Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
a) har bir modda bo‘yicha baholash usuli qo‘llanilganda
Download 194.89 Kb.
|
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini
a) har bir modda bo‘yicha baholash usuli qo‘llanilganda:
debet 9490 «Boshqa operatsion xarajatlar» scheti 4 250 ming so‘m; kredit2910«Ombordagitovarlar»scheti 4 250 ming so‘m (65875 ming so‘m - 61625 ming so‘m =4 250 ming so‘m); b) asosiy tovar guruhlari usuli qo‘llanilganda: debet 9490 «Boshqa operatsion xarajatlar» scheti 4125 ming so‘m; kredit2910«Ombordagitovarlar»scheti 4 125mingso‘m (65875 ming so‘m - 61750 ming so‘m = 4 125 ming so‘m); v) zaxiralar umumiy hajmi usuli qo‘llanilganda: buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, chunki barcha tovar-moddiy zaxiralar schetlarda o‘z tarixiy qiymati, ya’ni tannarxi bo‘yicha hisobda turaveradi. Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom-ashyo va boshqa materiallar o‘z tannarxidan past summaga arzonlashtirilmaydi, agar ulardan tayyorlangan mahsulot joriy qiymati bo‘yicha sotiladigan bo‘lsa. Biroq, agar tayyor mahsulotning narxi materiallar bahosining tushishi natijasida pasayadigan bo‘lsa, ya’ni ushbu materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulot tannarxi ushbu tayyor mahsulotning sof sotish bahosidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, bunday hollarda materiallarning qiymatini ham pasaytirish lozim. Sof sotish qiymatining eng haqqoniy bahosi bo‘lib, xuddi shunga o‘xshash materiallarni xarid qplish bo‘yicha xarajatlar summasi asos bo‘lishi mumkin. 3 - misol. "Milliy shirinliklar" ishlab chiqarish korxonasi "Parvarda" nomli qandolatchilik mahsulotining bir turini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi va ushbu mahsulot ishlab chiqarilishi birgina ishlab chiqarish sexida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxida asosiy material xarajatlari, ya’ni shakar katta ulushga ega. 2019 yil dekabr mobaynida shakarning sotib olish qiymati 1 kg uchun 4800 so‘mni, "Parvarda"tayyor mahsulotining sotish bahosi esa 1 kg uchun 6875 so‘mni tashkil etgan va shuning bilan birga ushbu mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 1 kg uchun 5600 so‘mni tashkil etgan. 2019 yil 31 dekabr holatiga korxonaning tovar-moddiy zaxiralarida quyidagi qoldiqlar mavjud edi: shakar - 450 kg, har 1 kg bahosi 4800 so‘m; "Parvarda" tayyor mahsuloti - 280 kg, har 1 kg tannarxi 5600 so‘m. Faraz qilaylik, 2019 yil 31 dekabr holatiga shakar va "Parvarda" tayyor mahsulotiga tegishli bo‘lgan quyidagi ma’lumot mavjud: 1-variant: shakarning o‘rtacha tortilgan bahosi (xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olingan holda) - har 1 kg uchun 3185 so‘m, tayyor mahsulotning ehtimolli sof sotish qiymati -har 1 kg uchun 6850 so‘m; 2-variant: shakarning o‘rtacha tortilgan bahosi (xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olingan holda)- har 1 kg uchun 3185 so‘m, tayyor mahsulotning ehtimolli sof sotish qiymati-har! kg uchun 5300 so‘m; Download 194.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling