Tayyorladi: Orziqulova Dilyora


Download 59.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi59.09 Kb.
#1475788
Bog'liq
Мустакил иш Алижонова Мафтуна



Falsafa qonun va 
kategoriyalarining ijtimoiy 
jarayonlar dialektikasidagi roli.
Tayyorladi: Orziqulova Dilyora
Tekshirdi: Iskandarov.Sh


Falsafa qonun va kategoriyalarining 
ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.
REJA:

Kirish

Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi.

Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi.

Mohiyat va hodisa dialektikasi.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyoti



Falsafa tarixida kategoriyalarga nisbatan turli yondoshuvlar. Sharq an'anasida ham, 
qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va 
ularning ziddiyatli munosabatlarini anglashga harakat qilingan. Dialektika 
kategoriyalariga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar 
jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona 
asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv natijasida 
dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan.
Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy 
qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog‘liq. Falsafa tarixida 
Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning 
«Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan. 
(«Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy 
nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta'riflab, haqqoniy 
fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir deb ta'kidlagan. Ammo «Metafizika» asarida 
(lot. metaphisica – butun borliqning ilk asoslari haqidagi ta'limot) Aristotel 
olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va falsafiy kategoriyalar 
materiya, shakl, sabab, zaruriyat kabilar haqida so‘z yuritadi, bu kategoriyalarga 
ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda tutuvchi ontologik ma'no 
yuklaydi. Bundan fikrdagi ziddiyat u yanglish ekanligining bosh belgisi, borliqning 
ziddiyatligi haqidagi ta'limot esa – u haqqoniy ekanligining bosh belgisi, degan 
xulosa kelib chiqadi. Biroq borliq ziddiyatlari haqidagi fikr qanday qilib 
ziddiyatlardan xoli bo‘lishi mumkin? Hamonki u borliqning ziddiyatligiga ishora 
qilmas ekan, u qanday qilib haqqoniy bo‘lishi mumkin? Shu tariqa falsafiy 
kategoriyalar va formal mantiq kategoriyalari o‘rtasida farq yuzaga keladi. 
Keyinchalik bu farq formal va dialektik mantiq o‘rtasidagi ziddiyatga aylanadi.



Formal mantiq biz qanday fikrlashimiz lozimligini ko‘rsatib, normativ 
funksiyani bajarish uchun mo‘ljallangan fikrlash qonunlari bilan cheklanadi. 
Dialektik mantiq ham fikrlash va bilish metodlariga qo‘yiladigan talablari 
bajarilishi lozimligini ko‘rsatadi, biroq ayni vaqtda u dialektik mantiq
qonunlari nafaqat bizning tafakkurimizda, balki narsalarning o‘z tabiatida 
ham amal qiladi, degan fikrga asoslanadi.
Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili. Yangi davrda fan yanada 
rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda 
ko‘radilar. Insonning aqli tabiat hodisalarining o‘xshash o‘zaro ta'sirlarida 
muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim 
zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va 
falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o‘rtasidagi takrorlanuvchi 
aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari 
muhim xossalariga ko‘ar o‘xshash, ikkinchi darajali xossalariga ko‘ra esa bir-
biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal 
invarianti 1 hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy e'tibori ilmiy bilish 
metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta 
qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab yetilmagan, empirizm va ratsionalizm 
dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning 
o‘zaro nisbati muammosidir.



XVII-XVIII
asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yig‘ish darajasida bo‘lgan. 
Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman o‘zgarmas narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning 
mexanik to‘plami sifatida tasavvur qilingan, bunda narsalar va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalar 
doim ham teran asoslanmagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‘p jihatdan 
yo‘qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar 
to‘qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‘zgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma 
harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e'tiborini tabiiy 
hodisalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligiga emas, balki asosan ularning miqdor jihatiga 
qaratishga da'vat etgan. Shunday qilib, qadimgilar dialektikasi o‘rnini ma'lum darajada 
dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan «
metafizika
» egallaydi. Shuni ta'kidlash 
lozimki, «
metafizika
» atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‘limi -
ontologiya sifatida tushuniladi. Marksistik an'anada «metafizika» atamasi salbiy ma'no kasb 
etdi: dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin 
qilindi. Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero 
Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida o‘rin olgan 
tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – Lavuaze modda va harakatning saqlanishi 
g‘oyasi; G.Leybnits ta'riflab bergan rivojlanish g‘oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, 
inersiya va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; 
tabiatdagi turli-tuman aloqalarning o‘rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; 
mexanik harakat dialektikasi; yer evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy 
yondashuvning nazariy ahamiyatini namoyish etgan Quyosh tizimsining kelib chiqishi haqidagi 
Kant – Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi – o‘sha davr 
fani yutuqlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir. Shu sababli Yangi davr va Ma'rifat davri 
falsafasi dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika 
rivojlanishining o‘ziga xos va ancha yetuk bosqichi hisoblanadi.



Ma'lumki, G.
Gegel
falsafasining eng kuchli tomoni dialektika hisoblanadi. U 
dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida 
dunyo mutlaq ruhning o‘z-o‘zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mutlaq ruh bir vaqtning o‘zida ham substansiya (borliq asosi), ham sub'ekt, 
ya'ni o‘z rivojlanishi va bilishining manbaidir. 
Inkorni-inkor
Gegel falsafasining 
asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish g‘oyasiga muvofiq 
mutlaq g‘oyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan o‘tadi: sof borliq
(tezis), yo‘qlik (antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yo‘q bo‘lish 
sifatida, shakllanish (sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g‘oyasi Gegel
falsafasini to‘la qamrab oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari 
surgan fikrlarning har bir kichik hujayrasi ham uch qismga bo‘linadi («Mantiq
fani», «Naturfalsafa», «Ruh falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel ilohiy aqlga 
mos keladigan sof aql sohasi sifatida ta'riflaydi. U uch qismdan iborat:
-
borliq
;
-
mohiyat
;
-
tushuncha
.



Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning 
falsafiy madaniyatini, umuman fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan 
biri hisoblanadi.
Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
1.
Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni 
tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy
adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. 
Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil 
etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, 
vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. 
Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi 
ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir.
3.
Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil 
etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh
bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi 
(yaxshilik va yomonlik, sha'n va qadr-qimmat, hayot ma'nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. 
Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari 
hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi 
kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz



Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. 
Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyo hodisalari 
turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy 
jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. 
Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyoni ideal aks ettirishning 
o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqyelikni bilish va ma'naviy-amaliy 
o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi.
Ba'zi hollarda umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalari dialektika 
kategoriyalari deb ham nomlanadi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga 
ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. 
Substansion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat'iy nazar, alohida-
alohida qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», 
«materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va 
hokazolar kiradi. Ular ob'ektiv voqyelikning muayyan umumiy xossalarini qayd 
etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida 
bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.



O‘tmish mutafakkirlarining dunyoqarashi qanday qonunlarga muvofiq o‘zgargan 
bo‘lsa, hozirgi zamon falsafasi ham shu qonunlarga muvofiq o‘zgarmoqda va 
rivojlanmoqda: fan va amaliyot muqarrar tarzda bizning dunyo haqidagi 
tasavvurlarimizga tuzatishlarini kiritmoqda.
Kategoriya
tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish 
uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday 
yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar 
ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, 
predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar 
yordamida biz voqyea va hodisalar ma'nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun 
ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli 
bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida 
mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni 
so‘zlar yordamida ifodalaymiz
. So‘z –
fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi.U fikrlash 
omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z 
boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi 
imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks 
ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, 
tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. 
Tushuncha
– bu shunday bir fikrki, 
unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda 
tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. 



Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada 
umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-
barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz 
yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni 
ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi 
tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi 
so‘zlarning ma'no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq 
bo‘ladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash 
qobiliyatimiz shuncha teranroq bo‘ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi 
hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya'ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar 
miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan 
tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va 
anglab yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning 
murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki 
beradi. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish 
jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib 
keldi.


Kategoriya
(yunon. kategoria – ta'rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm 
suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng 
tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan 
tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi 
falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-
ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan 
ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan 
o‘zlashtiriladi, ba'zan ular muayyan hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. 
Ilgari ma'lum bo‘lmagan hodisani ifodalash uchun sun'iy tarzda yaratilgan so‘zlar –
neologizmlar ham ancha ko‘p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari 
va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya'ni erkin talqinga yo‘l 
qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‘ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z 
kategoriyalar apparatini shakllantiradi. 
Matematika
«son», «differensial», «integral» 
kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi 
kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma'lum darajada 
umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga 
xos bo‘lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi



Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda 
qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, 
geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar
– borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, 
aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng 
tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon 
hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi 
mumkin emas.
Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. 
O‘ta keng tushunchalar sifatida ular universal qo‘llanish va butun olamni 
tavsiflashga da'vogar bo‘lishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar 
dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman 
olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, 
kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi 
sifatida amal qiladi. Shuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli 
hodisalarni bilish va o‘zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani 
bajaradi.



Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, 
umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me'yorlarini yaratish 
orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va 
universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda 
kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. 
Ular fan tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan ob'ekti faqat 
kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.
Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish 
predmetining o‘ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks 
ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish 
dunyoqarashning shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, 
falsafa va umuman ma'naviy madaniyatning rivojlanishiga qarab o‘zgarib 
boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat 
kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi 
jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish 
tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar 
apparatini yanada boyitadi.


Xulosa

Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari 
bo‘lib, ularda ob'ektiv voqyelikda mavjud bo‘lgan umumiy 
aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. 
Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati 
mujassamlashadi.
Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va 
kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham 
bo‘lmas edi. Kategoriyalar ob'ektivlik, muayyanlik, 
amaliyot bilan bog‘liqlik va tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va 
shu kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini 
ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.


E’tiboringiz uchun rahmat!

Document Outline

  • Slide 1: Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.
  • Slide 2: Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14: Xulosa 
  • Slide 15: Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Slide 16: E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 59.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling