Burg‘ilashda ishlatiladigan tozalash agentlari
Download 19.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqburg\'ilash yuvish eritmalari
Elektrolitlar
183
9.1-jadvalning davomi Kolloidlar
184 Gil eritmalari kam mustahkamlikka ega bo‘lgan jinslarni va suyuqlik yutiladigan jinslarni burg‘ilash uchun xizmat qiladi. Ular zaboyni parchalangan jinslardan yaxshi tozalaydi, asbobni sovitadi va uni moylaydi, quduq devorlari mustahkamligini ta’minlaydi, yuvish suyuqliklari yutilishining oldini oladi yoki qisman kamaytiradi. Gil eritmalari suvga nisbatan yuqori zichlikka ega bo‘lganligi uchun zaboy va quduq devoriga yuqori gidrostatik bosim hosil qila oladi. Biroq chuqur quduqlarni burg‘ilashda katta gidrostatik bosim mexanik burg‘ilash tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Òurli navdagi gillardan tayyorlangan gil eritmalari sifatini oshirish maqsadida kimyoviy reagentlar ishlatiladi. O‘ta mustahkam bo‘lmagan jinslarni burg‘ilashda va quduqda suv oqimi bo‘lgan sharoitlarda og‘irlashtirilgan gil eritmalari ishlatiladi. 9.2-jadvalda og‘irlashtiruvchi (qo‘shimcha) va hosil bo‘ladigan gil eritmalarining zichliklari keltirilgan. 9.1-jadvalning davomi
185 9.2-jadval Òuzli eritmalar abadiy muzliklarni va mineral tuzlarni burg‘ilashda xizmat qiladi. Jinslarning haroratiga qarab 5 % yoki 10 % tuz eritmasi yuvish suyuqligi haroratini jinslar haroratiga qadar sovitadi. Mineral tuzlarni burg‘ilashda ularning tuzi bilan to‘yingan eritmalar ishlatiladi, shunda kern va quduq devorlari erib va yuvilib ketmaydi. Burg‘ilash ishlari amaliyotida K-4 va K-9 polimer preparatlarini ishlatish ham ma’lum. Sanoat sinovlari shuni ko‘rsatdiki, ularni gil eritmalariga ohakli, yuqori minerallashgan, normal va og‘irlashtirilgan eritmaligicha qayta ishlov berish mumkin ekan. Kam miqdorda (1% dan kam) K-4 va K-9 reagentlari boshqa qovushqoqlikni kamaytiruvchi reagentlarsiz ham eritmaning qovushqoqligini suv berish qobiliyati saqlangan holda birdan oshiradi. Bu esa yuvish suyuqliklari yutiladigan sharoitlar uchun juda muhimdir. Olmosli burg‘ilashda emulsion eritmalar keng ishlatilmoqda va suv ishlatilgan sharoitga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 1) burg‘ilash snaryadi tebranishi kamayadi, bu esa yuqori aylanish chastotalarida burg‘ilashni olib borish imkonini beradi; 2) mexanik burg‘ilash tezligi o‘rtacha 20 % ga ortadi; 3) olmosli koronkalarning resursi (chidamliligi) o‘rtacha 30% ga ortadi; 4) 1 m quduqni burg‘ilash uchun olmos sarfi o‘rtacha 20 % ga kamayadi; 5) kern qisilib qolishi hollari kamayishi hisobiga reys uzunligi o‘rtacha 20 % ga ortadi;
186 6) burg‘ilash uskuna va asboblari kam ishqalanib yeyiladi; 7) burg‘ilash va nasos uzatmasi uchun quvvat sarfi kamayadi. Emulsion yuvish suyuqliklari o‘rtacha qovushqoqlikka ega bo‘lgan mineral sovunlar pastasi yordamida tayyorlanadi. Pasta yuvish suyuqligiga (suvga) quyidagi nisbatda qo‘shiladi: 1:200 dan 1:50 gacha, ya’ni 0,5—2 %. Geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilashda 1—5 % li suv asosida tayyorlangan emulsion eritmalar ham ishlatilmoqda. Emulsion eritmalar «Ëåíîë-10» va «Ëåíîë-32» konsentratlaridan tayyorlanadi. Bu yuvish suyuqliklari olmosli va qattiq qotishmali koronkalar bilan yuqori aylanish chastotalarida (1500 ayl/min gacha) va chuqurligi 1500 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg‘ilashda ishlatiladi. Emulsol konsentratlari plastik, bir turdagi jigarrang massaga ega bo‘lib, 40°Ñ gacha haroratda saqlanganda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi, ya’ni u barqaror, suv bilan qo‘lda yoki gil aralashtirgichda tezda qorishadi va barcha sanitar-gigiyena normalariga mos keladi. Yumshoq va o‘rta qattiqlikdagi suvlarda emulsiya tayyorlash uchun o‘rmon-kimyo emulsoli — ÝÍ-4 ning 0,5—6% konsentratsiyali eritmasi ishlatiladi. Istalgan qattiqlikdagi suv asosida emulsion eritmalar neftkimyo emulsoni ÝÍ- 4 konsentrati asosida tayyorlanadi va olmosli burg‘ilashda ishlatiladi. Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling