Tayanch so`z va iboralar


Download 51.61 Kb.
Sana23.08.2020
Hajmi51.61 Kb.
#127328
Bog'liq
1, Mamatraimova Xursand


Annotatsiya

Ushbu bitiruv malaka ishida boshlang’ich sinflarda So’z turkumlarini o’rgatish jarayoni, ona tili darslarida Sifat mavzusini o’rgatish metodikasi, boshlang’ich sinflarda “So’z tarkibi” mavzusini o’rganish usullari haqida yoritib berilgan.



Tayanch so`z va iboralar: so`z, zo`z tarkibi, soz turkumlari, sifat .

Boshlang’ich sinflarda “So’z tarkibi” mavzusini o’rganish usullari



Mundarija.

I. Kirish.

II. Asosiy qism.

  1. Boshlang’ich sinflarda So’z turkumlarini o’rgatish jarayoni.

  2. Ona tili darslarida Sifat mavzusini o’rgatish metodikasi.

  3. Boshlang’ich sinflarda “So’z tarkibi” mavzusini o’rganish usullari.

III. Xulosa.

IV. Adabiyotlar ro’yxati.

V. Ilovalar

Kirish.

Uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida boshlang’ich sinf bosqichi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ona tili ta’lim sohasi o’quvchilarni o’qish, yozish ko’nikmalari bilan qurollantiradi va ko’nikma va malakalar tabiat va jamiyat haqidagi barcha fan asoslarini o’zlashtirishda muhim omil va manba bo’lib xizmat qiladi.



O’quvchilarga ta’lim tarbiya berish vazifalaridan biri ularda dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu vazifani xal qilishda maksadga muvofik itshlashning yetakchi sharti. O’kuvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatni kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’lik xolda o’quvchilarda ilmiy dunyokarashni shakllantirish usulini belgilaydi.

1.Tilning ijtimoiy xodisa sifatidagi mohiyati. Uning aloqa vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan boshlang’iich sinflarda tilning o’rgatishning yetakchi yunalishi o’kuvchilar tilning aloqa vazifasini bajarishni tushunishlariga erishish xisoblanadi.

2.Til bilan tafakur uzviy bog’liq bulib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chikadi. Til tafakkurning maxsuli xisoblanib ongdan tashqarida o’quvchicha yashamaydi.



Z.Til va tafakkur atrofimizni urab olgan moddiy borliqka nisbatan ikkilamchidir.

4.Til barcha tomonlari uzaro dialiktik borlanishda va birlikda bulgan murakkab, kup kirrali xodisa. Aloka jarayonida tilning barcha tomonlari bir biriga ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o’quvchining aloka funktsiyasini bajara oladi.

Tilning ijtimoiy mohiyati uning aloka funktsiyasini bajarishda kurinadi. Uning jamiyat xayotidagi rolini anik tushunishga yordam berish uchun:

1.Ukuv jarayonida xar bir til birligining nutkimizdagi rolini o’quvchilar o’zlashtirishini ta’minlashi zarur. O’quvchilar tilning aloka funktsiyasini, tilning asosiy birliklar (fonema, morfema, so’z, so’z birikmasi) gaplarning vazifasini tushunish jarayonida urganishdir.

2.O’quvchilarning tilning komunikativ funktsiyasini tushunishlari "Til xar bir kishi va umuman jamiyat xayotida kanday rolni bajaradi?" savoliga jamoa bulib javob topishda



ijodiy ta’sir kursatadi. Yoshlari oshgan sari odamning odam bulishida tilning rolini tushuna boshlaydilar

3. Boshlangach sinf o’quvchilarining tilga ijtimoiy xodisa sifatida karashini shakllantirishda tilning kelib chikishini tilda, ya’ni so’zlarning paydo bulishi haqida ularning saviyasiga moe bulgan sirni yechish ijobiy ta’sir kursatadi.

Tilning rivojlanish haqidagi bilimini boshlangich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’l so’z turkumlari so’zning tarkibi bulishi katta imkoniyatga ega. Kichik yoshdagi o’quvchilarning tilning o’zlashtirish jarayonini tekshirish shuni kursatganki tilga ilmiy karash asoslarini shakllantirish uning muxim bog’lanishlarini bilishga yordam beradi. Xususan, o’quvchilarning so’zning tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi so’zning morfemik tarkibi bilan leksik ma’nosi, so’zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so’z turkumiga tegishliligi urtasidagi bog’lanish kabilarni bilib olishi shu maksadga xizmat kiladi. Bu bog’lanish tilning fonetik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarinig bir-biriga ta’sir kilishini xarakterlaydigan umumiy bog’lanishlarini xususiy kurinishi qisoblanadi. Bu esa o’quvchilarning dunyokarashlarini shakllantishda katta axamiyatga ega. Tildan bilim berishda o’quvchilarning xayotiy tajribasiga tayanish mux,imdir.O’qituvchi nazariy xaraktirdagi umumlashtirish zarur bulgan faktik materiallarni yigish bosqichida qam berilgan bilimlarni amaliyotga tatbik etish uchun x,am bolalarning zqayotiy tajribasiga, nutkka oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni urganish natijasida o’quvchilarning nutk faoliyatining sifati uzgaradi, ongliligi ortadi.

Ona tilini urganish jarayonida ilmiy dunyokarash asoslarini shakllantirish masalasini xal kilishda maktabda uzbek tilini urgatishga asos bqladigan material alox.ida kimmatga ega. Materialning qakikiy tomoni uning goyaviy yunalishida va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash faoliyatlariga zqis tuygulariga ta’sir etadi. Atrof-muqit x,akidagi bilimlarni kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalkka kizikishini tarbiyalaydi, ularning shaxeiy sifatlarini belgilaydi. Demak, tilni urganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyokarash asoslarini shakllantirishga kuyidagi omillar O’qituvchilarning metodologik pozitsiyasi, o’quvchilar uzlashtiradigan til haqidagi bilimlar tizimi,o’quvchilar urganib oladigan bilim usuli, tilni urganishga asos buladigan materialning bilim berishdagi goyaviy -siyosiy va badiiy kimmatini xal kiluvchi ta’sir kursatadi.

Biz tanlagan maorif sohasi esa, nafaqat o’zimizga, balki o’sib kelayotgan yosh avlodga ham ona tilimizni to’laligicha o’rgatishni taqozo etadi.



Mustaqillikdan so’ng ona tilimizni o’rganish imkoniyati yanada kengaydi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan so’ng, uzluksiz ta’lim tizimida ham tilimizni chuqur o’rgatishga katta e’tibor berildi. SHu xususda O’zbekiston Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, doim sof holda ishlatishimiz zarur. Biz esa bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ona tilimizning murakkab qirralarini yanada chuqurroq o’rganishimiz mumkin.

Boshlang’ich sinflarda so’z tаrkibini o’rgatish jarayoni.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tilshunoslik fanining xoh fonetika, xoh leksikologiya, xoh morfologiya yoki sintaksis, yoxud morfemika bo’lsin unining o’rganish obьekti so’z hisoblanadi. SHuning uchun ham bevosita so’z tarkibi mavzusini o’rganishdan oldin bevosita so’z turkumlarini o’rganish metodikasiga bir qadar to’xtalib o’tishni lozim topdik. Ona tili fanini o’qitish boshlang’ich sinflarda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ulardan eng asosiysisi sifatida mazkur dars jarayonida o’quvchilarning o’qish va yozish jarayonini egallashlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Qachonki bola to’g’ri yozish va ifodali o’qish ko’nikmalarini mukammal egallasagina u boshqa fan asoslarini yaxshi o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladi. SHu bois ham yangi tahrirdagi DTSda ona tili ta’lim sohasi nafaqat o’quv fani balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruchi ta’lim jarayoni sifatida e’tirof etiladi.

Ona tili darslarida so’z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so’zlarining leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko’ra turli gruppalarga ajratilishi — so’z turkumlari haqidagi ilm xisoblanadi.

So’zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga: 1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, xarakat yo zqolat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari); 2) morfologik (so’zning turli shakl tizimi); 3) sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi. \emak, so’z turkumlari ustida ishlash uquvchilarning muayyan guruvdagi so’zlarning umumlashtirilgan ma’nolari, kishilarning aloka vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga karatilishi lozim.

Boshlanrich sinf o’quvchilari so’z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan sung har bir leksik—grammatik gurux aloxida urganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning boshlang’ich Gyuskichidayok ular takkoslashga kulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini anikrok ajratishga imkon beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lning kuyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:

1)so’z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanogi va tartibi, predmet zqarakati yoki xolati);

2)kanday so’roqlarga javob bulishi;

3)o’zgarish-o’zgarmasligi;

4)gapda, asosan, kanday bulak vazifasida kelishi. O’quvchilar mana shu urgangan bilimlari asosida so’z turkumlarini takkoslaydilar.

O’quvchilar nimani urganganlariga karab, zqar bir so’z turkumining grammatik belgilari zqakidagi bilimlari asta kengaya, chukurlasha boradi.



Dasturga ko’ra, 1-2-sinflarda so’zlar javob buladigan morfologik so’roqlariga karab tasnif kilinadi. 3-sinfda «so’z turkumi» tushunchasi shakllantiriladi. O’quvchilar zqar bir so’z turkumiga xos ayrim belgilar (so’z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va kuplikda kullanishi, bulishli va bulishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi.

4-sinfda so’z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chukurlashtiriladi: o’quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o’zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni 5'rganadilar.

O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi ularning belgilari yig-indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.

Masalan, gul, guldor, gulladi so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun 3-sinf o’quvchisi kuyidagicha fikr yuritadi: nima? - gul, bu so’z predmet bildiryapti, kuplikda kullanadi - gullar, bu ot; guldor so’zi qanday? So’rog’iga javob bulyapti, predmet belgisini bildiryapti, bu sifat; gulladi so’zi nima kildi? surog’iga javob bulyapti, predmet xolatini bildiryapti, bulishsiz shaklda qo’llaniladi - gullamadi, bu fe’l.

Boshlang’ich sinflar dasturi ukuychilarni so’z turkumlari mustakil va yordamchi so’z turkumlariga bulinishi bilan maxsux: tanishtirishini ko’zda tutmaydi, ammo o’qituvchi bolalarni so’z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o’quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bulagi vazifasida kelishini, borlovchi gap bulagi bulmasligini biladilar.

So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning ogzaki va yozma nutqini ustirish, luratini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, uquvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, borlanishli nuteda u yoki bu so’zdan urinli foydalanish malakasini ustirish qisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli xal kilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, uquvchilar kup ma’noli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o’quvchilarningshaxsiy tajribalari, bevosita kurganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan borlash muxim axamiyatga ega.

Otni o’rganishga tayyorlov bosqichi savod urgatish davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo’lgan so’zlarni farklashga urganadilar. So’zning leksik ma’nosi (x.ar bir so’z ma’no bildirishi) ga e’tibori oshiriladi, ma’nolarni x,isobga olgan x.olda so’zlar (kushlar, meva va sabzavotlar va xokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko’nikmasi shakllantiriladi. So’zlarni leksik ma’nosi asosida gruppalash mashklari otlarni takkoslash, uxshash tomonlarini aniqlash, abstraklashtirish ko’nikmasini ustiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilar so’zning anik ma’nosini bilmaydilar, so’zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini x,am o’zlashtirish zarur.



Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi. (kim yoki nima so’rog’iga javob bulishi, predmet bildirishi tushuntiriladi.) O’quvchilar kim? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni nima? So’rog’iga javob bqlgan otlardan farklashni urganadilar. Bu bosqichda ular so’zlarni so’roq berish bilan farklashni bilib oladilar, bolalarda mavxum grammatik tafakkur usib boradi. Bolalarda kupgina atokli otlarni bosh xarf bilan yozish ko’nikmasi shakllanib boradi.

2-sinfda otlarning leksik ma’nosi, atokli va turdosh otlar haqidagi bilim chukurlashtiriladi va sistemalashtiriladi bolalar otlarda son bilan tanishtiriladi.

"Ot" tushunchasini shakllantirish uchun shu so’z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik gruppalarga ajratish, barcha otlarga xos bo’lgan belgilarni kursatish, ularning nutqimizdagi rolini ochish muxlm axamiyatga ega. SHu maksadda mavzuni o’rganishga bagishlangan birinchi darslardayok predmetlarni bildiradigan so’zlar sistemaga solinadi. SHu so’zlarning xammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniklanadi. Bu so’zlar predmetlarni bildirib, kim? yoki nima? So’rog’iga javob buladi.

Dasturga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarini sifat va boshqa so’z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go’zallik, ishonch, ukinch kabi) otlar bilan tanishggirish talab etilmaydi. Lmmo matnda uchrasa va uquvchilar kiziqib surasalar, otlar bolalar urgangan belgilari asosida nima so’rog’iga javob bulishi, predmet nomini bildirishi tushuntiriladi.

Otlarning nutqla katta axamiyatga ega ekanini kursatish uchun uqituvchi ukish kigobidan matn tanlab, uquvchilarga matndagi otlarni topishni, sungra matnni shu so’zlarsiz ukishni topshiradi. Uquvchilar matni otlarni tushirib koldirib o’qiganda, matn mazmunini tushunib bulmasligini anglaydilar. Xulosa chikariladi: ot atrofimizni urab olgan predmetlarning nomi, bu so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz.

3-sinfda "Otlarda son" mavzusi, ya’ni otlarning birlik va kuplikda kullanishi ustida ishlash jarayonida o’quvchilarda;

1) birlik va kuplikda kullangan otlarni ma’nosi va qo’shimcha orkali farklash

2)birlikdagi otdan kuplik sondagi ot va aksincha.kuplikdagi otdan birlik sondagi ot xosil kilish

3)gapda so’zlarning boklanishini xisobga olgan xolda, otlardan nutqda to’g’ri foydalana olish ko’nikmalari shakllantiriladi.

Otlarning birlik va kuplikda kullanishi takkoslash
usulndan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni
va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar takkoslanadi:
«yalam-kalamlar, nok-noklar kabi. Suxbat asosida nok so’zi nechta
TS'ta) predmetni va noklar so’zi :techta (2 va undan ortnk) prodmetni bildirishi aniklanadi. (boshka so’zlar bilan xam g unday ishlanadi.) Oddiygina xulosa chikariladi va umumlashtiriladi; agar otlar bir predmetni bildirsa birlikda, 2 va undan ortik predmetni bildirsa kuplikda kullanadi. Kuplikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga - lar qo’shimchasi «ushiladi. Birlikdagi otlar kim? Yoki mima? So’rog’iga, Kuplikdagi otlar esa kimlar? Yoki nimalar? So’rog’iga javob CHuladi, Bu sinf o’quvchilariga fakat birlikda kullanadigan otlar, bnriM№ shaklida qullangan armiya, qushin, xalk kabi otlar kuplik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga kuplik qo’shimchasi :-,-/'silganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydiLgar utquvchilar bu x.akida savol bersalar.sodda shaklda tushuntirish tlumkin.

Otlarning birlik va kuplikda kullanishini ko’zatish aslida so’z formasi ustida ishlashning boshlantch bosqich x,isoblanadi. Ьu«da o’quvchilar otlarni kuplik qo’shimchasi bilan o’zgartirish, ya’ai otga forma yasovchi qo’shimcha kushish bilan so’zning leksik ma’nosi o’zgarmasligiga ishonch xosil kiladilar.

«Otlarda egalik qo’shimchalari» mavzusi boshlang’ich sinf
5qlgyachilari uchun murakkab zqisoblanadi. CHunki bu mavzu
urganilgunga kadar, bolalar "shaxe" tushunchasi bilan xali
tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini xali urganmagan
buladilar. Uquvchilarga egalik qo’shimchasi predmet birlik va
kuplikdagi 3 shaxedan biriga tegishli ekanini bildirishini
chushuntirish kiyin. SHularni eqisobga olib, o’quvchilarni otlarda
egalik qo’shimchalari bilan tanishtirishda o’qituvchi ishni
garlavzqadagi "Egalik" so’zining leksik ma’nosini
gushuitirishdan boshlashi maksadga muvofik: egalik ega bulish,
qarashlilnk, tegishlilik, oidlilik ma’nolarini bildiradi,
demaK, egalik qo’shimchasi deyilganda biror narsaga ega bu lishni,
shu marsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan
quganmchalar tushuniladi. Otga ko’shilgan egalik qo’shimchasi shu ot ifodalagan
predmetning kimgadir qarashli ekanini, shu predmetni egasi ekanini bildiradi; kecha o’qigan kitobim juda kizikarli ekan. Sening kitobing zqam kizikarlimi? Ra’noning kitobi qkeikerli edi.

Kitobim, kitobing, kitobi so’zlari so’z tarkibiga ko’ra taxlil kilinadi va o’quvchilar kitob-qzak, —im, -ing, -i qo’shimchalari qo’shimcha ekanini aniklaydilar.

Fe’l ustida izchillik bilimlar orasidagi boglanish, programma materialining qajmi, uni qar bir sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi.

uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoetdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga karab belgilanadi.

«Fe’l» mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l qakida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish xamda ogzaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini ustirish, o’quvchilarning akuliy faoliyatink rivojlantirish, grammatik mavzu bilan . boglik eqolda ayrim orfografik koidalarni o’zlashtirish xyasoblanadi. Bu vazifalar bir-biri boklik xolda xal etiladi.



Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari fakat uning muxim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni xal kilishda kaichalik zarurligi qisobga olinadi.

Fe’lni o’rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash urgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning dikkati fe’lning leksik ma’nosiga tsaratiladi; fe’l uchun tipik xisoblangan leksik ma’nosiga karatiladi; fe’l uchun tipik x.isoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning qarakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan anik material yitladi. Fe’l ustida ishlash mashklarini «Alkfbevdagi so’z va mashklarni ukish, rasmga karab gap to’zish bilan boglab utkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap to’zishda mazmunga moe fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va kanday so’roqka javob bulishini aniqlashga yordam beradigan nxaroit yaratadi. Masalan, bolalar ko’zda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni ko’zatib yoki rasmlarni kurib, gapni mazmuniga moe so’zlar bilan tuldiradilar: ko’zda mevalar nima kiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima kiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima kiladi?... (sargaya boshlaydi), bolalar nima kilyaptilar?... {dam olyaptilar)... (uynayaptilar)... (ishlayaptilar).

Fe’lni o’rganishda maksadga karatilgan ishlar qarakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi. (1-sinf, ukuv yilining 2-yarmi), fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (xarakat bildirishi) moe keladigan (nima kilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima kildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima kiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o’quvchilar o’zlari bajargan xarakatlarni aytishni surab, ular bergan javobni (fe’lni) so’roqlari bilan doskaga yozib, suxbat utkazish bilan tushuntiriladi. Bolalarni so’roq berish bilan xolat biddiradigan uxlayapti, uynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni xam tanlashga urgatib borish muqim axamiyatga ega. Bunday mashklar o’quvchilarda predmet xarakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasini shakllantirishiga yordam beradi.

O’qituvchi nima kiladi?» kabi savollardan щam foydalanadi. Suxbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida fe’llarni so’rog’i bilai yozib boradilar. Masalan, nima 5qsh\di? so’zledi, tushuntirdi; nima kildilar? tingladilar, yozdilar; nima kilyapti? tushuntirayapti, surayapti, tinglayapti; nima kilayaptilar? Javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima kiladi? Tekshiradi, ko’radi; nima kiladilar? Ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.

Sueqbat va o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap buLugi jixatdan taxlil kilish asosida xulosa chikariladi: nima kildi? nima kilayapti? nima kiladi? Kabi so’roqlarga javob bo’lib, predmet xarakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi.

Fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma zqosil kilish uchun so’roq berib fe’lni aiiklash, gap mazmuniga moe fe’lni tanlab kuyshp, aralash berilagan so’zlardan, shuningdek, rasmga karab gap to’zish kabi mashklardan foydalaniladi.



Dasturga ko’ra bu sinfda bulishli va bulisheiz fe’llar urganiladi. Mavzu suxbat asosida tushuntiriladi. So’zqbat ukish darsida kimlar ukidi? Raxim xam ukidimi? Kim so’zladi? Ravshan so’zladimi? Ra’no kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi? U kachon bormokchi? Xozir kim tushuntirayapti? Xozir Tralima .gapiryaptimi? savollaridan zqam foydalaniladi. O’quvchilar so’roq, berib fe’llarni topadilar, ma’nosini kiyoslaydilar va o’qituvchi raxbarligida tushuntiradilar. Xulosa chikariladi: fe’l xarakatning yuzaga chikkanini, ya’ni bajarilganligini (ukidi, so’zladi), xozir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (boradi) bildiradi. Bu fe’llar bulishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar zqarakatning bajarilmaganligini (ukimadi, so’zlamadi), xozir bajarilmayotganini (ukimayapti), keyin xam bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bulisheiz fe’llar deyiladi.

O’quvchilar bulishli va bulisheiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so’roqlarini bulisheiz fe’l kanday kanday xosil bo’lganini aytadilar. O’quvchilar bilimi mashklar bilan mustuxkamlanadi, bulisheizlik
qo’shimchasi -ma, -mi shaklida talaffo’z kilinsa xam, doim aslicha -ma, -mi shaklida yozilishi tushuntiriladi. O’quvchilarda bulishli va bulisheiz fe’llarni ma’nolariga karab farklash ko’nikmasini ustirish uchun bulishli fe’ldan bulisheiz fe’l xosil kilish, bulisheiz fe’llarni ng talaffo’z va yozilishini kiyoslash, bulisheiz fe’llar bilan gaplar to’zish mashklaridan foydalaniladi.

Bir fe’ldan uch zamonni xosil kilib, ularni takkoslash mashki fe’lning zamon kategoriya! ining mohiyatini tushunishga yordam beradi. SHuning uchun «Fe’l» mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’zgartirish mashki muntazam utkazib boriladi.

O’quvchilarni fe’l zamonlarini ongli kullashga urgatish maksadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l formasidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini o’zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda ishlatib x,ikoya to’zish topshiriladi.

Dasturga ko’ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son xaqida tushuncha beriladi. O’quvchilarda o’zbek tilida 3 shaxe: so’zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o’zga (3-shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki ko’nikma «Otlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishi» va «Kishilik olmoshlari» mavzulari urganilayotganda zqosil kilingan. «Fe’llarda shaxs-son» mavzusi shu ko’nikmaga asoslangan x,olda tushuntiriladi.

So’zqbat asosida kishilik olmoshlari 3 shaxsni, birlik va kuplikni bildirishi eslatilgach, o’quvchilarga men olmoshini katnashtirib gap to’zish topshiriladi. Ular to’zgan gap o’qituvchi raqbarligida taxlil kilinadi (Men kitobni ukidim). O’quvchilar men 1-shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini aytadilar; ukidim fe’lini so’z tarkibiga ko’ra taxlil kilib, uki — o’zak, -di — utgan zamon qo’shimchasi, -m - qam qo’shimcha ekanini aniklaydilar. O’qituvchi kuyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-xdrakat so’zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o’zga (3-shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-qarakat yakka (bir) yoki bir necha shaxe tomonidan bajarilishi x.am mumkin. Fe’llarga tsushilib, ish-qarakatni bajargan shaxsni va sonni (kuplik va birlikni xam bildiradigan qo’shimchalar bor. Masalan, ukidim fe’lidagi -m qo’shimchasi shunday ma’noni bildiradi, u shaxs-son qo’shimchasidir. CHunki -m ukish xarakatini bajargan shaxsni (1-shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni qam shaxsni, qam sonni ifodalayapti. O’qituvchi (xattaxtaga yozilgan gaplarni kursatib) «Nuktalar urniga gapning mazmuniga moe bo’lgan fe’llarning shaxs-son qo’shimchasini topib kuyib, gaplarni ukish» vazivasini topshiradi. Mashk o’qituvchi raxbarligida birgalikda bajariladi.

Suxbat asosida xulosa chikariladi: Fe’llar shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanadi. SHaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin kushiladi.

Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko’nikmani shakllantirish
uchun mazmunga moe shaxs-son qo’shimchalarini kuyiщ, berilgan
fe’llarni xozirgi, utgan, kelasi zamonda shaxs-son qo’shimchasi
bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jaxatdan taxlil kilish
mashqlaridan foydalanadi.

Bu sinfda kushma fe’llar va ularning yozilishi haqida xam ko’nikma xosil kilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun kushma fe’llar kuprok bo’lgan matn tanlanib, matnni uqish, suroq berib fe’llarni topish, nechta so’zdan to’zilganini va qanday yozilganini aytish topshiriladi. Uquvchilar uqituvchi raxbarligida vazifani bajaradilar. Suxbat yordamida xulosa chiqariladi: ba’zi fe’llar ikki va undan ortik so’zdan to’ziladi, bitta so’roqka javob buladi (nima kildi? kurib koldi, olib chikdi kabi). Bunday fe’llar kushma fe’llar deyiladi. !qushma fe’llar aloxida yoziladi.

1qushma fe’llar va ularning yozilishi haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun matndagi kushma fe’llarni topish va yozilishini tushuntirish, berilgan fe’llardan kushma fe’llar yasash, qushma fe’llar bilan gap to’zish mashklaridan foydalaniladi.

Olmoshni o’qitish metodikasi.Boshlanrich ta’limda fakat kishilik olmoshlari urganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishi va imlosi urgatiladi.

Kishilik olmoshlari bilan o’quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular fakat kursatish uchun xizmat kilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang’ich sinfda kishilik olmoshlarini ot bilan almashinib kullanishiga aloxida tuxtalinmaydi. CHunki men, sen olmoshlari %ech kachon ot bilan almashinib kullanmaydi: men ukiyapman, sen ukiyapsan deyish mumkin, lekin Salima chikyapman, Salima ukiyapsan, kiz tikyapman tarzida kullanmaydi. Lekin III shaxe kishilik olmoshi ot bilan almashinib kullanadi: kiz tikyapti - u tikyapti. O’qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga dikkat karatish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot badiiy asardan keltirilgan ogzaki nutqka doyr misollarni ko’zatish va taxdil kilish orkali beriladi.

Kishilik olmoshlarini urgatish jarayonida o’quvchilarla kuyidagi bilim va ko’nikmalar qosil kilinadi; men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim so’rog’iga javob buladi; kishilik olmoshlari so’z turkumi; kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va kuplikda ifodalaydi; ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo’shimchalari men, sen olmoshiga kushilganda o’zakdagi n tushib koladi; u olmoshiga -ga, -da, -dan qo’shimchalari kushilsa bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar; olmoshlarni nutqda turri va urinli kullash, ularni kelishikli tqolatda to’g’ri yozish, so’roqlar yordamida aniqlash va farklash ko’nikmalari zqosil kilinadi.

Olmosh so’z turkumi su?;bat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tushuntirilsa, shunga moe usul va ish turlari tanlanadi.

O’quvchilar olmoshlarning kelishik bilan kullanishini xali urganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar katnashgan gap tanlanadi.

Kishilik olmoshlarini urgatish uchun kuyidagi misollar asosida suqbat utkazish mumkin.

Men o’rtoqlarim bilan suhbatlashdim.

Sen kelsang, men shu yerdaman, deb qo’y...

U kela qolsa, gaplarimni aytsam!

Birinchi gap o’qitiladi.

  • Bu gap kimga tegishli? (Yayraga)

  • Kim so’zqbatlashdi? (Yayra)

  • Men so’zi qrniga Yayra so’zini kuyib aytish mumkinmi? (Yuk.
    Bolalar kuyib ukib ko’radi va ishonch xosil kiladi). qarakatni kim bajaryapti? (Men). Men so’zi qaysi surova javob buladi? (Kim?) U gapda qaysi bulak vazifasida kelyapti? (Ega). Ikkinchi gap ukitiladi:

- Bu gapni kim aytyapti? (Yayra) U kimga murojaat kilyapti?
(Urtogaga) Qaysi so’z urtoga so’zini bildiryapti? (Sen) Sen so’zi kachon kullanar ekan? (Biror murojaat kilganda kullanadi). Sen qaysi so’roqka javob buladi? (Kim?) U qaysi gap bulagi vazifasida kelyapti? (Ega)

Uchinchi gap yuzasidan taxminan kuyidagicha savollar beriladi: -Bu gap kimga tegishli? (Bolaga) Bu predmetning nomi aytilyaptimi? (Yuk.) Bola so’zi urnida qaysi so’z kelyapti? (U) Bu so’z kachon kullanar ekan? (Fikr biror shaxe haqida (kim haqida) borsa kullanadi) Demak, bu gapda shaxe nomi k.ullanmayapti, uni kursatuvchi so’z kullanyapti.

Shundan song suxbat kuyidagicha umulashtiriladi: Predmetni nomlamay uni kursatayotgan so’zlarni sanang (Men, sen, u) Ular kanday so’roqka javob bulyapti? (Kim?) U qaysi gap bulagi vazifasida kelyapti? (Ega)

O’quvchilar javobiga aniklik kiritiladi: Men, sen, u - so’z turkumi. Bu so’z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u - kishilik olmoshlari. Men - I shaxsni, sen - II shaxsni, u

- III shaxsni kursatadi. SHundan sung biz, siz, ular olmoshlari


yuzasidan suxbat utkaziladi. Kishilik olmoshlarining birlik va
kupligi takkoslash orkali tushuntiriladi va kachon men, sen, u,
kachon biz, siz, ular ishlatilishi ustida ishlanadi. Egalik
qo’shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxe: so’zlovchi (men), tinglovchi
(sen), o’zga (u) eslatiladi va u kishilik olmoshlari bilan
boglanadi. Olmoshning gapda ega vazifasida kelishi aytiladi.

Kishilik olmoshlarining kupligini tushuntirishda «biz Vatan haqida kup makollar bilamiz? Siz xam shunday makollardan bilasizmi? Tarzidagi gaplardan foydalanish


mumkin. O’quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dare davomida mustaxkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so’roq berish, qaysi so’roqlarga javob bulayotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o’zi boglangan so’z bilan kuchirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap to’zish, ularni gapda kanday bulak bo’lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga moe kishilik olmoshlarini tanlash va gap to’zish (Onamga yordam berdim. nangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshirikli mashklar bajariladi. Ayrim matnlar shaxeini o’zgartirib ijodiy kayta xikoyalatiladi.

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini utish.

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini u-.mtdan oldin shu mavzuni o’quvchilar ongli o’zlashtirishlari uchun doskaga kelishiklarga doir jadval osib qo’yiladi.Jadval asosida suxbat metodida kelishiklar haqidagi o’quvchilar bilimi eslatiladi va ularning yangi mavzuni o’rganishlariga zamin tayyorlanadi: Nechta kelishik bor? Nomini, qo’shimchasi va so’rog’ini ayting. Kelishik qo’shimchalari kanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring. O’quvchilar aytgan bitta gap doskaga yozdiriladi va taxlil kilinadi: Bilim davlatdan kimmat. (Makol.)

Davlatdan - ot, chikish kelishigi qo’shimchasini olgan, bu -dan qo’shimchasi otni kimmat so’ziga boglagan. O’quvchilar javobi umumlashtiriladi.

Shundan sung oldindan doskaga yozib kuyilgan darslikdagi 27"~mashk ustida ishlanadi:

-O’qing. Tagiga chizilgan so’z qaysi turkumga kiradi? SHu so’z 1§aysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo’shimcha bilan qullangan? Bu qo’shimcha biz olmoshini qaysi o’zga borlagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik ь;5gshmmchasini va boglanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini kiskartirib tepasiga yozing.

-Ikkinchi gapni uking. Olmoshni qaysi kelishik .qushyamchasini olganini ayting. 1qaratkich kelishigi otni qaysi su zga borlagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko’z ungimizda va qo’shimchani, so’zlarni borlanishini belgilang.

Kolgan gaplar qam shu taxlitda bajariladi. Doskaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi: Bizni olib bordilar Bizning ko’z ungimizda Bizga gapirib berdi Biz tingladikBizda qoldirdi



O’quvchilar javobi yana suhbat yuli bilan umumlashtiriladi: Kishilik olmoshlari qaysi qo’shimchalarni oladi? Qaysi kelishik qushimchalari olmoshga qushilib keladi? Bu qo’shimchalar olmoshlarii qaysi so’zlarga borlaydi? (boshqa so’zlarga) Kelishik qo’shimchasini olgan bizni, biznish; bnzga, bizda qaysi so’roqlarga javob bulyapti? Ular gapda qaysi bulak. buladi? (2-darajali bulak) Biz olmoshiga so’roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bulak bo’lib kelyapti? (Ega) O’quvchilar javobi aniqlashtiriladi; Kishilik olmoshlarzg qam kelishik qo’shimchalariii oladi. Kelishik qo’shimchalarlnm olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, karatkich, junalish, urin-payt, chikish kelishigidagi olmoshlar 2-darajali bulak bo’lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Bil meqnatni sevamiz.

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanivai qakidagi tushuncha mashklar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarini qaysi kelishikda ekanligi, ularni o’zi boglangan so’z bilan birikma tarzida kuchirish, shaxs-sonini; aniqlash, chizikchalar urniga topshiriqka mos olmoshlar quyish , ot urnida kullangan olmoshlarii aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi.

2. Ona tili darslarida “So’z tarkibi” mavzusini o’rgatish metodikasi.



So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega.

Morfema - so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi.

Morfema ikki turga bo’linadi; 1.O’zak morfema - «so’zda albatta katnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema 2. Affiksal morfema - mustaqil xolda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik va grammatik ma’nolarining shakllanishi xizmat kiladigan morfema.

qo’shimchalar 2 turga bulinadi:

1.So’z yasovchi qo’shimchalar. So’zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat tsiladigan.

2.Forma yasovchi qo’shimchalar so’zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatik ma’nolarini ifodalaydi.

So’zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o’quvchilar so’zning leksik ma’nosini aniqlashniig asosiy usullarini bilib oladilar. Bunda O’qituvchining vazifasi bolalar so’zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga borlikligini bilib olishi uchun eng kulay sharoit yaratish,shu asosda ularning lugatiga aniklik kiritishga maksadga muvofik, raxbarlik kilksh x.isoblanadi.

So’z morfemani rolini anglash .shuningdek qo’shimchalarning semantik ma’nosini bilish o’quvchilarda nugkning anik shakllanishiga ta’sir etadi. Uk,ituvchining vazifasi o’quvchilar so’zning leksik ma’nosini tushunibgina kolmay, matnda ani1q affiksli so’zlardan ongli foydalanishlarini oshirish qisoblanadi.

So’zning morfemik tarkibini urganish orfografik malakalarni shakllantirish da zam katta aqamiyatga ega. Morfologik tamoyil uzbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bulib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy k.ismi, (o’zak va k.ushimchalar) asliga muvofiq yoziladi.O’zak va qo’shimchalarni turri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish foietik ,so’z yasalishiga oid,grammatik bilimlarni maksadga muvofik tatbik etishni talab kiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini urganishning muxim vazifalaridan biri o’zak va qo’shimchalarni turri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bulgan bilim va kunikmalar asosini yaratish xisoblanadi.

So’zning morfemik tarkibini urganish o’quvchilarning akliy tsobiliyatini ustirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bulgan maxsus akliy kqnikmalarni shakllantirishda qam aqamiyatli. O’qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda akliy faoliyatni ustiradigan mavxumlashtirish, analiz.tavdoslash kunikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish qisoblanadi.

Boshlangich sinflar ona tili dasturiga muvofik, so’znish morfemik tarkibi 2-sinfda urganiladi.Z-sinfda sqz turkumlarini urganish bilan bo»lik xolda so’zning tarkibi qakidagi bilimlarni takomillashtirish kuzda tutiladi.

Avvalo, til materialini urganiga sistemney nimaligini aniklab olamiz. Til materialini urganish sistemasi deganda, nlmiy asoslangan izchillikdagi va uzaro borlanishdagi bilimlar kompleksini o’zlashtirishni ta’minlaydigan maksadga karatilgan jarayon, shuningdek ,shu asosdg.. amaliy kunimalarni shaxllantirish kuzda tutiladi.

Mavzuni urganishda 4 bosqich amalga oshiriladi:

1- bosqich- so’z yasalishini urganishga tayyorgarlik bosqichi.
Bu bosqichning vazifasi-o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning ma’no va o’quvchilishiga ko’ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash

2- bosqich- bir xil o’zakli so’zlarning xususiyatlari va
barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu
bosqichking asosiy ukuv vazifasi so’zlarning ma’nolari
kismlari sifatida o’zak, so’z yasovchi va forma yasovchi qo’shimchalar
bilan tanishtirish. "O’zakdosh so’zlar" tushunchasini
shakllantirish; bir xil o’zakli so’zlarda o’zakning bir xil
yozilishini kuzatish xisoblanadi.


"O’zakdosh so’zlar" tushunchasini shakllantirish ularning
ikki muxim belgisini, ya’ni mazmuniy va mazmuniy
umumiylikning (ma’nosida kandaydir umumiylik borligini) va
to’quvchilishiga ko’ra umumiylikni (umumiy o’zak mavjudligini)
o’zlashtirish bilan bog’lanadi. SHuning uchun bu belgilarni
o’quvchilar o’zlashtirishiga ta’lim jarayonida sharoit yaratish
lozim. Ta’limning bu bosqichida o’quvchilarning morfema
haqidagi bilimlari yetarli emas.ularni bu tushunchalar bilan
amaliy mashklarni bajarish jarayonida endigina
xanishtirilyapti. SHuning uchun O’qituvchi tarkibi va yasalish
usuli o’quvchilarning yosh xususiyatlariga moe bulgan so’zlarni
ganlaydi. Bu so’zlarni analiz va sintez kilishni boshkaradi,
so’zzlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi urtasidagi
borlanishni o’quvchilar bilib olishlarga doimiy ramxurlik
xqiladi. 3-bosqich- o’zak, so’z yasovchi va forma yasovchi xushimchalarning xususiyatlari va tildagi rolini urganish metodikasi. Bu bosqichning ukuv vazifasiga "o’zak", "so’z yasovchi »,ushimcha", "forma yasovchi qo’shimcha" tushunchalarini shakllantirish, so’zning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanish haqidagi tasavvurlarni o’stirish, o’zakda jufti bor jarangli va jarangeiz undoshli so’zlarni tugri yozish malakasini shakllantirish, nutkda so’z yasovchi qo’shimchasi bor so’zlarni ongli ishlatish kunikmasini ustirish kiradi. Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma’lum barlanishda xal kilinadi. Masalan, so’zda xer bir morfemaning rolini o’zlashtirish asosida o’quvchilar so’zning leksik ma’nosi bilan uning morfemik tarkibi urtasidagi borlanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan bog’lik xolda, so’zlarning morfemik tarkibini xisobga olib, ulardan nutkda mumkin kadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi.

O’zakni o’rganishning xususiyatlari. "O’zak" tushunchasini shakllantirishda o’quvchilar o’zak o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil o’zakli so’zlarning ma’nosidagi umumiylikni o’z ichiga olishi bilan tanishtiriladi.

So’z yasovchi qo’shimchaning funktsiyasi ustida ishlash. Bu morfemani urganishning asosiy vazifasi utsuvchilarni so’zda sqz yasovchi qo’shimchaning roli bilan tanishtirish va shu asosda so’z yasovchi qo’shimchali so’zdan uz nutkida ongli foydalanish kunikmasini ustirish x.isoblanadi. O’quvchilar so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’no tushunishi mux.im ax.amiyatta ega.



Forma yasovchi qo’shimchalarni urganish xususiyatlari. har bir morfemaning lingvistik mohiyatida o’quvchiga xoslik bulnb uni urganish metodikasi x.am o’quvchiga xos xususiyatlarga zga. Forma yasovchi qo’shimchada grammatik funktsiya yetakchi zqisoblanadk, bu bilan u so’z yasovchi qo’shimchadan farklanadi.

4—bosqich - so’z turkumlarini urganish bilan bog’liq xolda so’zning tarkibi ustida ishlash, (3-sinf). So’zning morfemik tarkibini urganish sistemasida bu bosqichning maqsadi so’z yasovchi qo’shimchaning so’z yasashdagi roli va forma yasovchi qo’shimchani so’z shaklini urganishdagi axamiyati qakidasi bilimni chukurlashtirish; o’quvchilarni ot.sifat, fe’llariing yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash qisoblanadi. So’z turkumlarini urganish jarayonida O’qituvchi uquvchilarga so’z yasalishi asoslarini, so’z yasovchi k,ushimcha yordamida bir so’z turkumidan boshkasini yoki shu so’z turkumining o’quvchini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot kuproq boshtsa bir otdan (balikchi, ishchi; sinfdosh, sirdosh; borbon, oshpaz, kitobxon) shuningdek fe’ldan (elak, ko’rak, yutuk); sifat kuprok otdan (suvli, suvsiz, utla, utsiz) shuningdek fe’ldan (maktanchok., utkir, sezgir.) fe’llar otdan (ishla, gulla, gapir) sifatdan (okla, yaxshila, eskir, koray) yasaladi. O’quvchilarni so’z yasalishi xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun O’qituvchi ularga muayyan bir yangi so’z qaysi so’zdan va qaysi forma yordamida yasalganini aniqlashga karatilgan topshirik beradi. Masalan, O’qituvchi chegara otini aytadi va chegarani kuriklaydigan kishini bildiradigan o’zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshkacharok berish xam mumkin: O’qituvchi so’zni va so’z yasovchi morfemani beradi. O’quvchining vazifasi yangi so’zni tug-ri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish xisoblanadi. Masalan, balik so’zidan -chi qo’shimchasi yordamida yangi so’z yasash, (balikchi), uning leksik ma’nosini tushuntirish qaysi so’z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshirikda xam

o’quvchilar so’zni morfemik taxlil kiladilar. Bunda O’qituvchi o’quvchilar e’tiborini zqosil bulgan so’z qaysi morfema yordamida, qaysi so’z turkumidan yasalganiga, kanday mashklarda tilda mavjud bulgan so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining uzaro bog’likligiga va biror so’z turkumiga xarakterli bulgan so’z yasalishi usuliga asoslaniladi.

1-O’zakdosh so’zlari bulgan matnni leksik-so’z yasalishi tomonidan taxlil kilish. Masalan, kuyidagi kabi matn yozdiriladi:

Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan.

Ularni gulchi akam parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi. O’qituvchi raxbarligida bir o’zakdosh so’zdan boshkasi kanday, qaysi morfema yordamida yasalgani, u qaysi so’z turkumiga kirishi, kanday ma’no bildirishi aniklanadi.

2.Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so’zni o’zakdosh so’z bilan almashtirish.



Topshirik. Ajratib kursatilgan so’zga o’zakdosh bulgan bir so’z toping. Uning qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va uni so’z tarkibiga ko’ra taxlil kiling.

Olma daraxti kup joy (olmazor). Paxta yetishtirish bilan shugullanadigan kishi (paxtakor).

O’quvchilar O’qituvchi yordamida shu so’z qaysi so’zdan va kanday qo’shimcha yordamida yasalganini aniklaydilar.

3.Har xil so’z turkumiga kiradigan o’zakdosh so’zlardan qatnashtirib gap to’qish.

4.So’z yasashga doir vazifalar.

Oq, ish, so’zlaridan — la, -chi qo’shimchalari yordamida yangi so’zlar yasang. Berilgan va siz yasagan so’zlar qaysi so’z turkumiga kirishini isbotlang.

Ish, paxta, sinf otlaridan o’zakdosh otlar yasang. So’zlarni tarkibiga ko’ra taxlil kiling. Yangi ot hosil kilish uchun siz so’zning qaysi qismidan foydalandingiz?

Chiz, ur fe’llaridan o’zakdosh otlar yasang. Otlarni so’z tarkibiga ko’ra taxlil kiling. Fe’ldan ot yasash uchun kanday qo’shimchalardan foydalandingiz?

Bu vazifalar o’quvchilardan so’z yasalishi xususiyatlariga, so’zlarning morfemik tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so’zning morfemik tarkibi shu so’zning muayyan bir so’z turkumiga oid ekani bilan bog’-likligini aniqlashga karatiladigan quyidagi kabi savol va topshiriklarni bajarish asosida o’quvchilar so’zning morfemik tarkibini kanday uzlashtirganini aniqlash mumkin:

1.Savollarga javob berish: 1.So’zda qaysi kiem eng asosiysi xisoblanadi?Nima uchun? 2.So’z yasovchi qo’shimcha kanday vazifani

bajaradi? Misol bilan isbotlang. Z.So’zda forma yasovchi qo’shimcha nima uchun xizmat kiladi? Isbotlang.

2.Ikki so’zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning
uchun o’quvchilar o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalarning semantik rolini qanchalik tushunganini aniqlashga imkon beradigan so’zlar tanlanadi. (ishladi va boshladi, paxtakor va paxtazor)

3.So’zlarni takkoslab, o’zakdosh yoki o’zakdosh emasligini isbotlash (tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi) qaysi kiem ularni o’zakdosh kilyapti? K,aysi kiem xar xil ma’noli so’z xosil kilyapti? Savollariga javob berish.

4.Bog’bon, o’roq, bog’ni, ishchidan so’zlarini tarkibiga ko’ra taxlil «qilish: 1.O’zak va so’z yasovchi qo’shimchadan. 2.O’zak va forma yasovchi qo’shimchadan. 3.O’zak va so’z yasovchi, forma yasovchi qo’shimchalardai to’quvchilgan so’zlar tanlash.

b.Tayanch so’zlar asosida o’qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik xikoya to’quvchish. Tekshirish uchun quyidagi singari savol va topshiriqlar beriladi.

1.Maktabda so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishini urganishga nima uchun katta axamiyat berilyapti?

2.3-4-sinflarda so’zning morfemik tarkibini urganish izchilligini yoriting.

3.Siz o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning muxim belgilari bilan kanday tanishtirasiz. Bu tushunchani shakllantirishga kanday shartlar yordam beredi?

4.So’z yasovchi qo’shimchaiing tilimizdagi rolini o’zlashtirishda o’quvchilarga kanday yordam beriladi?

So’z tarkibini o’zlashtirish asosan quyidagi tayanch so’zlarga asoslanadi: o’zak, so’z yasovchi qo’shimcha, so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha, so’zning morfemik tarkibi, o’zakdosh so’z, negiz.

Xulosa.

So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega.

Morfema - so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi.

Morfema ikki turga bo’linadi; 1.O’zak morfema - «so’zda albatta katnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema 2. Affiksal morfema - mustaqil xolda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik va grammatik ma’nolarining shakllanishi xizmat kiladigan morfema.

qo’shimchalar 2 turga bulinadi:

1.So’z yasovchi qo’shimchalar. So’zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat tsiladigan.

2.Forma yasovchi qo’shimchalar so’zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatik ma’nolarini ifodalaydi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang’ich sinf ona tili darslarida So’zning morfemik tarkibini o’rganish juda katta ta’limiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Chunki borliq, tevarak-atrof bilan tanishish, so’zning lug’aviy ma’nosini teran anglash har bir bolada predmetlarning nomini ya’ni tahlil va tarkibni bilishdan boshlanadi va bu imkoniyatni rivojlantirishda biz yuqorida fikr yuritgan sifat so’z tarkibini o’rganishning o’ziga xos ahamiyati mavjud.

Adabiyotlar ro’yxati.

1. Karimov I.A. «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», T., 1998.

2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent. O’zbekiston.1997.

3. Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang’ich ta’lim, «SHarq» 1999, 7-maxsus son.

4. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent, “Ma’naviyat” nashriyoti, 2008 yil, 86 bet.

5.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. – Toshkent: O’qituvchi. 1985.

6. Ashrapova T. va b. Ona tili o’qitish metodikasi. T. «O’qituvchi», 1984.

7. Ta’lim tug’risidagi qonun T., 1997 yil.

8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi T., 1997 yil.

9. Mirzaev I. Dars tahlili, T., «O’qituvchi», 1980.

10. Umarova M. O’qish kitobi. 3-sinflar uchun darslik. –Toshkent: Yangi asr avlodi. 2003.

11. Matchonov S., G’ulomova X. Ona tili darslarida nutq o’stirish. //Boshlang’ich ta’lim. 2004. №2.

12. Gapparova T., SHodmonov E., G’ulomova X. «Ona tili». T., «SHarq». 2005.

13. G’ulomova X. «So’z turkumi – son»ni o’rganish. «Boshlang’ich ta’lim», 2005, 4-son.



14. Abdullaeva K. va boshqalar. «Ona tili». T., «O’qituvchi», 1996.

15. M.Xudoyberganova, S.Fuzalov, M.Muxtorova 3 – sinflarda ona tili darslari. T., o’qituvchi 2004 yil.
Download 51.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling