Tayanch so‘z va iboralar
Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi
Download 83.48 Kb.
|
Umumiy geografik ma’lumotlar. Dunyo siyosiy ~
Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi
Dunyoni xozirgi siyosiy xaritasini shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lib, kishilik jamiyati rivojlanishining butun yo‘lini aks ettiradi.Dunyo siyosiy xaritasi asrlar davomida o‘zgarib kelgan, u davlatlarning paydo bo‘lishi va parchalainb ketishini, ular chegaralarining o‘zgarishini, yangi yerlarni kashf qilinishi va mustamlaka etilishini, metropoliya va mustamlakalarni paydo bo‘lishi,dunyoni bo‘lib olish va qayta bo‘lib olishini aks ettirib kelgan.XX asrning boshlarida jahon xududlarini bo‘lib olinishi tugagan edi va buyuk imperialistik mamlakatlar o‘rtasida ularni qayta taqsimlash uchun kurash boshlandi.(1-jahon urushi.) 2-jahon urushidan so‘ng dunyoning siyosiy xaritasida bir qancha sotsialistik davlatlarni paydo bo‘lishi, mustamlakachilik tizimining parchalanishi va o‘nlab ozod bo‘lgan mamlakatlarni vujudga kelishi urushdan keyingi butun davr asosini G‘arb bilan Sharqning jahon bo‘ylab qarama-qarshi turishi ular o‘rtasidagi sovuq urushni tashkil etdi. Ko‘pdan-ko‘p harbiy siyosiy ittifoqlardan, shu jumladan ikkita yirik ittifoq:Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) va Varshava shartnomasi tashkiloti, vujudgha keldi.Yer kurrasining turli joylarida yuzlab harbiy bazalar bunyod etildi, mahalliy urushlar bo‘lib o‘tdi. XX asrning 80- yillarida xalqaro munosabatlarda qarama- qarshi turishdan o‘zaro bir-birini tushunish va hamkorlikka o‘tish boshlandi. Xalqaro keskinlik kamaya boshladi, dunyo tinchroq va havfsizroq bo‘lib qoldi.O‘zaro ishonchsizlik, xafvsirash va dushmanlik o‘rniga yahshi qo‘shnichilk qaror topa boshladi. XX asrning 90-yillarida dunyo siyosiy xaritasida, ayniqsa Yevropada, katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi: Yugoslaviya hududidagi xarbiy harakatlar natijasida u Serbiya, Sloveniya, Makedoniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya kabi mustaqil davlatlarga parchalandi, bunga millatlararo munosabatlar sabab bo‘ldi. GFR va GDR birlashdi, poytaxti Berlin bo‘lib qoldi. SSSR parchalanishi natijasida dunyo siyosiy xaritasida 15 mustaqil davlat paydo bo‘ldi.Chexoslavakiya parchalanib xaritada Chexiya va Slovakiya davlatlari o‘rin topdi. II-jahon urushidan keyingi butun davr mobaynida Fors ko‘rfazini o‘z ichiga olgan Yaqin Sharq asosiy”Olovli nuqta” bo‘lib qoldi.Bu yerda sayyoramizdagi turli madaniyat va dinlar juda murakkab xolda yonma-yon shakllanib borgan. Dunyo mamlakatlarini guruhlashtirish. Dunyo mamlakatlarini quyidagi xususiyatlariga ko‘ra guruhlashtirish mumkin: 1. Hududining kattaligiga ko‘ra dunyoda har birining maydoni 3 mln km²dan ortiq 7 ta eng katta davlat ajratiladi.Ularning butun maydoni yer yuzi quruqligining yarmidan ko‘prog‘ini egallaydi.Bu: Rossiya Federatsiyasi – 17100000 km² Kanada – 9900000 km² Xitoy Xalq respublikasi – 9600000 km² AQSH – 9500000 km² Braziliya – 8500000 km² Avstraliya – 7700000 km² Hindiston – 3200000 km² 2. Aholi soniga ko‘ra har biridagi aholi 100 mln kishidan ortiq bo‘lgan eng katta 11 ta mamlakat ajratiladi.Bu davlatlardagi aholining soni yer yuzi aholisining 3/5 qismiga to‘g‘ri keladi: Xitoy – 1.330 mlrd Hindiston –1.1 mlrd AQSH – 300mln Indoneziya – 245mln Braziliya – 182mln Pokiston – 151 mln Rossiya – 150mln Bangladesh – 138.5 mln Nigeriya – 134 mln Yaponiya – 127.2 mln Meksika – 105 mln Dunyoning siyosiy xaritasida o‘rta va kichik mamlakatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mitti mamlakatlar ham bor, ularni odatda mikrodavlat deb atashadi,
Download 83.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling