Tayyorladi: Buxoro viloyati Olot tumani
Download 1.98 Mb.
|
4-sinf ona tili 11-oktabr
4 –sinf . Ona tili 52 – 54 –mashqlar Tayyorladi: Buxoro viloyati Olot tumani 8- umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim O‘qituvchisi Qurbonova Maftuna To‘xtamurodovna Mavzu: 52 – 54 -mashqlar O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Test 1.Undalma nima?
bo‘ladigan so‘z B.So‘zlovchining nutqi qaratilgan gap D. Shaxs va narsaning harakatini bildiradi. 2.Qaysi qatorda darak gap berilgan?
D. Qo’lingdan kelmaydigan ishga urinma. Gapning bosh bo‘laklariga nimalar kiradi?
bo‘laklar 4.So‘z tarkibi imalardan iborat?
5.Qaysi qatorda asosdosh so‘zlar berilgan?
6. Sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysilar? A.chi, kor, dosh B. Li, siz, dor D. la, lan, illa Yangi mavzu bayoni 52 –mashq. Matnni o’qing .Undan nimalarni bilib oldingiz? Yozuvchi sizda qanday taassurot qoldirdi? Dadamning marvarid tut haqidagi hikoyasi yodimga o‘rnashib qolgan. Bog‘ Devorimizning orqasida shoxlari tarvaqaylab ketgan marvarid tut daraxti bor edi. Dadam shu tut bilan bobomni davolagan ekan. Bir yili ko‘klamda bobom qattiq og‘rib, uch oy to‘shakda yotib qolibdi. Uning eti suyagiga yopishib, tamom madori ketibdi. Dadam bir kuni bir kosa marvarid tut terib bobomga bermoqchi bo‘libdi. Lekin odamlar: “Berma! Battar og‘rib qoladi. “- deyishibdi. Bobom esa zo‘rg‘a boshini ko‘tarib: “Mayli, Normatjon, olib kelaver! Armonda qolmay. Shu tutdan tatib ketay!” – deb uni kapalab –kapalab yebdi. Shundan keyin dadam tut terib keladigan bo‘libdi. Bobom esa tut yeb quvvatga kira boshlabdi. (Turob Maqsuddan) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni otam, buva , bahor, kasal bo‘lib, butunlay, kuchi, balxi tut, kishilar , yeb, kuchga so‘zlari bilan almashtirib o‘qing. Gaplar mazmunida qanday o‘zgarish bo‘ldi? Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra qanday so‘zlar deyiladi? ! Qanday so‘zlar o‘zaro ma’nodosh so‘zlar bo‘ladi? Tut, bor, uch, oy, ter so‘zlarini ikki xil ma’noda qo‘llab, gaplar tuzib yozing. Ularning shakl va ma’nosiga ko‘ra farqini ayting. Tut ko’p yillik o‘simlik. U ko‘pgina kasalliklarga davo. Sen hozirdan tayinli ishning etagini tut. Nigora uch oy buvisinikida turdi. Burgut baland uchadi. Nasiba mart oyining o‘n beshinchi sanasida tu‘g‘ilgan. Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi qorong‘i bo‘ladi. Paxtakorlar paxta terishdi. Mehnat qilib, ter to‘kkan kishi baxtli bo ‘ladi. 53 –mashq. Tilak, istak, tabriklamoq, qutlamoq, minnatdor bo‘lmoq, xursand bo‘lmoq, tavallud kuni, tug‘ilgan kun, yaxshi, yoqimli, bayram kuni, shodiyona kun ma’nodosh so‘zlardan qatnashtirib, “Tabriknoma” matnini yarating. Tabriknoma Assalomu alaykum, aziz , qadrli xolajonim Jabborova Nozima! Sizni bugungi tavallud kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga uzoq umr, sihat -salomatlik tilayman. Dunyodagi jamiki tilaklar sizga hamroh bo‘lsin. Har kuningiz yaxshi, yoqimli lahzalarga boy bo‘lsin. Jiyaningiz Farida. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Berilgan so‘zlardan mosini tanlab birikmalar tuzing Koptokni ot uchqur olma ot Shirin etagi Ko‘ylak daryo etagi Ko‘zi Arining Qalb Ko‘zi Telefonni olma Uyga vazifa : 54 –mashq. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling