo’luvchi shovqindan iborat bo’ladi. Tovushlarni aytamiz va eshitamiz. Harflarni esa yozamiz. Ko’ramiz va o’qiymiz. Demak, fonetik birliklarning yozuvdagi shartli belgisi harfdir. Harflarning qat’iy bir tartibda joylashgan yig’indisi alfavit (alifbo) deyiladi2. O’zbek tilida (kirill alifbosi bo’yicha) 33 ta harf, 2 ta belgi bor: А,Б,В,Г,Д,Е,Ё,Ж,З,И,Й,К,Л,М,Н,О,П,Р,С,Т,У,Ф,Х,Ц,Ч,Ш,Ъ,Ь,Э,Ю,Я,У,K,Г,Х Lotin alifbosida 26 ta harf, 3 ta harfiy birikma va 1 tutuq belgi mavjud. A,B,D,E,F,G,H,I,J,K,L,M,N,O,P,Q,R,S,T,U,V,X,Y,Z,O’,G’,Sh,Ch,Ng, ‘ (tutuq). Alfavit tartibini yaxshi bilish, ko’p ishlarni to’g’ri bajarish uchun qulay hisoblanadi. Ayniqsa, kishi ismi va familiyalarini, predmet-narsalarning nomini, kutubxonalarda mualliflar nomini alfavit tartibida yozish va kitoblarning nomini kataloglashtirishda, lug’atchilik ishlarida boshqa shunga o’xshash ishlarga katta yordam beradi. Ovoz, shovqinning ishtirok etish darajasiga ko’ra o’zbek tilidagi tovushlar ikkiga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Unli tovushlar un (ovoz) paychalarining o’pkadan chiqayotgan havo oqimi ta’sirida tebranib, og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay o’tishi natijasida paydo bo’ladi. Un paychalarining titrashidan og’iz bo’shlig’ida sof ovoz yuzaga keladi. Ularni talaffuz etganda og’iz bo’shlig’i ochiq bo’ladi, asosiy vazifani esa un paychalari, til va lablar bajaradilar. Un paychalarining harakati, musiqiy ohangni vujudga keltiradi. Shuning uchun unlilarda musiqiylik, ohangdorlik kuchli bo’ladi. Ularni nutq talabiga qarab istagancha cho’zib talaffuz etish mumkin. 2. UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. UNLI TOVUSHLAR TASNIFI. O’zbek adabiy tilida unli tovushlar oltita: i, e, a, o, u, o’. Unli tovushlar til va lablarning holati hamda shakliga qarab o’zaro farq qiladi. Nutq a’zolarining turlicha artikulyatsiya (harakati va holati) og’iz bo’shlig’ining shaklini va tovushlarning sifatini o’zgartiradi. Unli tovushlarni tasnif qilishda quyidagilar hisobga olinadi. Tilning qattiq tanglayga tomon ko’tarilish darajasi, ya’ni tilning vertikal holati. Tilning oldinga tomon va orqaga tomon harakat qilishi, ya’ni tilning gorizontal harakati. Lablarning ishtiroki. Tilning tanglayga tomon ko’tarilish darajasiga ko’ra unli tovushlar uchga bo’linadi. 1) tor unlilar: i.u. 2) o’rta keng unlilar: e,o’ 3) keng unlilar: a,o Tor unlilarni hosil qilishda til yuqoriga ko’tarilib tanglayga juda yaqinlashadi. Havo yo’li ancha torayadi, o’rta keng unlilarni hosil qilishda til o’rta darajaga ko’tariladi. Keng unlilarning aytilishida esa ancha pastga tushiriladi. 2. Tilning oldinga va orqaga tomon tik (gorizontal) harakatiga qarab ya’ni hosil bo’lish o’rniga ko’ra unlilar ikkiga bo’linadi: 1. Til oldi unlilari i,e,a 2. Til orqa unlilari u,o’,o til oldi unlilarni hosil qilishda til tishlarga tiraladi. Til orqa unlilarni hosil qilishda esa til keyinga tortiladi. 3. Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar ikkiga bo’linadi: 1. Lablashgan u,o’,o 2. Lablashmagan i,e,a lablashgan unlilarning aytilishida lablar doira shakliga kirib oldinga qarab cho’ziladi. Bunga lablashish hodisasi deyiladi. Lablashmagan unlilarni hosil qilishda esa lablar doira shakliga kirmaydi. O’zbek adabiy tilida shu 6 tovush so’z ma’nolari va uning grammatik shakllarini o’zaro farqlash uchun xizmat qiladi. So’zlashuv nutqi va o’zbek tili shevalarida bu unlilarning har qaysisi turlicha variantlarda kelishi mumkin.
I unlisi – oldi qator lablashmagan, tor unli tilning tanglay tomon ko’tarilishi va og’izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa talaffuz etiladi. So’zning turli o’rinlarida keladi, shunga ko’ra turlicha variantlarga ega. Jumladan, so’zning boshida va so’z oldi undoshlari orasida old qator unli sifatida aytiladi. Til, dil, jim, oz, osh, igna, yigit, kiyik, kichik, yil, yigirma, kim, kiyim, bigiz kabi. I unlisi chuqur til orqa g,k,x undoshlari bilan yonma-yon kelsa, orqa qator unli sifatida talaffuz qilinadi. Qishki, qirqinchi, kiyik, g’isht, g’ilof, xira, xirmon, xitob kabi. Bu unli ikki jarangsiz undosh tovush orasida va n, l, r, z undoshlaridan oldin juda qisqa talaffuz qilinadi, ninachi, bilim, birikish, bino, siz, silsila, milk, kirish, biz, kabi. I unlisi so’z oxirida yo boshida ochiqroq talaffuz qilinadi. Ko’rdi, keldi, o’qidi, oldi kabi. U unlisi orqa qator, lablashgan tor unli. Uni talaffuz qilishda til, tanglay tomon ko’tarilib og’iz juda torayadi. Lablar oldinga cho’ziladi. U unlisi til oldi va sayoz til orqa undoshlar bilan yonma-yon kelganda old qatorga moyil bo’ladi. Gulshan, gumon, gunoh, kurtak, zuluk, juvoz kabi. Chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda orqa qatorga moyil bo’ladi. Udum, bug’u, bug’doy, muqova, tumshuq, xursand, xushnud kabi. Ikki jarangsiz undosh orasida, shuningdek urg’usiz bo’g’inlarda kuchsiz talaffuz etiladi: kuchuk, chumchuq, quruq, suyuk, tushuncha, tuyuq, tutun, tushum kabilar. E – unlisi old qator, lablashmagan, o’rta keng unli. Tilning tanglay tomon yuqori –o’rta ko’tarilishi, til uchining pastki tishlariga tegishi bilan yumshoq talaffuz etiladi. Og’iz birmuncha torayadi. E unlisi so’zning boshida va ochiq bo’g’inlarda kelsa, ochiqroq talaffuz etiladi. Et, ehson, etik, negiz, sekin, meva, meros, zerikmoq kabi. Bir bo’g’inga mansub ikki undosh orasida kelsa bir oz yopiqroq aytiladi: Mergan, zehn, sezgir kabi. Rus tilidan o’zlashgan so’zlarda E unlisi turli bo’g’inlarda keladi va keng aytiladi: Etyud, ekskursiya, poema, aerodrom, general, meteroid kabilar. O’ unlisi orqa qator, lablangan o’ta keng unli har vaqt so’zning birinchi bo’g’inida keladi. Bo’z, bo’y, bo’sh, lo’ppi, ko’zgu, so’lak kabi. Bu unlining qattiq yumshoqligi qanday tovushlar bilan yondosh kelishiga bog’liq. G,K,Ch tovushlaridan keyin kelsa, yumshoq (old qator) unlidek aytiladi. Go’zal, do’st, ko’chat, ko’ngil, yo’lak, yo’rgak, cho’kma, ko’klam, g’o’za, ko’sak kabi. G,K,X kabi chuqur til orqa tovushlaridan oldin va keyin kelganda qattiq (orqa qator) unli deb aytiladi. (to’qay, to’g’ri, qo’zi, qo’llanma, g’o’za, g’o’ra, xo’randa, xo’roz, so’qmoq. To’xtash, to’gon kabi. Bu unli so’zning ochiq bo’g’inida kengroq (ko’kat, po’choq o’za, ko’lanka, do’kon kabi). Undoshlar orasida yopiq bo’g’inlarda esa torroq (ko’klam, to’lqin, to’qmoq, to’plam, cho’qqi, qo’chqor) kabi talaffuz etiladi. A unlisi – old qator lablashmagan, keng unli uning aytilishida lablar kerilib tilning oldingi qismi pastga tushadi. Uchi esa pastki tishlarga yaqinlashadi. Bu unli so’zning har qanday bo’g’inida kela oladi. Alanga, bezak, gavhar, dala, kalava, kurash, manzara, pakana, araz. Vazifa, jasur, madaniyat kabi. Chuqur til orqa undoshlari.
O’zbek adabiy tilida 23 ta undosh tovush bor. Undosh tovushlarni hosil qilishda o’pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq a’zolarining biror yerida yuzaga kelgan to’siqdan o’tishi, ya’ni nutq a’zolarining bir-biriga jipslashishi natijasida shovqin paydo bo’ladi. O’pkadan chiqayotgan havo esa uni yorib o’tishi, yoki nutq a’zolarining bir-biriga juda yaqinlashishi, havoning juda tor oraliqdan sirg’alib o’tishi natijasida undosh tovushlar hosil bo’ladi. Undosh tovushlarni tasnif qilishda quyidagilar hisobga olinadi: Un paychalarining xarakati va holatiga ko’ra ovoz va shovqinning ishtirok etishi; Artikulyatsiya usuli (tovushning hosil bo’lish usuli); Nutq a’zolarida tovushning paydo bo’lish o’rni; Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra undosh tovushlar, sonorlar va shovqinlilarga bo’linadi. Sonor (lotincha sonorus- «ovoz», «ohangli») undoshlarning talaffuzida ovoz paychalari titrab shovqinga nisbatan ovoz ko’proq hosil bo’ladi. m,n,ng,l,r. Shovqinli undoshlarda ovozga nisbatan shovqin ko’proq bo’ladi: t,k,sh,ch kabi. Shovqinli undoshlar o’z xususiyatiga ko’ra ikki xil: jarangli va jarangsiz undoshlar. Jarangli undoshlarning aytilishida shovqinga qisman ovoz ham qo’shiladi. Chunki bu tovushlarning hosil bo’lishida ovoz paychalari qatnashadi. Jarangsiz undoshlar esa asosan shovqindan iborat bo’ladi. Chunki ularning talaffuzida ovoz paychalari qatnashmaydi. O’zbek tilida jarangli undoshlarning ko’piga jarangsiz undoshlar juft bo’ladi. Tovushning hosil bo’lish usuliga qarab undosh tovushlar uchga bo’linadi: Portlovchi tovushlar. Sirg’aluvchi tovushlar Qorishiq tovushlar Sonorlar esa, o’z navbatida, burun tovushlari yon va titroq tovushga bo’linadi. Portlovchi undoshlar talaffuzida nutq ovozlari bir-biriga jipslashadi va havo oqimi ularni yorib, (portlab) chiqadi. B,p,d,t,g,k,q,-7 kabi. Sirg’aluvchi undoshlarning talaffuzida nutq a’zolari bir-biriga juda yaqinlashadi va havo oqimi shu a’zolarga ishqalanib chiqadi. V,f,z,s,j,sh,g’,x,h.-9. Qorishiq yoki affrikat undoshlarning talaffuzi ikki usul (boshlanishida portlash, oxirida sirg’alish) ishtirokida hosil bo’ladi:
Burun undoshlarining (m,n,ng) talaffuzida kichik til salgina pastlab tushib havo oqimi burun bo’shlig’idan o’tadi. E undoshi yon tovushdir, uning aytilishida tilning o’chi milkka tegib, ikki yoni salgina pasayadi va bo’shliq qoladi. Havo oqimi shu yerdan sirg’alib chiqadi. R undoshining aytilishida havo oqimining ta’siri bilan til uchi titraydi. Ayni vaqtda nutq a’zolari tez-tez jipslashadi. Ana shu jipslashishlari oralig’ida havo oqimi chiqadi. Shunga r titroq tovush hisoblanadi. Nutq a’zolarida to’siqning paydo bo’lish o’rniga qarab undosh tovushlar uchga bo’linadi: 1. Lab undoshlari, 2. Til undoshlari, 3.Bo’g’iz undoshi. Lab undoshiining hosil bo’lishida pastki va ustki lablar faol ishtirok etadi. Lab undoshlari o’z navbatida lab-lab va lab-tish undoshiga bo’linadi. Lab-lab undoshlari ikki labning faol ishtirokida hosil bo’ladi:
Lab-tish undoshi pastki lab bilan ustki tishlar ishtirokida hosil bo’ladi. Til undoshlari tilning qaysi qismi faol xarakat qilishiga qarab uchga bo’linadi:
Til oldi undoshlari, til uchi yoki old qismi milk va yuqori tishlar ishtirokida hosil bo’ladi. D, t, l, n, r, z, s, ch, j, sh, i. Y tovushi til o’rta undoshi bo’lib, til o’rta qismining qattiq tanglay tomon ko’tarilishi asosida hosil bo’ladi. Til orqa undoshlari (g,k,ng,q,g’,x) hosil bo’lish o’rniga ko’ra ikki xil. Til orqa qismining yumshoq tanglayga tegishi natijasida hosil bo’lgan g,k,ng, tovushlari sayoz til orqa undoshi deyiladi. Til bilan yumshoq tanglayning orqa qismi ishtirokida hosil bo’lgan g’,q,x tovushlari chuqur til orqa undoshi deyiladi. Bo’g’iz undoshi h, havo oqimining bo’g’iz bo’shlig’iga ishqalanib o’tishi natijasida hosil bo’ladi. Fonetik birliklarni o’rgatishda o’quvchilar faolligini oshirish va bilimini mustahkamlash. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning asosiy vositalaridan biri bilimlarni tizimga solish, so’zlar va ularning grammatik shakllarini aniqlash, savodli yozuv ko’nikmalarini hosil qilishdir. Bolalar faolligini oshirishga erishishda o’quvchilar xotirasida so’zlarning aniq va yorqin tasvirini mustahkamlash, so’z tarkibi va gap bo’laklarini to’g’ri hamda tez, ongli fikrlash qobiliyatini o’stirish o’qituvchi oldidagi eng murakkab vazifadir. Biz quyida ona tili darslarida o’quvchilar faolligini oshirish usullari xususida fikr yuritamiz. 1. Muayyan savollar asosidagi o’yinlar. 2. Didaktik o’yinlar. 3.Muammoli vaziyat, mustaqil mutolaa. Ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda bu kabi usullardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchi usul diktant o’yinlari bo’lib, o’quvchilarning faolligini oshirish uchun, ularning qobiliyati, tezkorlik va ijodkorlik faoliyatini tarkib topishi uchun yordam beradi. Tahlil, lug’at ustida ishlash, terma gaplar bilan matn ustida ishlash, so’z, so’z birikmalaridan va bog’lanishli matnlardan foydalanish shular jumlasidandir. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qanchalik ko’p diktant turlaridan foydalanilsa, o’quvchilarda shunchalik qiziqish, intilish, imlo savodxonligi oshib boradi. Reja asosida oyda bir yoki ikki marta o’tkaziladigan diktantlar o’quvchilarda diktant yozish haqida asosiy ko’nikma va malaka hosil bo’lishiga olib keladi. 1-sinfda 3-5 daqiqa, 2-sinfda 5-7 daqiqalik, 3-4 sinflarda esa har bir soatning oxirgi 20-minutida diktant o’yinlari o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ular o’z navbatida bir necha usullarga bo’linadi. Birinchi usul: 1-sinf oxirida o’quvchilar harf bilan to’liq tanishib, o’rganib bo’lgach, ko’rsatish diktanti tashkil etiladi. Masalan, o’qituvchi xattaxtaga uchta so’z yozib, tushib qolgan harflarni o’z o’rniga qo’yish topshiriladi. Ki-t…b, daf-ta…, bo-…a. Ikkinchi sinfda bu kabi so’zlar soni orttiriladi. Uchinchi va to’rtinchi sinflarda esa bu usul biroz murakkablashtiriladi. Ya’ni, o’qituvchi xattaxtaga bir nechta so’z yozib mavjud so’zlar ishtirokida gap tuzishni ta’kidlaydi. Gapdagi so’zlarning o’rni almashtirib yozib qo’yilgan bo’ladi. Masalan; pishdi, mevalar g’arq, bog’da, yoki: chiroyli, xonalari, yorug’, va, bizning, o’quv, maktabimizda, ko’p. Bu kabi so’zlardan “Bog’da mevalar g’arq pishdi. Bizning maktabimizda chiroyli va yorug’ o’quv xonalari ko’p” singari gaplarni hosil qilish mumkin. Gaplarning soniga qarab vaqt ajratiladi. Bunda qatorlar aro musobaqa tashkil qilinsa, o’quvchi faolligini yanada oshirishga, darsning qiziqarli bo’lishiga erishiladi. Topshiriqni to’g’ri va tez tuza olgan o’quvchilar o’z vaqtida baholanadi. To’g’ri javob bergan qator rag’batlantiriladi. Qolgan g’olib qator aniqlanadi. G’olib bo’lishga intilish esa o’quvchilar faolligini oshirish bilan birga darsni qiziqarli va ongli o’zlashtirishni ta’minlaydi. Ikkinchi usul: “Kim ko’p so’zni eslab qoladi?” diktant o’yini bo’lib, o’qituvchi tomonidan ketma-ket, takrorlangan holda bir nechta so’z aytiladi. Bu so’zlar birinchi sinf oxirida 2 ta, 2-sinfda 2-3 ta, 3-sinfda 3-4 ta, va nihoyat, 4-sinfda esa 4-5 tani tashkil etadi. O’quvchilar aytilgan so’zlarni eslab qolib, daftarlarga yozadilar. Masalan: sabzi, sedana;
O’quvchilar diktant yozish jarayonida so’zlarning ketma-ketlik darajasini buzmaslikka, to’liq va tez yozishga harakat qilishlariga yo’naltirilib boriladi. Bu diktant turini amalga oshirish orqali o’quvchilarning eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish, mashg’ulotning qiziqarli bo’lishini ta’minlash maqsad qilib olinadi. Uchinchi usulda o’tkaziladigan diktant turi asosan 2-3-sinflarda qo’llaniladi. Bu o’rinda asosiy maqsad gaplarni nuqtadan nuqtagacha aytib yozishga o’rgatishdir. Bunda: masalan: “Hovlimizga gulzor bor. Yerda turli gullar ochilgan”, kabi gaplar xattaxtaga yozilib, usti yopib qo’yiladi va kim qanchasini eslab qolsa, shunchasini daftariga yozish vazifa qilib topshiriladi. Bu ishlar bajarilgach, matn qayta ko’rsatiladi. O’quvchilar o’z xatolarini tuzatadilar. Hamda o’yinni qiziqish bilan bajarishga harakat qiladilar. Chunki o’qituvchidan ko’ra o’z xatolarini o’zlari mustaqil ravishda tuzatishlari o’quvchilarga quvonch bag’ishlaydi. Bu esa keyingi mashg’ulotlarda xato qilmaslikka undaydi, xotirani charxlaydi, ona tili darslariga bo’lgan qiziqishni oshiradi. II.3. FONETIK BIRLIKLARGA DOIR GRAMMATIK TOPISHMOQLAR1 Bordir olti xil tovush, Ular cho’zib aytilar. So’z tuzilmas ularsiz O’ylang, balkim toparsiz? (Unli tovushlar)
Bir xil harflar yonma-yon Bo’lib tursa namoyon, Farqi yo’q bir-biridan, Afti, bo’yi-bastidan? (Qator kelgan bir xil qo’sh unli, undoshlar)
Ham ochig’u ham yopiq, Misol bo’ladi chopiq? (Chopiq so’zidagi ochiq, yopiq bo’g’inlar) Aytganingda jarangsiz, Yozganingda jaranglaydi? (B, d, z, undoshlarining jarangsizlanishi) Yozamizu ko’ramiz, Aytamiz, eshitamiz? (Harflarni ko’ramiz, tovushlarni eshitamiz) Biram kattakon o’zi Go’yo nuqtaning yarmi. Unli ustida turar, Uni baland ayttirar? (Urg’u)
Qaysi so’zlar o tovushin A tarzida aytamiz? Bunga qilmasak amal, Xatoga yo’l qo’yamiz? (Urg’u olmagan o unlisining a tarzida aytilishi)
Soni unli tovushlar soniga teng, So’zda qancha unli bo’lsa, shuncha deng? (Bo’g’in) Kasbi so’zlarni bo’lish, Bo’lib to’g’ri ko’chirish? (Bo’g’in ko’chirish qoidasi) Bir so’zda bir xil undosh, Ketma-ket qator kelar. Misol topib aytinglar, Ular qanday tovushlar? (Juft undoshli so’zlar)
Bir xil unli tovushlar Qo’sh holda qo’llanadi. Mutolaa qilganlar Uni oson topadi? (Juft unlili so’zlar)
“Arra”da ikkita bor. “Yalla”da ham shuncha bor. Yana qaysi so’zlarda Shu holat bo’lar takror? (Marra, katta, kakku)
Qaysi so’zlarda bir xil Qo’sh undoshlar qo’llanar? Kimlar ularga har xil Misollar topib aytar? (Katta, alla, issiq)
Unli bilan tugaydi. Undosh bilan tugaydi. Ochiq, yopiq belgisi, Qanday nom-la ataymiz? (Ochiq va yopiq bo’g’inlar)
Eshitilar t bo’lib, Yoziladi d bo’lib. “Ketti, uchti, aytti” da To’g’risi qanday bo’lar? (D undoshining t tarzida aytilishi)
Har bir o’quv predmetining o’ziga xos ta’lim metodlari bo’lganidek, ona tilining ham o’ziga oid ta’lim metodlari mavjud. Ona tilidan ana shunday ta’lim metodlari sirasiga savod o’rgatishning analitik-sintetik tovush metodi imlo o’rgatish usullari, nutq o’stirish metodlari kiradi. Analitik-sintetik tovush metodining maktab tajribasida keng o’rin olishida iste’dodli boshlang’ich sinf o’qituvchi Oqil Sharafiddinovning xizmatlari katta. Uning M. Mirahmedov bilan hamkorlikda nashr qilingan bir asarida analitik-sintetik tovush metodining mohiyati keng yoritilgan. Mualliflar o’quvchilarni fonetik birliklar bilan tanishtirishning umumiy qurilishini harf bilan tanishtirish usullarini keng tavsiflashgan. Oqil Sharafiddinov asoslagan analitik-sintetik tovush metodining o’zaro uzviy bog’langan ikki tomoni mavjud: tahlil – nutqdan gap, gapdan so’z, so’zdan bo’g’in, bo’g’indan o’rganilayotgan tovushni ajratish, tovushga mos bosma harfni ko’rsatish; qayta qo’shish – ko’rsatilgan harfga mos nutq tovushini aytish, nutq tovushi ishtirokida bo’g’in, bo’g’in qatnashuvida so’z, so’zni qatnashtirib gap tuzish. Shunday qilib, O. Sharofiddinovning bizga qoldirgan merosida savod o’rgatishning analitik-sintetik tovush metodining ikki tomoni maktablar tajribasida tasdiqlandi: nutq tovushi va harf bilan tanishtirish; nutq tovushi va harfni faoliyatda ishlanish1. “Savod o’rgatishning analitik-sintetik tovush metoddi” iborasi xususida bir necha fikr: nega metodning nomi shunday uzundan uzun yoziladi? Metod nomining shakllanishidagi dastlabki so’z “savod” – bolalarni o’qish va yozishga o’rgatishga ishora, nutq tahlil qilinib, gap, gapdan so’z, so’zdan bo’gin, bo’g’indan o’rganilayotgan tovushni ajratib ko’rsatishga oid ishlar amalga oshirilgani uchun “analitik” so’zi ishlatilgan. “Sintetik” so’zi esa tahlilning teskarisi – qayta qo’shishni anglatadi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida harfga mos tovushni ijro etishadi, tovush ishtirokida bo’gin, bo’g’inlarni qo’shib so’z, so’z ishtirokida gap (nutq) tuzishadi. Tovush va uning belgisi – harfni jonli nutq tarkibida o’rgatish hisobga olinib tovush metodi iborasi ishlatilgan. Ana shu jihatlarini hisobga olib savod o’rgatishning analitik-sintetik tovush metodini kompleks usullari sifatida qaraymiz. Savod o’rgatishning analitik-sintetik tovush metodidan foydalanish tartibi quyidagicha2: I. Nutqni tahlil qilish usullari: 1. O’rganilayotgan nutq tovushi bo’yicha suhbat. Masalan, Lolaning bahorda ochilishini hisobga olib, bahor mavzusida suhbat o’tkazish mumkin. 2. Suhbatdan biror gapni ajratib olish. Masalan, Lola lola terdi. 3. Ajratilgan gapni so’zlariga ko’ra tahlil qilish. Lola – lola – terdi. Har bir so’zni alohida-alohida talaffuz qilish. 4. Gapdan so’zni ajratish: Lola. 5. So’zni bo’g’inlarga ajratish: Lo-la. 6. Bo’g’inlarni tovushlarga ajratish: lllo-la (“l” yon sirg’aluvchi tovushni bo’lgani uchun uni cho’zib talaffuz etish imkoniyati bor). 7. Bo’g’indan tovushni ajratish: lle. 8. Ajratilgan tovushni jamoada talaffuz qilish. 9. “L” tovushiga oid bosma katta “L” va kichik “l” harflarini ko’rsatish. 10. “L” tovushidan boshlanadigan so’zlarga misollar o’ylab topish: lola, Lola, laylak. II. Tovushni nutqda ishlatish usullari: 1. Ko’rsatilgan harf (masalan, “L” tovushi belgisi)ni jonlantirish. O’qituvchi harfni ko’rsatsa, bolalar unga oid tovushni aytishadi. 2. “L” tovushi so’zlarga misollar izlab topish. 3. “L” tovushi vositasida bo’g’in hosil qilish: lo,- la-, lu-, liq-, lo’- va shu kabi. 4. Bo’g’inlardan so’z hosil qilish: lo-la, lo’-li, lu-g’at. 5. So’z tanlash va gap tuzish. 6. Harf tovush kartonida kesma harflardan gap tuzish: Lola, lola ol. 7. Harf tovush kartonidagi gapni jamoada xor bo’lib o’qish. 8. Alifbe darsligining tegishli betini o’qish va sh.k. Ona tilidan o’zlashtiriladigan nazariy bilimlar asosida bolalarda prosodik malakalar ham tarkib toptiriladi. Fonetikaga doir bilimlarni o’zlashtirishda urg’u, urg’uli va urg’usiz bo’g’in, faqat birinchi bo’g’iniga urg’u tushadigan so’zlar urg’usi ustida ishlash kabilar prosodik malakalarni rivojlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Ammo ona tili darsliklarida prosodik malakalarni rivojlantirishda oid mashqlar nihoyatda oz. Metodist K. Jo’rayev tuzgan mashqlarni namuna sifatida keltiramiz. Garchand, bu mashqlar ifodali o’qish mashg’ulotlariga mo’ljallab tuzilgan bo’lsa-da, ulardan fonetika mashg’ulotlarida prosodik malakalarni rivojlantirish maqsadida foydalanish mumkin. 1. “I” unlisi talaffuz qilinganda, og’iz biroz ochiladi. Tilning uchi pastki tishlarga kelib tegadi. Ichingizda beshgacha sanab, “i” tovushini talaffuz eting. Tinglangchi, “i” tovushi yoqimli eshitilarmikan? 2. “E” unlisi talaffuz qilinganda, og’iz “i” tovushini aytgandagidan kattaroq ochiladi. Oldin “e” tovushini, keyin “i” tovushini, undan keyin “i” va “e” tovushlarini birgalikda to’rt martadan talaffuz qiling. 3. “A” unlisini talaffuz etganda, og’iz “e” tovushini talaffuz etgandagidan kattaroq ochiladi. O’ng qo’lingizdagi besh barmog’ingizni bukkuncha sanab “a” unlisini cho’zib talaffuz qiling. “ae”, “ea”, “ai”, “ia” birikmalarni to’rt martadan talaffuz qiling. 4. “O” unlisini talaffuz etganda, og’iz keng ochiladi. “oa”, “oi”, “io”, “oe”, “eo”, “oa” birikmalarini uch martadan talaffuz qiling. 5. “U” unlisini talaffuz etganda, og’iz o’rtacha ochiladi. “uo”, “ou”, “ua”, “au”, “ui”, “iu”, “ue”, “eu” birikmalarini bir necha martadan ayting. 6. “O” unlisi talaffuz qilganda, og’iz “u” unlisini talaffuz qilgandagiga nisbatan torroq ochiladi. “o’u”, “o’i”, “io’”, “o’o”, “oo’”, “o’a”, “ao’” birikmalarini uch martadan talaffuz qiling. Yuqorida keltirilgan mashq namunalaridan darslik materiallariga qo’shimcha sifatida foydalanish ko’p vaqtni olmaydi. Shuningdek, bu xildagi mashqlarni o’quvchilar qiynalmasdan bajara oladi. Unli tovushlar o’tilganda, bu mashqlardan izchil foydalanish o’quvchilarning fonematik eshitishlarini, talaffuzi (diksiya)ni taraqqiy ettiradi, bolalar juda ko’p so’zlarning imlosini “oldindan” – propedevtik o’zlashtiradi. Shu mulohazalarga ko’ra tajriba o’tkaziladi. Fonetik birliklarga oid turli ko’rgazmali qurollardan ham foydalanish mumkin. Tovushlarning yozma va bosma shakllari ko’rsatiladi. Masalan, “A” harfini archa shaklidagi kartonga joylashtirish mumkin. “B” harfini baliq shaklidagi kartonga joylashtirish mumkin va h.k. Har bir tovush ovoz chiqarib aytishga o’rgatiladi. Bolalar yakka holda yoki xor bo’lib tovushlarni talaffuz etishadi va har bir talaffuz etilgan tovushga so’zlar topishadi. Bunda ma’lum tovushning faqat so’z boshida kelishigagina emas, balki so’z o’rtasida, so’z oxirida kelishiga doir ham so’zlar toptiriladi.
Birinchi. Yangi o’quv yili boshlangunga qadar ta’lim tizimida mazkur tajriba qanday o’tayotganini va uning dastlabki natijalarini chuqur tahlil etib, ta’lim andozalari, o’quv rejalari va dasturlari mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ya’ni yangi avlodni kamol toptirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish darkor. Ikkinchi. Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur. Uchinchi. Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tirof berish lozim. Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs – fuqaroni kamol toptirish ertaga sinfxonalar va auditoriyalarda kimlar dars va saboq berishiga bog’liq… Yana bir bir ta’kidlab o’tishga to’g’ri keladi: amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri shu masalaga, ya’ni kadrlar tayyorlashga chambarchas bo’gliqligini biz aniq va ravshan anglab olishimiz lozim. O’zini shu mamlakatning haqiqiy vatanparvari deb biladigan har bir kishi bu Dasturni amalga oshirishga o’z mehnatini, o’z ulushini qo’shadi, deb ishonaman. Boshlang’ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik va mutanosiblik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkibiy komponentlarning mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim berish jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bizning kamtarona ishimiz boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ham nazariy, ham amaliy jihatdan yordam beradi deb o’ylaymiz.
2. I. Karimov. “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin”. “Tafakkur” – 1998 – 2 son. 3. I. Karimov. Donishmand xalqimiz mustahkam irodasiga ishonaman. “Fidokor”, 2002 yil, 8 – son. 4. “Barkamol avlod orzusi” (to’ldirilgan ikkinchi nashri) “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 5. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Boshlang’ich ta’lim. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi. 7-maxsus son. Toshkent, “Sharq”, 1999 y. 6. A. Abduazizov. O’zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. Toshkent – 1992 y. 7. B. To’xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyadova. O’zbek tili o’qitish metodikasi. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2006 y. 8. B. Haydarov va boshqalar. “Ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari” mavzusidagi seminar-trening materiallari. (Trenerlar uchun qo’llanma). Toshkent – 2002 y. 9. Boshlang’ich ta’lim jurnali. 9/2006 sentabr. 10. Boshlang’ich ta’lim jurnali. 10/2006 oktabr. 11. H. Yusufiy, T. Ro’ziboyev, T. Jo’rayev. O’zbek tili va adabiyoti. Farg’ona – 2001 y. 12. K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne’matova. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. “Cho’lpon”, Toshkent – 2004 y. 13. M. Hamroyev. O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. Toshkent – 2005 y. 14. M. Hamroyev. O’zbek tilidan mashqlar to’plami. Toshkent – 2003 y. 15. M. Yusupov. O’qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent, “O’qituvchi”, 1990 y. 16. O. Roziqov, M. Mahmudov, B. Adizov, A. Hamroyev. Ona tili didaktikasi. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2005 y. 17. R. Ikromova, X. G’ulomova, Sh. Yo’ldosheva, D. Shodmonqulova. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi”, 2003 y. 18. R. Sirojiddinov. Grammatik topishmoqlar. Toshkent, “O’qituvchi”, 1995 y. 19. S. Fuzailov, M. Xudoyberganova. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi”, 2003 y. 20. T. Tog’ayev, G. Tavaldiyeva, M. Akromova. O’zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati. “Sharq”, Toshkent-2004 y. 21. T. G’afforova, E. Shodmonov, X. G’ulomova. Ona tili. 1-sinf uchun darslik. “Sharq”, Toshkent – 2003 y. 22. U. Tursunov, J. Muxtorov, Sh. Rahmatullayev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, “O’zbekiston”, 1992 y. 23. X. Abdurahmonov, A. Rafiyev, D. Shodmonqulova. O’zbek tilining amaliy grammatikasi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 y.
Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling