Tayyorladi: Orziqulova Dilyora
Download 59.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Мустакил иш Алижонова Мафтуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. Tayyorladi: Orziqulova Dilyora Tekshirdi: Iskandarov.Sh Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli. REJA: Kirish Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyoti Falsafa tarixida kategoriyalarga nisbatan turli yondoshuvlar. Sharq an'anasida ham, qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini anglashga harakat qilingan. Dialektika kategoriyalariga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan. Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog‘liq. Falsafa tarixida Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning «Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan. («Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta'riflab, haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir deb ta'kidlagan. Ammo «Metafizika» asarida (lot. metaphisica – butun borliqning ilk asoslari haqidagi ta'limot) Aristotel olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va falsafiy kategoriyalar materiya, shakl, sabab, zaruriyat kabilar haqida so‘z yuritadi, bu kategoriyalarga ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda tutuvchi ontologik ma'no yuklaydi. Bundan fikrdagi ziddiyat u yanglish ekanligining bosh belgisi, borliqning ziddiyatligi haqidagi ta'limot esa – u haqqoniy ekanligining bosh belgisi, degan xulosa kelib chiqadi. Biroq borliq ziddiyatlari haqidagi fikr qanday qilib ziddiyatlardan xoli bo‘lishi mumkin? Hamonki u borliqning ziddiyatligiga ishora qilmas ekan, u qanday qilib haqqoniy bo‘lishi mumkin? Shu tariqa falsafiy kategoriyalar va formal mantiq kategoriyalari o‘rtasida farq yuzaga keladi. Keyinchalik bu farq formal va dialektik mantiq o‘rtasidagi ziddiyatga aylanadi. Formal mantiq biz qanday fikrlashimiz lozimligini ko‘rsatib, normativ funksiyani bajarish uchun mo‘ljallangan fikrlash qonunlari bilan cheklanadi. Dialektik mantiq ham fikrlash va bilish metodlariga qo‘yiladigan talablari bajarilishi lozimligini ko‘rsatadi, biroq ayni vaqtda u dialektik mantiq qonunlari nafaqat bizning tafakkurimizda, balki narsalarning o‘z tabiatida ham amal qiladi, degan fikrga asoslanadi. Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili. Yangi davrda fan yanada rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‘radilar. Insonning aqli tabiat hodisalarining o‘xshash o‘zaro ta'sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o‘rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalariga ko‘ar o‘xshash, ikkinchi darajali xossalariga ko‘ra esa bir- biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal invarianti 1 hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy e'tibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab yetilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning o‘zaro nisbati muammosidir. XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yig‘ish darajasida bo‘lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman o‘zgarmas narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik to‘plami sifatida tasavvur qilingan, bunda narsalar va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalar doim ham teran asoslanmagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‘p jihatdan yo‘qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar to‘qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‘zgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e'tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligiga emas, balki asosan ularning miqdor jihatiga qaratishga da'vat etgan. Shunday qilib, qadimgilar dialektikasi o‘rnini ma'lum darajada dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan « metafizika » egallaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, « metafizika » atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‘limi - ontologiya sifatida tushuniladi. Marksistik an'anada «metafizika» atamasi salbiy ma'no kasb etdi: dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi. Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida o‘rin olgan tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‘oyasi; G.Leybnits ta'riflab bergan rivojlanish g‘oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-tuman aloqalarning o‘rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat dialektikasi; yer evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy yondashuvning nazariy ahamiyatini namoyish etgan Quyosh tizimsining kelib chiqishi haqidagi Kant – Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi – o‘sha davr fani yutuqlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir. Shu sababli Yangi davr va Ma'rifat davri falsafasi dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining o‘ziga xos va ancha yetuk bosqichi hisoblanadi. Ma'lumki, G. Gegel falsafasining eng kuchli tomoni dialektika hisoblanadi. U dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida dunyo mutlaq ruhning o‘z-o‘zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo‘ladi. Mutlaq ruh bir vaqtning o‘zida ham substansiya (borliq asosi), ham sub'ekt, ya'ni o‘z rivojlanishi va bilishining manbaidir. Inkorni-inkor Gegel falsafasining asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish g‘oyasiga muvofiq mutlaq g‘oyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan o‘tadi: sof borliq (tezis), yo‘qlik (antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yo‘q bo‘lish sifatida, shakllanish (sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g‘oyasi Gegel falsafasini to‘la qamrab oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir kichik hujayrasi ham uch qismga bo‘linadi («Mantiq fani», «Naturfalsafa», «Ruh falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel ilohiy aqlga mos keladigan sof aql sohasi sifatida ta'riflaydi. U uch qismdan iborat: - borliq ; - mohiyat ; - tushuncha . Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin. 1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir. 3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha'n va qadr-qimmat, hayot ma'nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob'ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqyelikni bilish va ma'naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba'zi hollarda umumiy kategoriyalar, ya'ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substansion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat'iy nazar, alohida- alohida qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob'ektiv voqyelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. O‘tmish mutafakkirlarining dunyoqarashi qanday qonunlarga muvofiq o‘zgargan bo‘lsa, hozirgi zamon falsafasi ham shu qonunlarga muvofiq o‘zgarmoqda va rivojlanmoqda: fan va amaliyot muqarrar tarzda bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizga tuzatishlarini kiritmoqda. Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma'nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz . So‘z – fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi.U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang- barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi so‘zlarning ma'no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo‘ladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha teranroq bo‘ladi. Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya'ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Kategoriya (yunon. kategoria – ta'rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy- ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi. Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‘zlashtiriladi, ba'zan ular muayyan hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma'lum bo‘lmagan hodisani ifodalash uchun sun'iy tarzda yaratilgan so‘zlar – neologizmlar ham ancha ko‘p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya'ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‘ladi. Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma'lum darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‘ta keng tushunchalar sifatida ular universal qo‘llanish va butun olamni tavsiflashga da'vogar bo‘lishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida amal qiladi. Shuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o‘zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me'yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan ob'ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin. Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmetining o‘ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma'naviy madaniyatning rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Xulosa Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob'ektiv voqyelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi. Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar ob'ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik va tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va shu kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Foydalanilgan adabiyotlar. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009. E’tiboringiz uchun rahmat! Document Outline
Download 59.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling