Tayanch so‘z va iboralar
Download 83.48 Kb.
|
Umumiy geografik ma’lumotlar. Dunyo siyosiy ~
Mamlakatlar ko‘pincha geografik o‘rni xususiyatlariga qarab ham guruxlashtiriladi. Bu xususiyatiga ko‘ra dengiz bo‘yida, yarimorolda, orollarda joylashgan mamlakatlar, arxipelag-mamlakatlarga bo‘linadi. Xududi bevosita dengizga tutash bo‘lmagan mamlakatlar (40 taga yaqin) alohida guruhni tashkil etadi. Dunyo mamlakatlarini toifalashtirish. Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Ularni 2 guruhga bo‘linadi: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar ikkita toifaga ajratiladi: Birinchi toifani yuksak rivojlangan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanadadan iborat “katta yettilik” deb nomlanuvchi mamlakatlar tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarni ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlangan, birinchi navbatda Yevropa mamlakatlari kiradi.Bu mamlakatlar har birining siyosiy va iqtisodiy qudrati uncha katta bo‘lmasa ham, lekin umuman olganda ular jahon ishlarida katta, shu bilan birga tobora ortib borayotgan ahamiyat kasb etadi. Misol: Ispaniya, Shveytsariya, Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Finlandiya. Uchinchi toifa sotsializm tuzimi barbod bo‘lib, bozor iqtisodiyoti yo‘nalishida rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratiladi.Ular ikki guruhga ajratiladi: Sharqiy Yevropa mamlakatlariga Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Bolgariya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersogoviniya, Serbiya, Chernogoriya, Makedoniya. Sobiq sovet ittifoqi tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatkarga Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Belorussiya, Ukraina, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Uzbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston kiradi. Qolgan barcha mamlakatlar va BMT xududlari rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiritiladi. Ular butun yer yuzi maydonining yarmini egallaydi, aholisi esa dunyo aholisi sonini yarmidan ortig‘ini, Xitoyni qo‘shib hisoblaganda 70% dan ortig‘ini tashkil etadi.Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo siyosiy haritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeanida ekvatordan shimolga va janubga katta masofaga cho‘zilgan mintaqani egallaydi. Bu mamlakatlardan ayrimlari (Eron, Tailand, Efiopiya, Misr, Lotin Amerikasi mamlakatlari va boshqalar) 2-jahon urushidan ancha oldin mustaqillikka ega bo‘lgan. Ko‘pchiligi esa mustaqillikka urushdan keyin erishgan.Ular 5 toifaga bo‘linadi: toifa. Tayanch mamlakatlar-Xitoy, Hindiston, Braziliya, Meksika. toifa. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar-Koreya respublikasi, Singapur, Malayziya, Tayvan, Gonkong (Osiyo yo‘lbarsi), Tailand, Indoneziya toifa. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar-Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, BAA, Eron, Iroq, Liviya, Jazoir, Nigeriya, Angola, Venesuela, Indoneziya (OPEK). toifa. O‘z taraqqiyotidan sezilarli darajada orqada qolayotgan mamlakatlar - KXDR, Vyetnam, Laos, Mongoliya, Kuba, Albaniya, (Sotsializm tuzumi xozirgacha saqlanib qolayotgan mamlakatlar) toifa. Eng kam rivojlangan 42 ta mamlakat kiradi: Osiyoda –Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Yaman. Afrikada-Mali, Niger, Chad, Efiopiya, Somali. Lotin Amerikasida - Gaiti kabi mamlakatlar. Download 83.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling