Tayyorladi: Iskandarova Iroda
Eganing uyushiq qator bilan ifodalanishi
Download 1.04 Mb.
|
1 2
Bog'liqIskandarova Iroda 201-fsh
Eganing uyushiq qator bilan ifodalanishi
Тahlilga jalb qilingan jumlalarda eganing uyushiq qator bilan ifodalanishiga 23 misol uchradi. Bunday uyushiq qator a'zolari bosh kelishik shaklidagi sintaktik birliklarning o‘zaro teng qo‘shilishi bilan tuziladi. Buning asosiy ko‘rinishlari quyidagicha: I. Uyushiq qator ot leksemashakl bilan ifodalangan (19): 1. Uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashmagan (19): 1) Bir xil grammatik shakllangan leksemashakl va birikmashakl bilan ifodalangan (3): S e p n i n g b o y l i g i , t u r i, r a n g b a r a n g l i g i hammani hangmang etdi (Oybek). D o‘ p p i y e l i m i, k e r o s i n h i d i anqib turgan suv muzdakkina edi (O‘tkir Hoshimov) kabi. Ikkinchi misoldagi ega - gapshakl transformasi tarkibidagi (ichki) ega. 2) Uyushiq qator a'zolari grammatik son paradigmasining har xil shaklidagi leksemashakl va birikmashakl bilan ifodalangan (3): K a m b a g‘ a l u r u g‘ a y m o q, q o‘ n i q o‘ sh n i l a r, t o‘ y d a, a z a d a s e- m i r a d i g a n y u r i m s a k a y o l l a r .. piyoda jo‘nashdi (Oybek). Azizning ko‘z o‘ngida brigada shiyponi, lotokariq, yangi bog‘, qiyg‘os ochilib yotgan atirgullar, rayhonlar, to‘pto‘p jambillar jonlandi (Hamid G‘ulom) kabi. Bu jumlalarda uyushiq qatorning ayrim a'zolari birlik shaklida, ayrim a'zolari ko‘plik shaklida ishlatilgan. 3) Uyushiq qator a'zolarining grammatik shakli umumlashtirilgan (1): Axir b i- n a f sh a, ch u ch m o m a, l o l a l a r .. ochilib, yashnab yotadi (Hamid G‘ulom). Bu misolda lar ko‘plik affiksi, demak, undan keyin keladigan bosh kelishik shakli ham umumlashtirilib, go‘yo qavslardan tashqariga chiqarilgan, uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan, uyushiq qator a'zolari esa go‘yo leksemaga teng asos holatiga o‘tgan. Buni qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [(binafsha), (chuchmoma), (lola)] lar II. 3. Uyushiq qator a'zolari ham ta'kid yuklamasi bilan ishlatilgan (1). Quyidagi jumlada uyushiq qatorning birinchi a'zosi grammatik son paradigmasining birlik shaklida, ikkinchi a'zosi esa ko‘plik shaklida qatnashgan: S e r- k a h a m, q o‘ y l a r h a m cho‘ponning izmiga tez bo‘ysunadi (Pirimqul Qodirov). 4. Bir misolda uyushiq qator oxirida umumlashtiruvchi leksemashakl ish-latilgan; uyushiq qator a'zolari grammatik son paradigmasining birlik va ko‘p-lik shakllarida qatnashgan: Q o r o n g‘ i d a s o‘ p p a y i b t u r g a n t r a k t o r, m u t t a s i l ch a g‘ ch u g‘ q i l a yo t g a n q a r g‘ a- l a r, o s m o n d a z a n g o r i q i l i ch d e k ya l t yu l t q i l i b o‘ ch a yo t g a n ch a q m o q - ham m a s i g‘oyib bo‘ldi (O‘tkir Hoshimov). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nazarova S. So‘zlarning birikish omillari va usullari. – T., 2013 2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., 2009 3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – T., 2010 E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling