Tayyorladi: Tekshirdi
Download 0.77 Mb.
|
MUSTAQIL ISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rеvmatik poliartrit
- Klinik ko‘rinishi
- Bo‘gim sindromi
- Kristall (tuzli) poliartrit
Oʻtkir poliartrit — 2 ga boʻlinadi: Birinchisi revmatik poliartrit-bunda boʻ-gʻimlarning yalligʻlanishi koʻpincha zardobli, fibrinli boʻlib, yalligʻlanish bir boʻgʻimdan ikkinchi boʻgʻimga oʻtadi va mayda boʻgʻimlarga tarqaladi. Ikkinchisi epidemik poliartrit— bunda bemor isitmalaydi, quvvatsizlanadi, boʻgʻimlar ogʻriydi, shishadi, terisi qizaradi, oyoq-qoʻl barmoklariga suv chechakdagiga oʻxshash toshmalar toshadi, harakati chegaralanadi.
Kasallikning surunkali koʻrinishiga organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, ichki sekretsiya bezlari funksiyasining oʻzgarishi, murtaklarning yalligʻlanishi sabab boʻladi. Rеvmatik poliartritBiriktiruvchi toʻqimaning tizimli yalligʻlanish kasalligi boʻlib, surunkali jadallashuvchi eroziyali-destruktivli poliartrit bilan ifodalanadi. Kasallikning bu turida ogʻriklar oʻziga xos koʻrinishda boʻladi: bunda yirik boʻgʻimlar jarohatlanib, asimmеtrik xaraktеrda boʻladi, ogʻriqlar «koʻchib yuruvchi» ko‘rinishni olib, jarayon bo‘g‘im- larda navbatma-navbat ko‘chib yuradi. Og‘riq yangi bo‘g‘imga ko‘chganda dastlabki bo‘g‘imdagi og‘riqlar kamayib harakat tiklanadi Klinik ko‘rinishiKasallikning boshlanishi har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha u asta-sekin, sust-prolongirlangan, lekin o‘tkir yoki yarim o‘tkir ko‘rinishida rivojlanadi. Xastalikning klinik ko‘rinishida muhim o‘rinni bo‘gim sindromi — 85 foizgacha, qolgan 15 foizni bo‘gimdan tashqari (visserial) turi tashkil qiladi. Visserial turining ilk ko‘rinishi qon tomirlar zararlanishining tarqashiga — (shikastlangan a’zo vaskulitiga) bog’liq. Xastalik boshlanishini qo‘zg‘atuvchi omillar: gripp, angina, yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi, asabiy taranglashish, sovqotish, bo‘gimning lat yeyishi, dori moddalari, homiladorlik va tug‘ish. Bo‘gim sindromiXastalik boshlanishidagi asosiy belgi — poliartralgiya — yallig‘lanishsiz og‘riq — simmetrik joylashgan mayda (ko‘proq bilak, kaft-panja va falangalararo) bo‘gimlar shikastlanishi (50%), qisman yirik bo‘g‘imlar (25%) va monoartrit (25%) vujudga keladi. Og‘riq ertalab va kunning birinchi yarmida kuchliroq bo‘ladi, kechga borib kamayadi. Og‘rik shikastlangan bo‘gimlarda o‘zgarmas, doimiy bo‘lib, kasallik ri- vojlangan sari sekin-asta kuchayib boradi. Bo‘gimlarda harakatning tangligi (siqiqligi), ayniqsa ertalab yoki davomli harakatsizlikdan so‘ng, revmatoid artritining eng ilk va turg‘un belgilaridan biridir. Bo‘g‘imlarda harakat juda qiyinchilik bilan bajariladi. Bu belgi bo‘gim atrofidagi to‘qimalar (periartikulyar) shishi, hamda qonda endogen glyukokortikoidlar miqdorining kamligi bilan tushuntiriladi. Kristall (tuzli) poliartritModdalar almashinuvi buzulishi natijasida bug’imlarda har xil kristall tuzlar to’planishi bilan xarakterlanadi. Infeksion poliartritRevmatizm, sepsis, podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy beradi. Bo‘g‘im kasalliklari revmatik kasalliklar tarkibiga kiradi. Bo‘g‘im kasalliklari 150 ta kasallikni o‘ziga qamrab olgan. Bular hammaga tanish revmatizm, artrit, osteoartrit, tizimli kasalliklar hisoblanadi. Bu kasallikar ichida eng ko‘p tarqalgani esa osteoartrit (osteoartroz)dir. Oldinlari bu kasallik yoshi kattalarda, ya'ni 60-70 yoshlilarda uchraydi, degan fikr bo‘lardi. Bugungi kunda bu kasallik yosharib, yoshlarda ham uchramoqda. Buning sabablari juda ko‘p, lekin aniq bir sababi haligacha aniqlanmagan. Kasallik kelib chiqishiga modda almashinuvining o‘zgarishi, ko‘p yoki kamharakatlilik, tashqi muhit, nasliy moyillik kabi bir qator sabablarni aytib o‘tishimiz mumkin. Bu kasallik mayda va yirik bo‘g‘imlarni ham shikastlaydi. Kasallikning oldi olinmasa, keyinchalik bemorning ahvoli og‘irlashishiga va hayot tarzining buzilishiga olib keladi. Eng ko‘p kuzatiladigan holat tizza bo‘g‘imlarda og‘riqning paydo bo‘lishi. Qaysi bo‘g‘im ko‘p ishlasa, o‘sha bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Osteoartrit (osteoartroz)ni oldini olish uchun albatta, birinchi navbatda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak. Umumiy qon tahlili, rentgen, MRT, kompyuter tomografiya usullarida tekshiruvdan o‘tish kasallikni vaqtida tashxislash imkonini beradi. Kasallikni 4 bosqichga bo‘lish mumkin. 4-bosqichda dori vositalari deyarli foyda bermaydi. Bu bosqichni jarrohlik usuli bilan davolash kerak bo‘ladi. bo‘g‘imlardagi og‘riqni uy sharoitida davolashning samarali usullari haqida foydali maslahatlar Aloy X alq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: jumladan oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yaralari, bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni tindirishda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko’payishining oldini oluvchi modda bor. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling