26 Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi javobda berilgan? A) g B) k C) ng D) q
27 Qaysi so‘zlarda ikki o‘rinda til orqa undoshi qatnashgan? A) gulqaychi, xalqum B) ko‘ngil, go‘llik C) g‘urrak, xayrixoh D) halovat, kabutar
28 Qaysi so‘zdagi nuqtalar o‘rnida jarangli, sirg‘aluvchi, lab-tish tovushi yozilsa ham, uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi? A) a..zal B) a..tomat C) ta..silot D) sha..qat
29. Qaysi qatordagi so‘zlarda bir sirg‘aluvchi til tovushi o‘rnida ikkinchisi aytilsa-da, asliga muvofiq yoziladi? A) bo‘..chi, i..tirob B) a..tomat, a..zal C) ta..charm, bar.. D) al..oz, a..zal
30. Monografiya so‘zida urg‘u tushgan bo‘g‘in qanday tovushlardan tashkil topgan? A) 1 ta undosh, 1 ta unli B) 2 ta undosh, 1 ta unli C) 3 ta undosh, 1 ta unli D) 2 ta undosh, 2 ta unli
31 Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha marta tovush almashish fonetik hodisasi yuz bergan? A) 1 B) 2 C) 3 D) tovush almashishi yuz bermagan
32 Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi. 1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 3) tovush ortishi A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
33 Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan nechta yopiq bo‘g‘in bor? A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta
34 Quyidagi gapda asosi bir bo‘g‘indan iborat so‘zlar sonini toping. Eldan ketib el bo‘lganni kim biladi? A) 4 B) 3 C) 5 D) 6
35 Quyida berilgan so‘zlarning qaysilarida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi? 1) texnika; 2) hamma; 3) daftar; 4) gulday; 5) vodorod
36 1) bajarmoq; 2) qo‘llamoq; 3) bildirmoq; 4) ko‘rilmoq; 5) turlamoq; 6) belgilamoq Berilgan qaysi so‘zlarda unlilarning og‘iz ochilish darajasiga ko‘ra barcha turi bor? A) 1, 4 B) 3, 4, 6 C) 1, 2, 5 D) 4, 6
37 Qaysi gapda faqat yuqori tor unlilar ishtirok etgan sodda ot kesim mavjud? A) Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik Sening ziyoratingga keldim, sultonim. B) Seni yotlar tugul hatto qilurman rashk o‘zimdan ham. C) Mening ko‘nglim gulning g‘unchasidek tah-batah qondur. D) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim.
38 Ona - u, bag‘rida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. (Mahmud Toir) Ushbu she’riy parchada qanday fonetik o‘zgarishlar uchraydi? A) tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi B) tovush almashishi, tovush ortishi C) tovush almashishi, tovush tushishi D) tovush ortishi, tovush tushishi
39 Quyidagi qaysi maqolda ochiq bo‘g‘in eng ko‘p ishtirok etgan? A) Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. B) Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor. C) Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. D) Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer.
Do'stlaringiz bilan baham: |