Tayanch so‘z va iboralar


Download 83.48 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi83.48 Kb.
#1829484
1   2   3   4
Bog'liq
Umumiy geografik ma’lumotlar. Dunyo siyosiy ~

Mamlakat nomi

Maydoni (km²)

Aholisi (ming k. hisobi)

Vatikan

0,44

900

San-Marino

61,2

27336

Lixteynshteyn

160

32528

Monako

195

31842

Andorra

468

67627

Mamlakatlar ko‘pincha geografik o‘rni xususiyatlariga qarab ham guruxlashtiriladi. Bu xususiyatiga ko‘ra dengiz bo‘yida, yarimorolda, orol­larda joylashgan mamlakatlar, arxipelag-mamlakatlarga bo‘linadi. Xududi bevosita dengizga tutash bo‘lmagan mamlakatlar (40 taga yaqin) alohida guruhni tashkil etadi.
Dunyo mamlakatlarini toifalashtirish. Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Ularni 2 guruhga bo‘linadi: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar ikkita toifaga ajratiladi:
Birinchi toifani yuksak rivojlangan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanadadan iborat “katta yettilik” deb nomla­nuvchi mamlakatlar tashkil etadi.
Rivojlangan mamlakatlarni ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivoj­langan, birinchi navbatda Yevropa mamlakatlari kiradi.Bu mamlakatlar har birining siyosiy va iqtisodiy qudrati uncha katta bo‘lmasa ham, lekin umu­man olganda ular jahon ishlarida katta, shu bilan birga tobora ortib bora­yotgan ahamiyat kasb etadi. Misol: Ispaniya, Shveytsariya, Avstriya, Bel­giya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Finlandiya.
Uchinchi toifa sotsializm tuzimi barbod bo‘lib, bozor iqtisodiyoti yo‘nalishida rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratiladi.Ular ikki guruhga ajratiladi:

  1. Sharqiy Yevropa mamlakatlariga Polsha, Vengriya, Chexiya, Slo­va­kiya, Ruminiya, Bolgariya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gerso­goviniya, Serbiya, Chernogoriya, Makedoniya.

  2. Sobiq sovet ittifoqi tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatkarga Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Belorussiya, Ukraina, Moldova, Gru­ziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Uzbekiston, Turkmaniston, Qirg‘i­ziston, Tojikiston kiradi.

Qolgan barcha mamlakatlar va BMT xududlari rivojlanayotgan mam­la­katlar guruhiga kiritiladi. Ular butun yer yuzi maydonining yarmini egal­laydi, aholisi esa dunyo aholisi sonini yarmidan ortig‘ini, Xitoyni qo‘shib hisoblaganda 70% dan ortig‘ini tashkil etadi.Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo siyosiy haritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeanida ekvatordan shimolga va janubga katta masofaga cho‘zilgan mintaqani egallaydi. Bu mamlakatlardan ayrimlari (Eron, Tailand, Efiopiya, Misr, Lotin Amerikasi mamlakatlari va boshqalar) 2-jahon urushidan ancha oldin mustaqillikka ega bo‘lgan. Ko‘pchiligi esa mustaqillikka urushdan keyin erishgan.Ular 5 toifaga bo‘linadi:

  1. toifa. Tayanch mamlakatlar-Xitoy, Hindiston, Braziliya, Meksika.

  2. toifa. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar-Koreya respublikasi, Singapur, Malayziya, Tayvan, Gonkong (Osiyo yo‘lbarsi), Tailand, Indo­neziya

  3. toifa. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar-Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, BAA, Eron, Iroq, Liviya, Jazoir, Nigeriya, Angola, Vene­suela, Indoneziya (OPEK).

  4. toifa. O‘z taraqqiyotidan sezilarli darajada orqada qolayotgan mam­lakatlar - KXDR, Vyetnam, Laos, Mongoliya, Kuba, Albaniya, (Sotsializm tuzumi xozirgacha saqlanib qolayotgan mamlakatlar)

  5. toifa. Eng kam rivojlangan 42 ta mamlakat kiradi: Osiyoda –Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Yaman. Afrikada-Mali, Niger, Chad, Efiopiya, Somali. Lotin Amerikasida - Gaiti kabi mamlakatlar.


Download 83.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling