Tayanch so‘zlar: boshoqli don ekinlari, suv, sug‘orish rejimi, nav, gidrogel, tuproq
Tadqiqot ishining amaliy va ilmiy ahamiyati
Download 26.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi
- Qo`llanish sohasi: Qishloq xo‘jaligi Taklif va xulosalar
Tadqiqot ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Amaliy ahamiyati shundan iboratki, Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlariga suvni ushlab turuvchi gidgogelni qo‘llab, samarador namlik zahiralarini ko‘payish qonuniyatlarini aniqlash, umuman boshoqli don ekinlarini yetishtirishda hosilga nisbatan sarflangan suv miqdori hamda an’anaviy usullarga nisbatan suv tejalishi haqidagi bilimlarimizni boyitadi shiningdek suvdan oqilona foydalanish va uni saqlash usullarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitidagi fermer xo‘jaliklarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda turli me’yorlarda suvni ushlab turuvchi gidgogelni qo‘llashni tuproq tarkibidagi samarador namlik zahiralarini ko‘payishishining boshoqli don ekinlari o‘sishi, rivojlanishi va yuqori hosildorligini ta’minlovchi maqbul suvni ushlab turuvchi gidgogelni qo‘llash me’yorlari tartibini ishlab chiqilganligi bilan izohlandi. Shuningdek, boshoqli don ekinlarini yetishtirishda suvni ushlab turuvchi gidgogel turli me’yorda qo‘llagan holda tuproq tarkibidagi samarador namlik zahiralarini ko‘payishiga ta’siri o‘rganilganligi tadqiqotning ilmiy mohiyatini ochib beradi. Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish sohasida tuproqni himoyalovchi va resurs tejovchi tizimlar qo‘llanilishi evaziga tuproqda mikroflora va mikrofaunaning rivojlanishi, tuproq unumdorligining ortishi, eroziya jarayonining oldi olinishi, bundan tashqari, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqa resurslarni tejalishi natijasida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Qo`llanish sohasi: Qishloq xo‘jaligi Taklif va xulosalar: 1. Hozirgi kunda dehqon va fermer xo‘jaliklarida etishtirilayotgan эkinlar hosildorligining talab darajasida oshmasligiga sabablardan biri bu ekinlarning qurg‘oqchilikka chidamsizligi va erlarning sho‘rlanganligidir. 2. Sug‘orildadigan maydonlarda boshoqli don ekinlariga gidrogel qo‘llash orqali atmosfera yog‘inlaridan to‘la foydalanishni ta’minlab, mavsumiy sug‘orish me’yorini 20-25% ga qisqarishiga erishildi. 3. Lalmikor maydonlarda gidrogel qo‘llanilishi ekinlarning yog‘in miqdoridan to‘la foydalanishi hisobiga hosildorlikni 15-20% ga oshirishi aniqlandi. 4. Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish sohasida tuproqni himoyalovchi va resurs tejovchi tizimlar qo‘llanilishi evaziga tuproqda mikroflora va mikrofaunaning rivojlanishi, tuproq unumdorligining ortishi, eroziya jarayonining oldi olinishi, bundan tashqari, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqa resurslarni tejalishi natijasida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. of dissertation on the theme Download 26.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling