Таянч тушунчалар: Педагогик кадрлар, касбий малака, педагог кадрларнинг касбий малакаси, педагогик кадрлар малакасига қўйиладиган талаблар, таълим жараёнининг дидактик моҳияти, таълим парадигмалари, педагогик тадқиқот методлари


Download 10.01 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi10.01 Kb.
#1835981
  1   2
Bog'liq
2-mavzu AYQEQ (1)

  • Мavzu: AVTOMOBIL YO‘LLARINI EKSPLUATATSIYA
  • QILISHGA TIZIMLI YONDASHISH
  •  REJA
  • 1.“Haydovchi-avtomobil yo‘li-transport oqimi - atrof-
  • muhit” kompleksining o‘zaro ta’sir modeli.
  • 2. “Yo‘l sharoiti-transport oqimi” tizimini boshqarish
  • modeli.
  • 3. Yo‘llarni ekspluatatsiya qilishni boshqarish.
  • 4.Qoplamaning ravonligi va g‘abir-budirligi.
  • 5.Avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan o‘zaro ta’siri
  • va qoplama yuzasi ko‘rsatkichlariga qo‘yilgan talablar.
  • Avtomobil yo‘llarida turli markadagi transport vositalari harakatlanish jarayonida yo‘lning texnik toifasi, yo‘l to‘shamasi, tabiiy hududda joylashuvidan kelib chiqqan holda “Haydovchi-avtomobil yo‘li-transport oqimi - atrof-muhit” kompleksining o‘zaro bog‘liqligi qabul qilingan.
  • Bu bog‘liqlikni o‘rganish natijasida har bir faktorni alohida yoki umumlashgan holda o‘zaro ta’sirini o‘rganish orqali loyihaviy va me’yoriy hujjatlarni yaratishga asos bo‘ldi.
  • Avtomobil transportidan foydalanish tizimining
  • tarkibiy shakli.
  • Bu faktorlarni bo‘laklab o‘rganish ya’ni 1 va 2 haydovchi va avtomobil oqimi, 3 va 4 haydovchi va avtomobil yo‘li, 5 va 6 haydovchi va tashqi muhit, 7 va 8 avtomobil oqimi va yo‘l, 9 va 10 yo‘l va tashqi muhit, 11 va 12 avtomobil oqimi va tashki muhit.
  • Ushbu faktorlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish orqali transportdan foydalanish jarayonidagi turli xil muammolarni echimini ishlab chiqish va bartaraf etishda katta egamiyatga egadir.
  • “Tashqi muhit-Haydovchi” faktorlarning bog‘liqligi bilan transport oqimi jarayoning axborot olish modeli hisoblanib, haydovchilarni harakat qatnovi sharoitiga moslashuvida psixofiziologik o‘zgarishlariga asoslanadi.
  • “Haydovchi-avtomobil” haydovchining fiziologik imkoniyatlari va avtomobilning ijrochi mexanizmlar monandligiga tayangan modelini tashkil qiladi.
  • Haydovchi tashqi muhit ta’siridan xabardor bo‘lgan holda xavfsiz harakatni ta’minlaydi.
  • “Avtomobil-Yo‘l” bog‘liqligi transport vositalarining yo‘l to‘shamasi bilan uzviy muloqatidagi mexanik modelini tashkil qiladi.
  • Bu bog‘liqlikni o‘rganishdan maqsad yo‘l to‘shamasiga kuch ta’sir etganida uning mustahkamligi va ishlash muddatini o‘zgarishligi to‘shamada paydo bo‘ladigan holat o‘zgarishlari, yo‘lni saqlash va undan foydalanishda turlicha tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
  • “Tashqi muhit-Yo‘l” bog‘liqligi murakkab vazniy harorat almashuv modelini tashkil etib –harorat tartibida yo‘lga ta’sirini aniqlashga asoslanadi.
  • “Avtomobil-Yo‘l” bog‘liqligi yo‘lning ayrim notekisliklari natijasida kutilmaganda noxushliklar sodir bo‘lib avtomobilning ayrim qismlarida murakkablashgan tebranish jarayonlari sodir bo‘ladi.
  • “Haydovchi-Avtomobil” bog‘liqligida yo‘lda harakatlanish sharoitlarini haydovchining ish unumdorligiga ta’sirini o‘rganishga imkoniyat yaratib beradi. “Tashqi muhit-Avtomobil” bog‘liqligi avtomobilning mustahkamligi va turli iqdim sharoitlarida ishlay olishligini o‘rganishga qaratilgan. Tabiiyki bu faktorlar o‘zaro turli darajada bog‘langan bo‘lib, asosiylari “Tashqi muhit-Haydovchi”, “Avtomobil-Yo‘l” va “Tashqi muhit-Yo‘l” hisoblanib, avtomobil yo‘llaridan foydalanishda nazariy echimning asosi hisoblanadi.
  • “Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l-Muhit” tizimi faktorlarining o‘zaro ta’siri boshqariladigan jarayon bo‘lishi bilan birga, kompleksning umumiy faoliyati va uning alohida faktorlarini o‘zaro ta’siri ham boshqariladi.
  • “Yo‘l sharoitlari” sistemasining ekspluatatsion sifatlari ham boshqariladigan bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitidan qatiy nazar hisoblanadi. Yo‘lning transport-eksplutatsion tavsiflari loyihalash bosqichida aniqlanib, ekspluatatsiya jarayonida me’yoriy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash kerak.
  • Yo‘lning ravonligi yo‘l yuzasining tasnifi bo‘lib, noravonlik yoki haqiqiy yuzaning loyihadagi yuzadan og‘ishi bilan aniqlanadi. Bu og‘ish avtomobil o‘tayotganda uning g‘ildiraklari va kuzovi tebranishdan hosil bo‘ladi. Bo‘ylama va ko‘ndalang ravonliklarga ajratiladi.
  • Qoplamada noravonlik hosil bo‘lishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
  • transportning yuqori yuklamasi;
  • yo‘l to‘shamasi etarlicha mustahkam emasligi va siljishining chidamsizligi;
  • sifatsiz materiallarning qo‘llanishi;
  • qurilishda qoplama ravonligi talablarining buzilishi va yo‘l poyi hamda yo‘l to‘shamasini qurish ishlarining sifati yomonligi;
  • suvni chetlatish ta’minlanmaganligi va ko‘pchish hosil bo‘lishi;
  • iqlim omillarining ta’siri;
  • qoplamaning eyilishi;
  • qoplamaning deformatsiyalanishi va buzilishi va bu nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi.
  • Qoplamaning noravonligi quyidagilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi:
  • harakat tezligiga;
  • avtomobillarning ish unumdorligiga;
  • tashish tannarxi va xarakat xavfsizligiga.
  • Avtomobillarning tebranish ta’siriga ko‘ra, noravonlikni uchta guruhga ajratish mumkin:
  • makronoravonlik;
  • mikronoravonlik;
  • g‘adir-budurlik.
  • Makronoravonliklar to‘lqinlari uzunligi 5 m va o‘zgarishlarga qaramay yakuniy natijalar (ish unumdorligi, yo‘lning o‘tkazish va tishlashish qobiliyatiga, tashish tannarxiga, harakatni qulaylik va xavfsizligiga) har qanday iqlim sharoitida ta’sir etishi mumkin.
  • Mikronoravonliklar yuzaning mikroprofilini yuzaga keltirib, 10 sm dan 50 m gacha uzunlikdagi noravonliklardan tashkil topadi. Bu noravonliklar avtomobilga sezilarli tebranishlarni hosil qiladi.
  • G‘adir-budurlik 10 sm gacha uzunlikdagi to‘lqinli noravonliklardan iborat bo‘lib, avtomobilga past chastotali tebranishlarni hosil qilmaydi, chunki ularning ta’sirini shinalar yutib yuboradi. shuning uchun ravonlikni tahlil qilishda g‘adir-budurlik hisobga olinmaydi.

Download 10.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling