Reja: Mikrobiologik organizmlar haqida tushuncha
Download 55.64 Kb.
|
Sohibjamol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriyalarning hujayra tuzilishi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Xulosa Mikrobiologiya
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI Andijon Davlat Universiteti 211-guruh talabasi Turobjonova Sohibjamolning botanika fanidan KURS ISHI Mavzu :Bakteriyalar Reja: Mikrobiologik organizmlar haqida tushuncha. Bakteriyalar. Bakteriyalarning hujayra tuzilishi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Xulosa Mikrobiologiya (mikro... va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. M. viruslar, barcha prokariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suvoʻtlar, ayrim zamburugʻlar)ni oʻrganadi. Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683) birinchi marta ko'rgan va tavsiflab bergan. Nemis olimi O. Myuller (1786) ilk bor mikroorganizmlarni sistemaga solishga uringan. Mikroorganizmlar haqidagi maʼlumotlar bir qancha rus olimlari (I.Belyayev, I. Kulabin, M. M. Terexovskiy va boshqalar)ning ishlarida ham uchraydi. Lekin M. fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmida, asosan, fransuz olimi L. Paster ishlari taʼsirida shakllana boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy jarayonlar, jumladan, har xil bijgʻishlarni mikroorganizmlar faoliyati bilan bogʻliqligini isbotlab berdi; yuqumli kasalliklarni mikroblar paydo qilishi toʻgʻrisidagi gʻoyani himoya qildi; mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi gipotezani inkor etdi; anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning yaratilishi, mikroorganizmlarning sof kulturasiga boʻlgan qatʼiy talablar va kasallikning muayyan mikroorganizmga bogʻliqligini aniqlash mezonlarining ishlab chiqilishi bilan qisqa vaqt davomida koʻpchilik kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari kashf etildi. L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib berilishi bilan eksperimental M. rivojlana boshladi. M.ning asosiy oʻrganish obʼyektlari bakteriyalar, achitqi zamburugʻlar, aktinomitsetlar va viruslar hisoblanadi. Lekin M. metodlaridan zamburuyelar va boshqa mikroorganizmlarni hamda yuksak tuzilgan koʻp hujayralilar hujayralarini oʻstirishda ham foydalaniladi. Zamonaviy M. bir qancha mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat (texnik) M. ogʻir, yengil va, asosan, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan zararkunanda hamda oziq mahsulotlarini ishlab chiqarish da foydalaniladigan mikoorganizmlarning faoliyati va biologik xususiyatlarini oʻrganadi. Sanitariya M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar sifatini nazorat qilish, kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlar tarqalishining oldini olishdan iborat. Umumiy M. mikroorganizmlar morfologiyasi, fiziologi-yasi, biokimyosi, genetikasi, sistematikasi va ularning tabiatdagi ahamiyatini oʻrganadi. Yashash muhitiga koʻra umumiy M. tuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik M.ga ajratiladi. Tuproq, yaʼni qishloq xoʻjaligi M.si tuproq mikroorganizmlari tarkibini, ularning oʻsimliklar qoldigʻini oʻzlashtirishda va oʻsimliklar paraziti sifatidagi ahamiyatini oʻrgatadi. Ekinlarning mikroorganizmlar paydo qiladigan kasalliklariga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashning mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi. Geologik M. mikroorganizmlarning geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini oʻrganadi. Suv M.si shoʻr va chuchuk suv mikroflorasining son va sifat tarkibini oʻrganadi, ichiladigan suvning sifatini nazorat qiladi. 1965 yildan kosmik M. rivojlana boshladi. U bir hujayrali organizmlarning kosmik fazodagi hayot faoliyatini oʻrganmoqda. M. obʼyektlari va jarayonlaridan zamonaviy texnologik M., yaʼni biotex-nologiyada keng foydalaniladi. Zamonaviy M. mustaqil metodologiyaga ega boʻlgan, lekin oʻz tadqiqotlarida fizikkimyoviy biol., sitologiya, genetika va boshqa fanlar qoʻlga kiritgan yutuqlardan foydalanadigan mustaqil fan hisoblanadi. Oʻzbekistonda mikrobiologik tadqiqotlar 20—30-yillardan boshlandi. 1947 yilda Oʻzbekiston FA Zoologiya va botanika institutlari qoshida mikrobiologiya lab. tashkil etildi. Lab.da tuproq unumdorligini oshirish, silos tayyorlash, oqova suvlarni tozalash, oʻsimlik va hasharotlarning virus kasalliklari ustida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar, ayniqsa, 1977 yilda Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya i.t. instituti tashkil etilganidan soʻng kengayib ketdi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mikroflorasini aniqlash va oʻrganish (M. E. Mavloniy), vino tayyorlashda foydalaniladigan achitqilar sifatini yaxshilash (X. Abdurazzoqova, N.B.Egamberdiyev, Sh. I. Hakimova), mikroorganizmlardan oʻsimlik qoldiqlari va sanoat chiqindilaridan yem-xashak tayyorlashda foydalanish (J. Toshpoʻlatov, T. D. Jamolov), mikroorganizmlar orasidagi antagonistik munosabatlarni va ular ishlab chiqaradigan antibiotiklarni oʻrganish, ulardan oʻsimliklarni himoya qilishda, chorvachilikda (S. A. Asqarova, S. M. Hojiboyeva, M. Q. Qutliyev, S. B. Boʻriyev) foydalanish hamda sabzavot, poliz, texnika va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining bakteriya, zamburugʻ va viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklari (Ye. T. Dikasova, M. I. Isamuhamedov, A. H. Vahobov) ustida keng miqyosda tadqiqot olib borildi. Bir vaqtning oʻzida mikroorganizmlarning geokimyoviy faoliyatiga oid ishlar amalga oshirildi. Tarkibida oltin, mis va boshqa elementlar kam boʻlgan rudalardan elementlarni mikrobiologik yoʻl bilan ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi (P. T. Malaxova, M. F. Sagdiyeva). Qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni mikrobiologik usul yordamida tozalash (J.Q. Qutliyev, R. Sh. Shoyoqubov, S. B. Boʻriyev), gen va hujayra muhandisligi usullari yordamida yengil va oziq-ovqat sanoatlari, qishloq xoʻjaligi va farmakologiya uchun zarur boʻlgan oqsillar, fermentlar, vitaminlar, biologik oʻgʻitlar sintez qilish, shifobaxsh sutqatiq tayyorlash biotexnologiyalari joriy qilindi (A. F. Xolmurodov, A. S. Rasulov, P. Yu. Yusupov, I. J. Jumaniyozov, T.F. Gʻulomova, D. K. Ogay). Bu tadqiqotlar tufayli virus — zamburugʻ — oʻsimlik sistemasida zamburugʻning kasallik qoʻzgʻatish xususiyatidagi oʻzgaruvchanligini aniqlashda mikovirusning ahamiyati ochib berildi (J. Safiyazov). Mikroorganizmlarda fiziologik faol birikmalarning hosil boʻlishi va ularni ishlab chiqishni boshqarish yoʻllari oʻrganildi. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD) ishlab chiqaradigan mahalliy zamburugʻlar topildi va ular sintezining ayrim biokimyoviy mexanizmlari aniqlandi (A. F. Xolmurodov, T. Gʻ. Gʻulomova). Sellyupatik fermentlar preparati va oqsilga boy oziq moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqildi (K. D. Davronov, 3. R. Axmedova). Sianobakteriyalarni yemiradigan faglar aniqlandi (M. M. Murodov). 50 yillik tadqiqotlar natijasida Oʻzbekistonda birinchi marta mintaqaviy mikroorganizmlar kolleksiyasi yaratildi. T i b b i yo t M.ning rivojlanishi A. G. Grekov nomi bilan bogʻliq. Uning bevosita ishtirokida Toshkent harbiy gospitali qoshida birinchi bakteriologik lab. (1917), Oʻlka bakteriologiya instituti (hozirgi Vaksina va zardoblar instituti) tashkil etildi (1918). M.ning zamonaviy muammolarini ishlab chiqishga A. O. Obidov, I. M. Muhamedov, M. A. Mirzayeva, L. G. Bajenov, X. I. Ishoqova, E. X. Eshboyev, N. A. Nuraliyev va boshqa katta hissa qoʻshmoqdalar. Veterinariya M.si sohasidagi tadqiqotlar Oʻzbekiston Veterinariya institutida olib boriladi. In-tda samarali faoliyat koʻrsatgan Sh. T. Rasulov (qoramollarning trixofitiya — qoʻtir kasalligi), I. N. Nevskiy, A. A. Volkova, P. A. Apollosova, P. B. Boboyev, G. N. Nosirov, I. A. Mazitov (qoʻylarning anaerob va salmonellyozli, virusli abortlari), N. K. Siddiqov, I. D. Burlitskiy, M. B. Boboyeva, A. N. Axmedov (mollarning kolibakteriozi, parrandalarning pasterellyoz, pulloroz, tif va boshqa yuqumli kasalliklariga qarshi veterinariyasanitariya tadbirlari), N. Mamatov (hayvonlarda quturish kasalligiga karshi vaksina yaratgan), X. Salimov (qoramollarning leykoz kasalligi diagnostikasi, unga qarshi kurash vositalari) kabi olimlar veterinariya M.si rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Abdurasul Vahobov, Egamberdi Eshboyev, Hoshim Nurmamatov. Mikrobiologiya ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda tirik mavjudodning shaklnini, katta-kichikligini, o‘sishini hayot kechirish jarayonlarini turli xil usullar yordamida o‘rganadigan fandir. Mikrobiologiya fanining tarmoqlariga kelsak, bu mikroorganizmlar tarqalishi, hayot kechirish tarzi qanday jarayonlardan iboratligidan kelib chiqadi. Chunki mikroorganizmlar havoda, suvda, tuproqda, o‘simliklarda, hayvonlarda, odamlarda mavjud. Ana shu mikroorganizmlar yashash tarzi davomida juda keng ko‘lamdagi foydali ishlari ham juda xunuk oqibatlarga olib keladigan zararli ishlarni ham amalga oshira oladilar. Shuning uchun hamma mikroorganizmlarni bir xilda yondoshmasdan alohida tarmoqlari bo‘yicha o‘rganish samaralidir. Shu sababdan ham texnik (sanoat) mikrobiologiyasi, suv mikrobiologiyasi geologik mikrobiologiya tibbyot mikrobiologiyasi, sanitariya mikrobiologiyasi, chorvachilik mikrobiologiyasi, tuproq yoki qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi kabi tarmoqlarga ajratilgan.
Texnik (sanoat) mikrobiologiyada – pivo pishirish, vinochilik, nonvoychilik, qishloq va boshqa sut maxsulotlarini ishlab chiqarish. Shuningdek sut kislota, moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oqsil, vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori-darmonlar va xokazolarni olishda ham mikroorganizmlardan foydalanish usullari o‘rganiladi.
Suv mikrobiologiyasida – okean, dengiz, daryo, ko‘l, suv xavzalari, ariqlar suvi, botqoq yerlardagi mikroorganizmlar tarqalishi va xillarini o‘rganadi. Sanoatda ishlatiladigan suv (oqova suv) tarkibidagi zaxarli chiqindilarni tozalash yo‘llarini, suv hayvonlariga ozuqa zaxirasini tayyorlashda mikroorganizmlardan foydalanish usullarini va boshqa ko‘p muammolarni o‘rganadi. Ichimlik suvlarini tozalash ham shu soxa bilan uzviy bogliqdir.
Geologik mikrobiologiyada – tog jinslari yemirilishlarida mikroorganizmlar faoliyati, turli xil madanlarning hosil bo‘lishida, madanlardan metallarni ajratib olishda, foydali qazilmalar hosil bo‘lishidagi mikroorganizmlarning faoliyatlarini o‘rganiladi.
Tibbiyot mikrobiologiyasida – turli xildagi yuqumli kasalliklarni keltirib chiqazuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyati va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqarish muammolarini o‘rganiladi.
Chorvachilik mikrobiologiyasi – bunda qishloq xo‘jaligi hayvonlarida kasallik tugdiruvchi mikroorganizmlar bilan kurashish chora- tadbirlari ustida, teri, mo‘yn mikroorganizmlari, hayvonlarning ovqat xazm qilish va turli organizmlaridagi mikroorganizmlar faoliyatini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgandir.
Sanitariya va epidemiologiya mikrobiologiyasi – bu soxa atrof muhitda insonlarga, hayvonlarga, foydali hasharotlarga zarar keltiruvchi turli xildagi mikroorganizmlarning tarqalishining oldini olish choralari bilan shugullanadi. Har xil usullar bilan shu kasallik tarqatuvchilarga va ularni keltirib chiqaruvchi manbalarga qarshi kurashadi.
Qishloq
xo‘jalik mikrobiologiyasi - qamrovi juda katta bo‘lgan fan soxalaridan biridir. Bunda faqatgina tuproqda mavjud bo‘lgan mikroorganizmlar xillari va biologiyasi bilan shugullanib qolmasdan, shu mikroorganizmlar bilan o‘simlik o‘rtasidagi, tabiatda atmosfera va tuproq o‘rtasidagi boglanishda mikroorganizmlar roli haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanishib chiqiladi. Tuproq mikroorganizmlarning turli-tumanligi, tuproq unumdorligini oshirishdagi roli, o‘simliklarning suvda erimaydigan moddalarni o‘zlashtirishdagi mikroorganizmlar ahamiyati ham shu soxaga taaluqlidir. Tuproqdagi mikroorganizmlarning azot almashinuvidagi, fosfor va oltingugurt birikmalarning, kaliy, temir va xokazo elementlari birikmalarning aylanishi va o‘simliklarga o‘zlashtiriladigan holatga o‘tishligini ham bilib olamiz. Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasida senaj, silos tayyorlashda, biologik faol moddalar hosil bo‘lishida, mikrobiologik ya’ni bakterial ugitlar tayyorlashda ham ishtirok etuvchi mikroorganizmlar turlari va faoliyati bilan tanishiladi. Shunga asosan tuproqni unumdorligini
oshirish va yuqori hosil olish maqsadida sanoatda bakteriologik o‘gitlar ishlab chiqarilishi masalalari ham o‘rganiladi.
Download 55.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling