Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
-jadval Har bir modda bo‘yicha usul
Download 169.48 Kb.
|
4. Tayyor mahsulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tannarxi, ming so‘mda Sof sotish qiymati, ming so‘mda Tannarxi yoki SSQ eng pasti, ming so‘m
- Asosiy tovar guruhlari usuli
- Zaxiralar umumiy hajmi usuli
17.2-jadval
Har bir modda bo‘yicha usul
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu usulda tovar-moddiy zaxiralarning har moddasi tannarxi va sof sotish qiymati solishtiriladi (taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti har bir modda bo‘yicha moliyaviy hisobotga kiritiladi. 2-misol ma’lumotlari bo‘yicha ushbu usulni qo‘llaganimizda, 31.12.2019 yil holatiga moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan portativ kompyuterlarning qiymati 19 625 (61625) ming so‘mga teng ekanligini aniqlaymiz, ya’ni u yuqorida keltirilgan jadvalning "6" ustunining barcha satrlaridagi ma’lumotlarni jamlash orqali aniqlanadi. Asosiy tovar guruhlari usuli Ushbu usulda, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti, TMZlarning har bir kategoriyasi yoxud guruhi bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib aniqlanishi ko‘zda tutiladi. 2-misol ma’lumotlari bo‘yicha ushbu usulni qo‘llaganimizda, 31.12.2019 yil holatiga moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan portativ kompyuterlarning qiymati 61750 ming so‘mga teng ekanligini aniqlaymiz. Ushbu summa «ASYER», « Hewlett Packard» i «Toshiba» guruxlari bo‘yicha, mos ravishda tannarx va sof sotish qiymatidan eng pasti summalarini jamlash orqali aniqlangan, ya’ni «ASYeR» guruhi bo‘yicha 17000 ming so‘m, «Hewlett Packard» guruhi bo‘yicha 18000 ming so‘m va «Toshiba» guruhi bo‘yicha 26750 ming so‘m yig‘indisi hisoblanadi. Zaxiralar umumiy hajmi usuli Ushbu usulda, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining umumiy summasi va sof sotish qiymatining umumiy summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 2-misol ma’lumotlari bo‘yicha shuni aniqlash mumkinki, portativ kompyuterlarning umumiy tannarxi 20 875 (65875) ming so‘mga, ularning umumiy sof sotish qiymati esa 24 250 (84250) ming so‘mga teng. Tegishli ravishda ulardan eng pasti bo‘lib tovarlarning umumiy tannarxi ( 65875 ming so‘m) hisoblanadi va ushbu summa «Texnokompriteyl» kompaniyasi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. 2-misol bo‘yicha olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, tovar-moddiy zaxiralarni tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti bo‘yicha baholashning turli usullari qo‘llanilganda, moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da ‘Tovar-moddiy zaxiralar (Tovarlar)" satri bo‘yicha qo‘llaniladigan usulga qarab quyidagi summalar aks ettiriladi: har bir modda bo‘yicha baholash - 61625 ming so‘m, asosiy tovar guruhlari usuli bo‘yicha - 61750 ming so‘m, zaxiralarning umumiy hajmi usuli bo‘yicha - 65875 ming so‘m. Shuning bilan birga, «Texnokompriteyl» kompaniyasining buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarni tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti bo‘yicha baholash natijalari qo‘llanilayotgan usulga qarab quyidagi tartibda aks ettiriladi: Download 169.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling