Tayanch tushunchalar Psixika
Download 15.59 Kb.
|
psixologiya atamalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental psixologiya
- Muhandislik psixologiyasi
- Tibbiyot psixologiyasi
Tayanch tushunchalar Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), sub'ekt tomonidan ob'ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini sub'ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Eksperimental psixologiya- eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o’tkazish asosiy rol o’ynagan. Mehnat psixologiyasi - insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat psixologiyasining ob'ekti ishlab chiqarishda va mehnatda shaxsning faoliyati, uni ishdan bo’sh vaqtining, dam olishining ishlab chiqarishga ta'sirini ham tekshirgan. Aviatsiya psixologiyasi - aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat faoliyatida kechuvchi psixologik qonuniyatlarni o’rganadi. Aviatsiya psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson psixikasining rolini tekshirishdan iborat. Aviatsiya psixologiyasi ob'ekti shaxs faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning hart-sharoitlari hisoblanadi. Muhandislik psixologiyasi - inson va mashina o’rtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik ta'sirini va insonning mashina bilan munosabati jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari yordami bilan o’rganuvchi psixologiya sohasi. Kosmik psixologiya - vaznsizlik va bo’shliqda aniq mo’ljal ola bilmaslik sharoitida, organizmda juda ko’p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro’y beradigan nerv-psixologik zo’riqish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Ekstremal psixologiya - insonning o’zgargan muhit hart-sharoitlarida psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi. Ekstremal sharoitda insonga bir qancha faktorlar ta'sir qiladi: monotoniya, makon o’zgarishi, xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o’zgarishi, yolg’izlik, guruhiy izolyatsiya va hayotiy xavf. Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta'lim muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o’rganadi. Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal su'atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual psixologik farqlarini o’rganishga qaratilgan edi. Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o’zlashtirishda, ularning yangi ko’rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta'sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya'ni ontogenezni o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo’lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabiga binoan bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qo’llanilgan. Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug’ma yoki keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta'siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot qilish sohasi. Uning bir necha bo’limlari hukm suradi: patopsixologiya-rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, psixikaning tamoman izdan chiqishi hollarini o’rganuvchi soha; oligofrenopsixologiya-psixik rivojlanishning miyadagi tug’ma asoratlar bilan bog’liq patologiyasi to’g’risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha; Qiyosiy psixologiya- psixologiyaning murakkab bo’limlaridan biri bo’lib, psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan sohasi. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, ularning xulq-atvoridagi o’xshashliklar va tafovutlar sabablari tekshiriladi, harakatlantiruvchi kuchlar, ta'sir o’tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. Download 15.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling