O'rta osiyoga qilingan sayohatlar. 3- bosqich
Bu bosqich oktabr to‘ntarishidan O‘zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davr. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiiy boyliklari tez sur’atlar bilan o‘zlashtirila boshlandi. Uning geologiyasi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot dunyosi, chuqur va har tomonlama o‘rganildi. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga N.L.Korjenevskiy, D.I.Sherbakov, D.V.Nalivkin, H.M.Abdullayev, Q. Zokirov, Ò. Zohidov, V.L.Shuls, L.N.Babushkin, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.Hasanov, N. A.Kogay va boshqa olimlar katta hissa qo‘shdilar.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin geografik tadqiqotlar
tabiatdan, uning boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, muhofaza qilish masalalarini o‘rganishga yo‘naltirildi. Ayniqsa, suv boyligimiz va uni muhofaza qilish, atrof- muhitni toza tutish, tabiiy geografik jarayonlarni, inson va tabiat munosabatlari masalalarini o‘rganishga e’tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |