Tayyorladi: Baxriddinova d tekshirdi:: Shakirova D


Download 0.56 Mb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#199180
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu(1) (1)

Qo‘l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‘rsatkich qo‘l mushaklarining rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‘rsatkichlar qo‘l dinamometrii yordamida aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‘la panja bilan ushlanadi, qo‘l gorizontal holatda olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq qisiladi, qushimcha harakatga ruxsat etilmaydi. Tekshirish alohida chap va o‘ng qo‘llarda o‘tkaziladi.

Bolalarning jismoniy rivojlanishiga baho berishda o‘lchov asboblarini qo‘llash bilan bir qatorda tashqi ko‘rinishga ham ahamiyat berish zarur. Qator belgilar (skeletning, mushaklarning rivojlanishi, yog‘ qatlami va hakozo) uch darajada baholanadi. 1 raqam bilan past darajani, 2 raqam o‘rtacha, 3 raqam esa yuqori darajadagi rivojlanishni bildiradi. Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning ko‘rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki “tor” suyak, bunday bolalarda ko‘krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo‘ladi, 3-keng yoki qo‘pol ko‘rinishli, bunday bolalarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1 va 3-ning o‘rtacha ko‘rinishi darajasida. Umurtqa pog‘onasi tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‘onasi oldindan, yondan hamda umurtqa pog‘onasi bo‘ylab vertikal yo‘nalishda barmoq yordamida o‘tkazilgan chiziq holatiga qarab, kuraklarning simmetrik joylashishi, elkaning turishi va qo‘lning tushirilgan holatidagi quymich gumbazigacha bo‘lgan oraliqda hosil bo‘ladigan uchburchak ko‘rinishiga qarab baholanadi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling