Tayanch so`z va iboralar


Kuzatish va kuzatuvchanlik


Download 287.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana28.10.2023
Hajmi287.11 Kb.
#1732346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Idrok haqida umumiy tushuncha

 
Kuzatish va kuzatuvchanlik 
 
Idrokning 
o’ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri 
kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan 
har doim uzviy bog’liq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. 
Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning 
esida saqlanib qola bermaydi.
Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo’yiladigan tayyorgarlikka, kishining 
bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. Kishining 
rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik 
deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va 
hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak 
baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shahridagi fiziologiya 
institutining 
oldi 
tomoniga 
“Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana 
kuzatuvchanlik” deb yozdirib qo’ygan.
 
Idrokda obyekt va fon 
 
Odamga juda ko’p narsa va hodisalar ta’sir qilib turadi. Bular shunday ko’p 
xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o’zida ularga javob reaktsiyasi qaytara 


olmaydi. Odam ko’p sonli qo’zg’ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib 
oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan 
narsani o’rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt 
hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir 
darsda bir necha o’quvchilardan so’raydi. Har safar so’rayotganlarni ko’radi. 
Chaqirilgan o’quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob’ekti hisoblanadi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism 
idrokning ob’ekti deb ataladi. Boshqa o’quvchilar faoliyati idrok foni bo’lib 
qoladi. Idrok foniga kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok 
ob’ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok obyekti va foni dinamik tabiatga ega 
bo’lib, doimo o’zgarib turadi. Obyekt va fonning dinamikligi bosh miya katta 
yarim sharlari po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish o’chog’ining 
almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob’ektdan boshqa ob’ektga 
o’tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob’ektni ajratishning psixologik 
qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini 
ajralishi kabilarda aniq ko’rish mumkin. 
Juda ko’p hollarda ob’ektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida 
rang, shakl va belgilar bilan ta’kidlab qo’yiladi. Masalan, transport belgilari, temir 
yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar. 

Download 287.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling