Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni baholash
Download 169.48 Kb.
|
4. Tayyor mahsulot
17.2.Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni baholash.
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. Baho - qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSdan foydalaniladi. 4-sonli BHMSning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: - tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. Amaliyotda hisobot davri oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoni tug‘uladi. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayoni har kuni sodir bo‘ladi, shu sababli joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning operativ hisobini yuritishda ishlab chiqarish reja tannarxi yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda olib boriladi. 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» BHMSda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan: Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom-ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, tannarx qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash harajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxidir. BHMSdagi baholashga muvofiq agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon bahoda baholanishi mumkin: Zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda Zaxiralarga zarar etganda; Zaxiralar to‘la va qisman eskirganda. Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga solish kerak haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Tayyor mahsulotlarning tannarxi mahsulotlarning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, mahsulotlar nomenklaturasiga bog‘liq holda turli xil usullar bilan aniqlanishi mumkin. Mahsulotlar tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - oddiy; - me’yoriy; - buyurtma; - bosqichli. Download 169.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling