Tayyorladi: 14-9btu-19 guruh talabasi Zaripova Mohinabonu


Download 0.56 Mb.
bet4/5
Sana28.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1136386
1   2   3   4   5
Bog'liq
slayt ona tili

Tire (fransuzcha: tiret — chiziqcha; choʻziq narsa) — hozirgi oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, gorizontal chiziqcha (—) shaklidagi tinish belgisi. Tire rus yozuvida 18-asrdan, oʻzbek yozuvida esa 19-asrning 70-yillaridan qoʻllana boshlagan. Aralash holda, yaʼni gapning boshida va oʻrtasida, shuningdek, yakka va takror (qoʻshaloq) holda qoʻllanuvchi tinish belgilaridan. Tire yakka holda qoʻllanganda, gaplar va gap boʻlaklarini ajratish, takror (qoʻsh Tire) holda ishlatilganda esa, maʼlum boʻlaklarni chegaralash, chegaralangan boʻlakning maʼnosini taʼkidlash, boʻrttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

Tire

Qavs (arab. — yoy, egilgan narsa) — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, ikki elementli (qoʻshaloq), asosan, gap oʻrtasida va oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u "Turkiston viloyatining gazeti"da 1873-yildan qoʻllangan, keyinchalik boshqa gaz., jur. va kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hozirgi yozuvda asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi Qavs () asosiy meʼyor hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) oʻrta Qavs yoki katta Qavs — [] va {} matematika, geometriya, kimyo va boshqalar fanlarda, shuningdek, Qavs ichida Qavs keladigan holatda uchraydi. Xususan, mat.da bu belgi amallarning bajarilishi tartibini belgilash uchun ishlatiladi. Mas, (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichidagi amal bajariladi). Qavsning yopiluvchi (ikkinchi) qismi baʼzan yozma nutqda ketmaket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, taʼriflarni raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham qoʻllanishi mumkin.

()

Qavs

Koʻp nuqta — ketma-ket qoʻyiladigan uch (soʻroq yoki undov belgisidan soʻng ikki) nuqtadan iborat tinish belgisi. Koʻp nuqta, asosan, quyidagi oʻrinlarda ishlatiladi:

gapning tugallanmaganligini bildirganda: — Men nima qilibman... Siz... — dedi Xolmurod... (P. Tursun);


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling