Tashqaridan uyg'otiladigan o'zgaruvchan tok generatorining sxemasi.
0'z-o'zini uyg'otuvchi o'zgaruvchan tok generatorining sxemasi.
Shuning uchun oxirgi vaqtda ba'zi avtomobillarda (masalan, BA3-2110) o'z-o'zini uyg'otish prinsipiga asoslangan o'zgaruvchan tok generatorlari o’rnatilmoqda. Bu turdagi generatorlarda ( 1.22-rasm) uyg'otish chulg 'amiga tok akkumulatordan kelmasdan, baiki quvvati uncha katta bo'lmagan, uch dioddan tuzilganva stator chulg'amlari bilan to'g'rilagich diodlari tutash gan nuqtalarga ulangan qo'shimcha uyg'otish zanjiridan keladi. O'z-o'zini uyg'otuvchi generator me'yorda ishlashining asosiy sharti rotor 0'zaklarining qoldiq magnetizm xususiyatgaega bo’lishi va uyg'otish zanjiri qarshiligining mumkin qadar kichik bo’lishidir. O'z-o'zini uyg'otuvchi generatorlaring stator chulg'amlarida dastlabki kuchlanish rotor o'zaklaridagi qoldiq magnetizm hisobigahosil bo'lgan magnit oqimi ta'sirida vujudga keladi. Qiymati katta bo'lmagan bu EYUK uyg'otish chulg'ami orqali o'tadi va uning atrofida magnit maydonini hosil qiladi. Bu magnit maydoni rotor o'zaklarining magnitlanganlik darajasini oshiradi, natijada rotor 0'zaklari atrofidagi magnit oqim kuchayadi, bu esa, o'z navbatida, generatorning stator chulg'amlarida induksiyalanayotgan EYUK qiymati o 'sishiga olib keladi. Bujarayon uzluksiz davom etadi, natijada generator uyg'onib, ishga tushib ketadi.
O'z-o'zini uyg'otuvchi generatorlaring asosiy kamchiligi shundan iboratki, rotor
o'zaklaridagi qoldiq magnetizm ta'sirida hosil bo'ladigan magnit oqimining ancha sustligi, generator to la ishga tushishi uchun zarur bo Igan uyg'otish tokiga erishish uchun rotorning aylanishlar chastotasi nisbatan yuqori bo’lishi kerak. Bundan tashqari, uyg'otish zanjiri qarshiligining ozgina ortishi ham generator uyg'onishining ishonchlilik darajasini kamaytiradi. Shuning uchun uyg'otishning bu usuli qo'llangan ba'zi generatorlarda qo'shimcha, tashqaridan uyg'otish tadbiri ham ko'riladi.
To'g'rilagichning VD7, VD8 diodlardan tashkil topgan qo'shimcha yelkasi generatoning faza kuchlanishining o'zgarish shakli sinusoidadan farqli bo'lgan hollarda ishga tushadi.
Bu hol, yuqorida ko'rsatilgandek, generatoning yukiamasi ortishi bilan kuchliroq namoyon bo'ladi. Kuchlanishning o'zgarish shakli qanday bo'lishidan qat'iy nazar uni ma'lum sinusoidalar yig'indisi ko'rinishiga keltirish mumkin. Bu sinusoidalar uchinchi garmonikalar deb yuritiladi. Birinchi garmonikaning chastotasi faza kuchlanishining chastotasiga mos keladi, uchinchi garmonikaning chastotasi esa birinchisinikiga nisbatan uch marta yuqori bo'ladi (1.23-rasm). VD7, VD8 diodlar aynan uchinchi garmonika kuchlanishini to'g'rilaydi va generatoningm nominal quvvatini taxminan 12...15 % ga oshirish imkonini beradi.
Xulosa
Zamonaviy generatorlaring ba'zi turlarida, ulari quvvatini oshirish maqsadida, to'g'rilagich blokiga ikki dioddan tashkil topgan qo'shimcha yelka o’rnatilmoqda, . To'g'rilagichning bunday sxemasini stator chulg'amlaning faqat "yulduz" usuli bilan ulangan holda ishlatish mumkin,
Do'stlaringiz bilan baham: |