Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish


Tayyor mahsulotlarni haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobga


Download 169.48 Kb.
bet24/36
Sana13.12.2022
Hajmi169.48 Kb.
#999966
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
4. Tayyor mahsulot

Tayyor mahsulotlarni haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobga olish.
Mahsulot ishlab chiqarishga oid xarajatlar bevosita va bilvosita, o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

  • ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

  • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

Bevosita xarajatlar mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bular:

  • ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

Mazkur xarajatlar o‘zgaruvchan hisoblanadi, chunki ularning miqdori ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Bilvosita xarajatlar - ishlab chiqarish jarayonida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xarajatlar, ular quyidagilar: yordamchi ishchilarining vaqtbay ish
haqlari, ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning amortizatsiyasi, ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni tutib turish, joriy va to‘la-to‘kis tamirlash hamda maxusolot hajmi o‘zgarishidan qat’i nazar nisbatan doimiy bo‘lib qoladigan boshqa xarajatlar.
Boshqa xarajatlar, agar ular tayyor mahsulot saqlash joyiga tashishda yoki uni lozim darajadagi holatga keltirishda yuzaga kelsa, tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bular:

  • ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;

  • asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik va qarov, o‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);

  • yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari;

  • ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar);

  • brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar;

  • ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar;

  • kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari;

  • mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;

  • umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar;

  • ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq.

Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritish mumkin bo‘lgan boshqa xarajatlarga, noishlab chiqarish ko‘shimcha xarajatlari yoki muayyan mijozlar uchun mahsulot ishlab chiqarishga oid xarajatlar misol bo‘lib hisoblanadi.
Sotish uchun tayyorlangan, shu jumladan, qisman sub’ektning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, 2810-"Ombordagi tayyor mahsulot" schyotining debetida haqiqiy tannarx bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish schyotlarida aks ettirildi.
Sub’ekt tomonidan tayyor mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha kirim qilinadi:
Debet 2810-"Ombordagi tayyor mahsulot" schyoti
Kredit 2010 "Asosiy ishlab chiqarish"
Kredit 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish"
Kredit 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar"
Vositachilik va konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha ko‘rgazma va sotishga berilgan tayyor mahsulot 2820- " Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot" hamda 2830- "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot" schyotlarida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot ko‘rgazmaga hamda vositachilik va konsignatsiya
shartnomalari bo‘yicha realizatsiya uchun o‘tkazildi
Quyidagi schyotlar debeti: 2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot" 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot” 2810-"Ombordagi tayyor mahsulot" schyoti kreditlanadi.
Misol.
“ARTEL” firma ko‘cha yoritkichlarini ishlab chiqaradi. Yoritkichlar turkumi(pratiyasi)ni ishlab chiqarishga asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 134000 ming so‘mni tashkil qildi. Materiallar - 85000 ming so‘m, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan ishchilarning ish haqiga - 45000 ming so‘m, boshqa xarajatlar 4000 ming so‘m.
Yoritkichlarni yig‘ish qo‘shimcha ishlab chiqarishda amalga oshiriladi. Uning xarajatlari 10000 ming so‘mni tashkil qildi.
Mazkur holatda yoritkichlarning haqiqiy tannarxi 85000000+45000000+4000000+10000000=144000000 so‘mdan iborat bo‘ladi, bunda:
85000ming so‘m - ishlab chiqarishda foydalanilgan materiallar qiymati;
45000 ming so‘m - ijtimoiy ajratmalar bilan ishchilarning ish haqi;
4000 ming so‘m boshqa xarajatlar.
100 ming so‘m - yordamchi ishlab chiqarishdagi yoritkichlarni yig‘ishga ketgan xarajatlar. Xarajatlar yuzaga kelgan joy (asosiy va yordamchi ishlab chiqarish) bo‘yicha aks ettiriladi, keyin esa 2810- «Ombordagi tayyor mahsulot» schyotiga hisobdan chiqariladi.




Download 169.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling