Tayyorladi: umarov murodjon tekshirdi: alimova rahima
yillar davomida 18 ta markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqUMAROV MURODJON.
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
yillar davomida 18 ta markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari
hamda uning filiallariga qo‘shimcha arxiv saqlovxonasi qurish, 2 ta davlat arxivi va uning filialiga qo‘shimcha arxiv saqlovxonasi ajratish ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Mustaqillik yillarida MAF hujjatlarini butlash hamda saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, saqlovxonalarni havoni mo‘’tadillashtirish tizimi, yong‘inni o‘chirish va yong‘inga qarshi signalizatsiyaning zamonaviy tizimi, binoda va o‘quv zallarida perimetral nazorat va video kuzatish tizimi, metall stellajlar bilan, yig‘ma jildlarni kartonlashtirish uchun qutilar, davlat arxivlarini noyob va alohida qimmatli hujjatlarni restavratsiya qilish, konservatsiya qilish va ehtiyot nusxalari ko‘chirish uchun yuqori texnologiyali asbobuskunalar bilan jihozlashga e’tibor qaratilmoqda. • 2010-yil 15-iyunda “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda arxiv muassasasi, idoraviy arxiv, arxiv hujjati kabi o‘ziga xos institutlar mohiyati amaliyotga mos ravishda ajratilib, har birining haqqoniy tushunchasi yoritib berilgan. Bundan tashqari, unda MAF va davlat arxivlari qatori nodavlat arxivlar, idoraviy arxivlar, shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida ham butlanishi, hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-sonli Qaroriga ko‘ra “O‘zbosharxiv” “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. •Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 80 dan ortiq davlat arxivlari bo‘lib, ularda 6 mln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrabavaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan turli sohalar bo‘yicha tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-ma’rifiy izlanishlarda keng foydalanmoqda. Hozirgi kunda jahonda globallashuv jarayoni jadallashgan, axborot-texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga jadal kirib borayotgan davrda O‘zbekictonda arxiv ishini yanada takomillashtirish masalasi asosiy vazifa bo‘lmog‘i kerak. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling