Taym menejment haqida tushuncha


Download 14.03 Kb.
bet3/4
Sana15.02.2023
Hajmi14.03 Kb.
#1200578
1   2   3   4
Bog'liq
Taym menejment haqida tushuncha

Muvozanat tamoyili/ Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yo‘li – chuqur nafas oling va «Qo‘limdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik bilan ro‘yxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar
ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz yetishiga ishonch hosil qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, o‘z vaqtida to‘xtamasangiz, u payt poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador bo‘lish uchun taym-menejementning o‘zi kamlik qiladi. Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko‘p bo‘lishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o‘tkazadigan vaqtingizni belgilab oling.
Ish vaqtini tanqisligi sabablari Ish vaqtini tanqisligi bu ish vaqtini to‘g‘ri rejalashtishtirmasligi, boshqaruvchilarning ish vaqtini to‘g‘ri tashkil qilmasligi natijasida yuzaga keladigan vaqt yetishmovchiligi. Bu esa ishni cho‘zilishiga, ihbajarilgan ishni sifatsizligiga, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Boshqaruvchiga vaqti yetishmasligi haqiad quyidagilardan bilish mumkin.

  • Bugunga ish rejasini tuzilmaganlgi

  • Boshqaruvchi yordamchisi o‘z raxbarini kun rejasini bilmasligi

  • Mutaxasisni bandligi sababli ish xatlariga javobni vaqtida bermasligi

  • Shaxsiy qo‘ng‘iroqlar, ishchini xayolini buzadigan mehmonlar

  • Menejer o‘z ishchilarini ishlarini o‘zi bajarishi

  • Har kungi ishlar asosiy ishni bajarishga xalaqit berishi

  • Ishni shoshilinchlik bilan bajarish tez charchashga olib kelishi.

Ish vaqtini tanqisligini asosiy sabablari:

  • Rejasizlik

  • Xodimni o‘z lavozimiga to‘g‘ri kelmasligi

  • O‘z qobiliyatini, ish tezligini noto‘g‘ri baholash

  • Xodimni shaxsiy missiyasi yo‘qligi

  • O‘z talablarini nazorat qilishni bilmaslik

  • Ish motivatsiyasini kamligi


Download 14.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling