Tayyorladi: Ummatov Alibek


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1742158
  1   2   3
Bog'liq
Avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligini



Avtomobil yo’llarida
harakat xavfsizligini
ta’minlovchi yo’l
tashkilotlari
Tayyorladi:
Ummatov Alibek


Reja:
1.Avtamobil yo’llari tashkiloti
2.Yo’lda harakatlanish
3.Tashkilot xizmatlari


Avtomobil yo‘llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga
keladi. Har bir haydovchi o‘ziga qulay harakat tartibini
tanlaydi hamda o‘zi tanlagan harakat tartibining boshqa
harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. 
Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik
sifati harakat tartibiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo‘l
harakatida avtomobillarning o‘zaro ta’siri harakat
miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha orta boradi. 
Yo‘l harakatini tashkil etish – transport vositalari oqimini
maksimal darajada yo‘lning geometrik o‘lcham
imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo‘laklarida
xavfsiz harakat tartibini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo‘l
harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to‘g‘ri
yo‘naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo‘yicha
guruhlarga ajratishga, har bir yo‘l bo‘lagi uchun ratsional
tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o‘z vaqtida
harakat marshruti va yo‘l sharoiti to‘g‘risida axborot
berishga qaratilgan. 


Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish
(harakatni boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor obektlarini
«yashil to‘lqin», «yashil ko‘cha» tizimi usulida ishlashi; 
tezlashuvchi – sekinlashuvchi, reversiv, rezerv tasmalardan
foydalanish, ba’zi bir ko‘chalarni bir tomonlama harakatga
o‘tkazish va h.k.) chorrahalarni har xil sathda o‘tkazish, 
shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini
ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo‘l harakatini
tashkil etishda axborot texnologiyalari yordamida avtobuslar, 
shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarning optimal 
harakatlanish grafigini to‘g‘ri tuzish katta ahamiyatga ega. 
Tig‘iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy
magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining
harakatini aylanma yo‘llar orqali o‘tkazishga intiniladi. 
Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va
avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o‘rnatiladi. Bu esa
harakat o‘zgarishinini yo‘lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo‘l
harakatini tashkil etishda quyidagi hujjatlarning ahamiyati
kattadir: “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasining qonuni; yo‘l harakati qoidasi; transport 
vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo‘l va ko‘chalar
uchun 6 qurilish me’yorlari va qoidalari. Shuningdek, harakat
xavfsizligi bo‘yicha soha me’yoriy hujjatlari.


Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo‘ldagi transport vositalari va
piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir- biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan
asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo‘l xo‘jaliklari, yo‘l harakati xavfsizligi organlari
va hokimiyat vakillari shug‘ullanadilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo‘l harakatini tashkil
qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo‘lning turli
bo‘lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o‘tkazish tushuniladi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling