Tayanch tushunchalar: avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tasnifi, zamonaviy Office tizimlari, integrallashgan Office paketi


Download 0.99 Mb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1513782
  1   2
Bog'liq
13-ma\'ruza..

  • 1
  • 2

Tayanch tushunchalar: avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tasnifi, zamonaviy Office tizimlari, integrallashgan Office paketi.

  • Tayanch tushunchalar: avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tasnifi, zamonaviy Office tizimlari, integrallashgan Office paketi.
  •  Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tasnifi.
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) bugungi kunga qadar shu darajada ko‘p sohalarni o‘ziga qamrab oldiki, ularni turli belgilariga ko‘ra endi sinflarga ajratish mumkin, ya’ni, shunchaki dasturiy ta’minot sifatida va kasbiy faoliyat sohalarida qo‘llanilishi bo‘yicha.
  • Agar ATTga faqat dasturiy ta’minot sifatida qaraydigan bo‘lsak, u holda u umumiy holda quyidagi sinflarga ajratiladi: OS, MBBT, axborot qidiruv tizimlari, universal qobiq dasturlar, dasturlash tizimlari.
  • Agar AATni turli kasbiy sohalar uchun xizmat qiladigan bir qismiy tizim sifatida qaraydigan bo‘lsak, u holda uni umumiy holda quyidagi sinflarga ajratish mumkin, ya’ni:
  • Office miqyosidagi AAT;
  • Ta’lim jarayonlarini boshqarishga oid AAT;
  • Texnologik jarayonlarni loyihalashga oid AAT;
  • Texnologik jarayonlarni boshqarishga oid AAT;
  • Intellektual qaror qabul qilishga oid AAT;
  • Qonunshunoslikka oid AAT;
  • Elektron tijorat sohasiga oid AAT;
  • Elektron hukumat sohasidagi AAT;
  • Kutubxona va arxiv ishlari uchun AAT;
  • Geografik AAT;
  • Korporativ-integrallashgan AAT va hk.

Zamonaviy Office tizimlari.

  • Zamonaviy Office tizimlari.
  • Office miqyosida ishlatiladigan AATlar zamonaviy Office tizimlari deb ham yuritiladi. Zamonaviy Office tizimlarini avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining majmui deb qarash mumkin, chunki ular Integrallashgan Office paketi deb ataluvchi maxsus dasturiy mahsulotlar jamlanmasi ko‘rinishida taqdim etiladi.
  • Zamonaviy Office tizimlari uni tashkil etuvchi dasturiy vositalar asosida ish yuritishga oid turli texnologiyalarni yagona jarayonga umumlashtirish, qog‘ozsiz texnologiyadan samarali foydalanishni tashkil etish, bir tashkilot tarkibidagi turli kasbiy soha vakillari faoliyatini avtomatlashtirishning yagona tizimini yaratish, lokal va global tarmoqlarda axborotdan jamoa tarzida foydalanish imkoniyatini yaratish kabi xilma-xil funksiyalarni amalga oshiradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling