Tayyorladi: 14-9btu-19 guruh talabasi Zaripova Mohinabonu


Download 0.56 Mb.
bet2/5
Sana28.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1136386
1   2   3   4   5
Bog'liq
slayt ona tili

Vergul (fransuzcha: Virgule) — tinish belgisi (,). Eng koʻp qoʻllanadigan tinish belgilar jumlasiga kiradi. Qoʻllanish oʻrni, shakli turli davrlarda va turli tillarga oid yozuvlarda turlicha boʻlgan. Oʻzbek tilida Vergul teskari pesh, pesh, yarim turish, yarim tinish kabi nomlar bilan ham yuritilgan. Vergul dastlab qisqa pauza uchun ishlatilgan, keyinchalik uning qoʻllanish doirasi va vazifasi kengaygan. Oʻzbek tilida Vergul uyushiq (Sen kuychi, paxtakor, olim…) va ajratilgan boʻlaklarni (Azizga, sobiq talabaga, bu soʻz yoqmadi), kirish (Lekin, menimcha haqsiz) va kiritma konstruksiyalarni (Yolgʻiz borishga, ochigʻini aytsam, yuragim dov bermadi), undalma (Azizlar, bir oz sabr qilamiz) va undov soʻzlarni (Hoy, nima qilyapsan?), „ha“, „yoʻq“, „xoʻp“, „qani“… kabi soʻzlarni, nutqda takrorlangan soʻzlarni, bogʻlovchisiz va murakkab qoʻshma ran tarkibidagi gaplarni (Kun botib, osmon qoraygan), muallif gapini koʻchirma nutqdan ajratish (Bugun men kelolmayman, — dedi u) uchun ishlatiladi. Vergul qavs, qoʻshtirnoq bilan qoʻllanganda ulardan keyin, tire bilan qoʻllanganda undan oldin qoʻyiladi, koʻp nuqta bilan kelganda tushib qoladi.

Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). Oʻzbekcha matnlarda 19-asr oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:

bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi);

gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi);

yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox,lantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar);


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling