Tayanch so‘zlar: boshoqli don ekinlari, suv, sug‘orish rejimi, nav, gidrogel, tuproq


Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari


Download 26.78 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi26.78 Kb.
#1631636
1   2   3   4   5   6
Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari:
Tadqiqotning maqsadi Boshoqli don ekinlarini ekish texnologiyasi va suvni ushlab turuvchi gidgogel bilan ekishda suv tejamkorligini baholash.


Tadqiqotning vazifalari:
- boshoqli don ekinlariga gidrogel qo‘llab ekilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga, hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri baholanadi;
- qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan yalpi hosilga nisbatan sarflangan suv miqdori hamda an’anaviy usullarga nisbatan suv tejalishi o‘rganadi;
- o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida o‘rganilgan va aniqlangan agrotexnologik usullarni iqtisodiy samaradorligini baholash;
- boshoqli don ekinlarini yetishtirishda tuproqqa gidrogelni qo‘llash suv sarfini me’yorlarini qo‘llash orqali yuqori hosildor, iqtisodiy samarador yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti sifatida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va gidrogel moddasi olingan.
Tadqiqodning predmeti sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yetishtiriladigan boshoqli don ekinlari gidrogelni qo‘llashning sarflangan suv miqdori hamda an’anaviy usullarga nisbatan suv tejalishi aniqlash hisoblanadi.
Olingan natijalar va ularning yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida boshoqli don ekinlarini suvni ushlab turuvchi gidgogel bilan ekishda suv tejamkorligi o‘rganilgan;
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida boshoqli don ekinlarini yetishtirishda hosilga nisbatan sarflangan suv miqdori hamda an’anaviy usullarga nisbatan suv tejalishi o‘rganildi;
boshoqli don ekinlarida gidrogel qo‘llab suv sarfi samaradorligini o‘rganilgan;
tuproq tarkibidagi samarador namlik zahiralarini ko‘payishiga bog‘liq xolda boshoqli don ekinlarining yuqori hosilini ta’minlovchi maqbul suvni ushlab turuvchi gidgogel me’yorlari belgilandi va iqtisodiy samaradorligi baholangan.

Download 26.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling