Tayanchlar va ularning turlari. Reja


Download 18.74 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi18.74 Kb.
#1767486
Bog'liq
Tayanchlar va ularning turlari.


Tayanchlar va ularning turlari.
Reja:
1.Tayanchlar
2.Tayanchlar va ularning turlari
3.Tashqi yuklar va ularning turlari

Inshootlarni asos bilan biriktiruvchi va ularning ko`chishini cheklovchi qurilmalar tayanchlar deb ataladi. Tayanchlar fazoviy konstruktsiyalar hisoblanadi, lekin yassi sistema deb qaralayotgan inshootlarda tayanchlar ham ularning yassi tashkil etuvchi bo`laklari deb qabul qilinadi. Yassi sistema tayanchlari uch guruhga bo`linadi:


Sharnirli qo`zg’aluvchan tayanch (1.6 – rasm a). Bunday tayanch kinematik nuqtai nazardan sistemaning sharnir A markaziga o`q atrofida erkin aylanishiga va gorizontal ko`chishiga imkon beradi. U faqat vertikal ko`chishga qarshilik ko`rsatadi. Statik nuqtai nazardan, bu tayanchda faqat ko`chishga qarshilik ko`rsatilayotgan
Qo`zg’almas sharnirli tayanch (1.7 – rasm, a). Bunday tayanchlar vertikal va gorizontal yo`nalishlarda ko`chishlarni cheklaydi. Qo`zg’almas sharnirli tayanchlarning konstruktsiyasi faqat A sharnir markazidan o`tgan o`q atrofida sistemaning erkin aylanishiga imkon beradi. Bu tayanchlarda, statik nuqtai nazardan sharnir A markazidan o`tuvchi tayanch reaktsiyasi hosil bo`ladi. Uni vertikal  va gorizontal tuzuvchilarga ajratish mumkin. Qo`zg’almas sharnirli tayanchning sxematik tasviri

  • Qistirib mahkamlangan tayanch. Bunday tayanchlar, kinematik nuqtai nazardan inshootning qistirib mixlangan kesimining chiziqli va burchakli ko`chishlariga qarshilik ko`rsatadi. Qistirib mahkamlangan tayanchlarda, statik jihatdan vertikal va gorizontal tuzuvchilarga ajraluvchi reaktsiya kuchi bilan reaktiv moment hosil bo`ladi. Reaktiv moment qistirma moment deb ataladi.
    Inshootga qo`yilgan tashqi kuchlar, uni harakatlantirishga intiladi, lekin bunday harakatlanishga tayanchlar yo`l qo`ymaydi. Natijada, tayanchlarda reaktsiyalar vujudga keladi. Tayanch reaktsiyalarning miqdori va yo`nalishini aniqlashda, tayanchlarni fikran olib tashlab, ularning inshootga ta`siri V, H va M reaktsiyalar bilan almashtiriladi. So`ngra tashqi kuchlar va tayanch reaktsiyalar ta`siridagi inshootni muvozanatda turgan sistema deb qarab, statikaning muvozanat tenglamalari yoziladi:   0 ,   0 ,   0 . bu tenglamalarni echib, uchta noma`lum tayanch reaktsiyalarni topish mumkin.
    TASHQI YUKLAR VA ULARNING TURLARI

  • Inshootga ta`sir qilayotgan aktiv tashqi kuchlar yuklar deb ataladi. Yuklarni uchta asosiy gruppaga bo`lish mumkin. Foydali yuklar — inshoot qabul qilishi lozim bo`lgan yuklar. Bularga misol qilib odamlar, asbob-uskunalar, avtomobillar, poezdlarning og’irligi, to`g’onlardagi suvning bosimi va shunga o`xshashlarni kiritish mumkin. Foydali yuklarning belgilangan miqdori normalar va texnik shartlardan olinadi.

  • Inshootlarning og’irligi. Inshootni hisoblayotganda foydali yuklar qatorida uning o`z og’irligini ham e`tiborga olish kerak.

  • Qor va shamol (atmosfera) yuklari. Bu yuklar miqdori mamlakatimizning territorial tabiiy sharoitlarini va inshoot shaklini hisobga oluvchi normalarda berilgan bo`ladi.
    Inshootlarga ta`sir etuvchi yuqorida qayd etilgan yuklar sirtqi va hajmiy yuklarga bo`linadi. Inshoot sirtining bir qismiga yoki hammasiga ta`sir kilayotgan kuchlar sirtqi yuklar deb ataladi. Inshootning barcha ichki nuqtalariga ta`sir qiluvchi kuchlar xajmiy yuklar deb ataladi. Bu yuklar inshootning butun xajmi bo`yicha taqsimlangan bo`ladi. Yuklarning qo`yilishiga ko`ra, ular to`plangan va taralgan (yoyilgan) bo`ladi. Inshootning o`z o`lchamlariga nisbatan uning juda kichik sirtiga ta`sir qiluvchi kuchlar to`plangan yuklar deyiladi. Bunday yuklarga ustunlar, to`sin va sho`nga o`xshash elementlarning asoslariga bo`lgan bosimlari kiradi. Bu bosimlar uncha katta bo`lmagan yuzalar orqali uzatiladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun bunday kuchlar bir nuqtaga qo`yilgan deb faraz qilinadi.To`plangan kuchlar tonna (t), kilogramm (kg) yoki n’yuton (N), kilon’yuton (kN) hisobida o`lchanadi. Inshoot sirtidagi yuzaning biror qismiga yoki undagi chiziqning biror qismi bo`yicha ta`sir qilgan kuchlar taralgan (yoyilgan) yuklar deb ataladi. Masalan, bino tomidagi qor bosimi shu tom yuzasi bo`ylab yoyilgan bo`ladi. Binolarning qavatlari orasidagi rigellar ustiga qo`yilgan yuklar uning o`qi bo`ylab taralgan deb kabul qilinadi. Taralgan yuklarning intensivligi inshootning yuzi yoki uzunlik birligiga to`g’ri kelgan miqdori bilan xarakterlanadi.
    Yuza bo’yicha taqsimlangan yuklar t/m2 yoki kN/m2 bilan, uzunlik bo`yicha taqsimlangan yuklar esa t/m yoki kN/m bilan o`lchanadi. Yuklarning intensivligi uzunlik yoki yuza bo`yicha o`zgarmas bo`lganda ular tekis taralgan yuklar deyiladi. Yuklar ta`sir kilish vaqtiga ko`ra doimiy va muvaqqat yuklarga bo`linadi. Doimiy yuklar inshootga doim ta`sir qilib turuvchi yuklardir. Masalan, temir yo`l ko`prigining o`z og’irligi doimiy yuk, uning ustidan o`tayotgan poezdning og’irligi esa muvaqqat yuk bo`ladi. Yuklar inshootga ta`sir kilish harakteriga ko`ra: statik va dinamik bo`ladi. Inshootga yuk asta-sekin qo`yilib, eng katta qiymatiga etkazilsa, u statik yuk deyiladi. Inshootga kuch statik ravishda ta`sir etsa, uning qismlarida hech qanday inertsiya kuchi hosil bo`lmaydi. Agar inshootga qo`yilgan yuklar ta`siri natijasida uning qismlarida tezlanishlar hosil bo`lsa, ya`ni yuklar qisqa muddat ichida miqdor yoki yo`nalishi bo`yicha o`zgarib tursa, ular dinamik yuk deyiladi. Inshootga ta`sir qiluvchi yuklar qo`zg’almas va harakatlanuvchi yuklar gruppasiga bo`linadi. Qo`zg’almas yuklar inshoot ustida doimo bo`ladi (inshootning o`z og’irligi, asbob-uskunalarning og’irligi). Harakatlanuvchi yuklar esa inshoot bo`ylab ma`lum yo`nalish va chegarada harakatlanadi. Ularga, masalan: poyezd, avtomobil’, kran va shunga o`xshashlarning og’irligi kiradi. Inshootlar tayanchlarining cho`kishi va tashqi temperaturaning o`zgarishi natijasida ham ularga ta`sir etuvchi qo`shimcha yuklar hosil bo`lishi mumkin.
    Foydalanilgan adabiyotlar

    • Qurilish materiallari A.Odilxonov

  • Qurilish materallari vikipediya

Download 18.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling