nutq jarayonida soʻzlovchining toʻxtalishini bildirganda: Sen... sen qoʻriqqa borasan; dialogda savol javobsiz qolganda. Qoʻshtirnoq — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, koʻp (toʻrt) element-li, qoʻshaloq holda ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Uning umumiy meʼyor hisoblangan grafik shakli « » yoki „ “ dan iborat boʻlib, nashriyot ishlarida " " shaklida ham qoʻllanadi; ilmiy uslubda yakka tirnoq shaklida (, ʻ) ishlatiladi. Uning birinchi qismi ochiluvchi Q, ikkinchisi esa yopiluvchi Qoʻshtirnoq deb yuritiladi. Ushbu tinish belgisi oʻzbekcha matnlarda 1886-yildan "Turkiston viloya-tining gazeti" sahifalarida qoʻllana boshlagan. Qoʻshtirnoq koʻp vazifali tinish belgilaridan boʻlib, muayyan matn qismini chegaralab koʻrsatish bilan birga, uning matn (qarangqa olingan qism kiritilgan umumiy matn)ga sintaktik va intonatsion jihatdan maʼlum darajada bogʻlanishini, unga muvofiqlashuvini ham koʻrsatadi. Qoʻshtirnoq maʼlum qismning oʻzgaligi, muayyan nutqqa yotligi (chetdan kiritilganligi), uning odatdagi maʼnoda qoʻllanmaganligi va boshqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Qoʻshtirnoq takroriy, oddiy va murakkab holatda qoʻshaloq holda qoʻllana oladi. Bunda ochiluvchi va yopiluvchi Qoʻshtirnoqlar ketma-ket qoʻllanadi; bunda ulardan birining shakli oʻzgartib qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |