Tayanch tushunchalari: Metafora – grekcha «ko’chirma»


Download 29.29 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi29.29 Kb.
#1049103
1   2   3
Bog'liq
shaxzoda mano

Daraxt nima uchun kerak?

a) soya soladi;

b) meva beradi;

v) yog`och beradi... Mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, ya’ni vazifasi.

Nutqiy hosilalarning mazmuni turli nutqiy sharoitda qanchalik xilma - xil bo`lmasin, ma’lum bir lisoniy umumiylik ma’nosining tajallisidir. Masalan, bir oddiy piyola ham ichish quroli, ham o`lchov andazasi, ham aylana chizish mumkin... Lekin piyolaning umumiy mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo`ljallangan o`zbek milliy ro`zg`or buyumi. Ongimizda piyola mana shunday yashaydi. Chunki "nutqdagi xususiy ma’nolar lisondagi umumiy ma'nolarning tajallisi" [1,11;]. Umumiy ma’no ma’lum bir fonema, morfema, leksemaning paradigmadagi o`rni,mavqeidan ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy ma’no shu leksemaning o`zi munosabatdosh bo`lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. "Ota" leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMsi o`shandan ochiladi:

/bobo/: /buvi/

/ona/ : /ota/

:

/bola/



:

/nevara/ :

Ushbu paradigmadan "ota" so`zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi UGM s e m e m a deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma’lum bir umumiylikni o`ziga o`xshash va farqli umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin.

Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari.

[-lar] ning XGMlari:

a) ko`plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.);

b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi;

d) bog`liqlik va o`xshashlik - Avvalgi sarvigullar o`qishni tugatishdi (Sh. Yul.);

e) taxmin - Soat beshlarda keldi;

f) kuchaytirilgan ma’no - Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim... (U. Azimov).

[o] shakl XGM lari:

a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo`ladi (A.O.);

b) ko`plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko`plik); U qishloqda uch - to`rt kun qoldi (noaniq ko`plik);

d) birlik ifodalash - bunda ko`rsatish olmoshlari, "bir" so`zi ko`proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta... (O.Matjon).

Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko`rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo`linuvchan/ bo`linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─ bo`linmas va aniq/ noaniq miqdor ifodalash.

Bo`linuvchanlik/ bo`linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko`rib o`tdik. "Qovunlar" degan so`zshakli bir necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so`zshakli bir to`plamni ifodalaydi va u bir necha alohidaliklarga bo`linadi. "Ahmadlar" deganda Ahmad va unuing o`rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Ya’ni Ahmadlar bir to`plamni ifodalaydi va bu to`plam bo`linuvchan. "Suvlarni stolga qo`ydi" deganda kola, mineral suvlar... tishuniladi. "Toshkentlarni kezib chiqdi" so`zshakl Toshkentni bo`lib beryapti, tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim" misrasida til, gap, so`z, og`iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va "ishchilar sinfi"; "o`qituvchi odati" va "o`qituvchilar odati" kabi so`z birikmalarida birlik va ko`plik son ma’nolari yaqinlashsa ham, orasida nozik farq bor. "Ishchilar"da sifatiy bo`linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik ma’nosi ko`proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko`plik son ko`plik sonning bo`linuvchanlikni ta’kidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko’rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan hamisha noaniq miqdoriy ko`plikni ifodalovchi ko`plik son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol ustida to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma’no voqelangan: Kitoblar so`zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang:




Download 29.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling