Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Tovarlar va idishlar tannarxining hisobdan chiqarilishi
Download 194.89 Kb.
|
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini
Tovarlar va idishlar tannarxining hisobdan chiqarilishi:
Dt 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» 45000 Kt 2910 «Ombordagi tovarlar» 43000 Kt 2950 "Tovar solingan va bo‘sh idishlar" 2000 Agar tovarlarni sotish shartnomasida idishlarning qaytarilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, uning qiymati tovar qiymatiga kiritilmaydi, hujjatlarda alohida satrda ajratib ko‘rsatiladi va sotishdan olingan daromadga kiritilmaydi. Yaroqsiz holga kelgan idishlarni hisobdan chiqarish hisobda quyidagi tarzda aks ettiriladi: Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" Kt 2950 "Tovar solingan va bo‘sh idishlar". Inventarizatsiya qilinishi chog‘ida aniqlangan kirim qilingan idishlar qiymati daromad sifatida aks ettiriladi: Dt 2950 "Tovar solingan va bo‘sh idishlar" Kt 9390 "Boshqa operatsion daromadlar". 2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar" schyotida ko‘rgazmalar, yarmarkalar, reklama va ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tovarlar hisobga olinadi. Bunda 2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar" schyotining debeti va 2910 "Ombordagi tovarlar" yoki 2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tovarlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga o‘tadi. Agar ko‘rgazmaga, yarmarkaga va hokazoga qo‘yilgan tovarlar sotilsa, u holda buxgalteriya yozuvlari 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi amalga oshiriladi. 2940 "Prokatdagi buyumlar" schyotida prokatga (ijaraga) berish uchun mo‘ljallangan buyumlarning naqdligi va harakati hisobga olinadi. 2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar" schyotida boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha berilgan tovarlar hisobga olinadi. 2970 "Yo‘ldagi tovarlar" schyotida hisobot davri oxirida yo‘lda qolgan (omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi. 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida 2910-2950 schyotlarda aks ettirilmaydigan boshqa tovarlar hisobga olinadi. Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900) bo‘yicha analitik hisob moddiy javobgar shaxslar, tovarlarning nomlari (navi, guruhlari, toylar) va tovarlarning saqlanish joylari bo‘yicha yuritiladi. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sub’ektlarida tovarlarni hisobga olish Tovarlarning chakana sotilishi, shuningdek umumiy ovqatlanish sub’ektlari bufetlaridagi sotishlar 2920 - "Chakana savdodagi tovarlar" schyotida aks ettiriladi. Ana shu schyotda chakana savdo schyotlari va umumiy ovqatlanish sub’ektlarining bufetlarida shisha idishlar (butilka, banka va hokazolar)ning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotida chakana savdo korxonalari (magazinlar, palatkalar, laryoklar, kioskalar va hokazolar) va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi tovarlarning naqdligi va harakati hisobga olinadi. Chakana savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlar (shishalar, bankalar va boshqalar)ning naqdligi va harakati ham ushbu schyotda hisobga olinadi. Chakana savdodagi tovarlarning sotilishida ham 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Chakana savdo tashkilotlarida tovarlar chakana (sotish) narxlari yoki harid qilish qiymati asosida aks ettiriladi. Tovarlarni chakana (sotish) narxlari bo‘yicha hisobga olish chog‘ida harid qilish qiymati bilan sotish narxlari bo‘yicha qiymat (savdo ustamasi) o‘rtasidagi farq hisobotlarda alohida moddada aks ettiriladi. Hisobda savdo ustamasi 2920 - "Chakana savdodagi tovarlar" schyotining debeti va ustamaning kontrar schyoti krediti bo‘yicha aks ettiriladi: Dt 2920 "Chakana savdodagi tovaarlar" Kt 2980 "Savdo ustamasi". 2980 - "Savdo ustamasi" schyoti, agar tovarlar sotish baholari bo‘yicha hisobga olinsa, chakana savdo va umumiy ovqatlanishdagi tovarlarga oid savdo ustamalari (chegirmalari)ni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. 2980 "Savdo ustamasi" schyoti agar chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovarlar hisobda sotish bahosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama (chegirma)lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ushbu schyotda omborxonalar, bufetlar va oshxonalardagi mavjud oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning savdo ustamalari shuningdek, oshxona va bufet mahsulotlariga sotish bahosida ularning qiymatiga belgilangan tartibda qo‘yiladigan ustama summalari hisobga olinadi. 2980 "Savdo ustamasi" schyoti tovarlar kirim qilinganda savdo ustamasi summasiga kreditlanib, sotilgan, chiqarilgan, yoki tabiiy yo‘qotish natijasida hisobdan chiqarilgan, yaroqsiz, buzilgan, kamomad va hokazolarda tovarlar bo‘yicha savdo ustamasi summasiga debetlanadi. Savdo ustamasining sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qismi 2980 "Savdo ustamasi" schyotining debetida va 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Savdo ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan qismi yo‘qlama qilish opislari asosida, o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq, tovarlarga tegishli ustamani aniqlash orqali aniqlashtiriladi. Chakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan savdo ustamasi summasi oy boshida tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan savdo ustamasi summasi va 2980 "Savdo ustamasi" schyoti debeti bo‘yicha aylanma summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 "Savdo ustamasi" schyoti krediti bo‘yicha aylanmani bir oyda sotilgan tovarlar summasi (hisob baholari bo‘yicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldig‘iga (hisob baholari bo‘yicha) nisbatidan kelib chiqqan holda hisoblangan foiz bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Misol. Tovarlarni sotish baholari bo‘yicha (ustama 20%ni tashkil qiladi) hisobga oluvchi chakana savdo sub’ekti 52000 ming so‘mdan iborat summaga tovarlar olgan: Download 194.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling