Burg‘ilashda ishlatiladigan tozalash agentlari
Download 19.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqburg\'ilash yuvish eritmalari
BURG‘ILASHDA ISHLATILADIGAN TOZALASH AGENTLARI 9.1-§. Yuvish suyuqliklarining turi va ahamiyati Aylanma burg‘ilash usulida quduq zaboyida tog‘ jinslari parchalanadi, buning natijasida zaboyda ko‘p miqdorda shlam hosil bo‘ladi va shu bilan birga jinslarni parchalovchi asboblarning harorati ortadi. Zaboyda yig‘ilgan shlam burg‘ilash snaryadining aylanishiga xalaqit beradi va uning natijasida avariyalar yuz berishi mumkin. Jinslarni parchalovchi asboblarning qizib ketishi ham avariyalarga olib kelishi mumkin (koronkaning erib ketishi, mexanik sinishi, koronkadagi olmoslarning grafitlanishi va h.k.). Burg‘ilash jarayonida quduqni shlamlardan tozalash va jinslarni parchalovchi asboblarni sovitish uchun nasos yordamida quduqqa yuvish suyuqligi haydaladi. Burg‘ilash quvuri orqali zaboyga haydalgan yuvish suyuqligi burg‘ilash koronkasini sovitadi va maydalangan jinslarni yuqoriga chiqaradi. Bundan tashqari, yuvish suyuqligi quduq devorlariga gidrostatik bosim berib, uning mustahkamligini oshiradi, gil eritmasi ishlatilganda esa quduq devorlarida gil qatlami hosil qiladi. Yuvish suyuqliklari quduqqa ikkita turdagi sxema bilan haydaladi. 1) to‘g‘ri yuvish sxemasi — bunda yuvish suyuqligi burg‘ilash snaryadi orqali zaboyga haydaladi va burg‘ilash quvurlari kolonnasi bilan quvur devori orasidagi halqali tirqish orqali yuqoriga ko‘tariladi; 2) teskari yuvish sxemasi — bunda yuvish suyuqligi burg‘ilash quvurlari kolonnasi va quduq devori orasidagi halqali tirqish orqali haydaladi va yuqoriga burg‘ilash snaryadi ichi orqali ko‘tariladi. Òo‘g‘ri yuvish sxemasi konstruktiv jihatdan amalga oshirilishi yengil bo‘lganligi va quvur ortida harakatlanayotgan yuvish suyuqligi quduq devorlarini ma’lum sharoitlarda qulab tushishi xavfining oldini olish mumkinligi uchun keng qo‘llanilmoqda. Òeskari yuvish sxemasi, asosan, mustahkam bo‘lmagan jinslarni burg‘ilashda ishlatiladi. Bu yuvish usulida yuvish suyuqligi kernga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etmaganligi tufayli u yuvilib ketmaydi. 182 Òurli geologik-texnik sharoitlarga qarab tozalash agenti sifatida turli suyuqliklar ishlatilishi mumkin: oddiy suv, gil eritmasi, to‘yintirilgan sho‘r eritmalar, polimer va emulsion eritmalar va h.k. Gil eritmalari suspenziyalarga yoki kolloid sistemalar qatoriga kiradi, qattiq fazalarning dispers (maydalanganligi) lik darajasiga ko‘ra bu eritmalarda gil dispers faza, suv esa dispersion muhit hisoblanadi. Suspenziyalar nisbatan yirik, qattiq zarrachalardan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlari 10 dan 0,1 mkm gachani tashkil etadi va tinch holatda suyuqlikdagi zarrachalar tezda cho‘kib qoladi. Kolloid eritmalarda gil zarrachalari o‘lchami 0,1 dan 0,001 mkm gachani tashkil etadi. Bu eritmalarda gil zarrachalari suyuqlikda bir tekis tarqalgan va unda muallaq holatda bo‘ladi; bunday eritmalar vaqt o‘tishi bilan quyuq massaga aylanib qoladi. Òavsiya etiladigan kimyoviy reagentlar va ularning eritmaga ta’siri 9.1-jadvalda keltirilgan. 9.1-jadval
Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling