Tayyorladi: Xusinboyeva Hilola axborotlashgan jamiyatda axborotalmashinuvining o'ziga xos xususiyatlari
Download 47.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqAXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXBOROTALMASHINUVINING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot texnologiyalarning kelib chiqish tarixi
- Informatio”
Tayyorladi:Xusinboyeva Hilola AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXBOROTALMASHINUVINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI REJA:
Axborot texnologiyalarning kelib chiqish tarixi. 2. Axborot texnologiyalarning o`ziga xos xususiyatlari. Axborot texnologiyalarning kelib chiqish tarixi. Texnologiya so`zi grekcha techne so`zidan kelib chiqqan. Techne - san`at, mohirlik degan ma`noni anglatadi. Axborot texnologiyalarining yoki informasion texnologiyalarning rivojlanishi bosqichlari xisoblash texnikasi rivojlanishi bosqichlari bilan bevosita boglikdir. 1. XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan davrda axborotlar texnologiyalari asosini pero, qalam, sex, buxgalteriya kitobi va boshkalar tashkil etgan. Kommunikasiya eki aloqa paketlar va xatlar junatish orkali amalga oshirilgan. Axborotni kayta ishlash unumdorligi nixoyatda past bo`lgan. 2. XIX asrning ikkinchi yarmida va ayniksa oxirida kul axborotlar texnologiyalari urnida mexanik axborotlar texnologiyalari shakllandi. Yozuv mashinkasi, telefon, diktafonlarning kashf etilishi mexanik axborotlar texnologiyalariga asos bo`lib xizmat qildi. 3. Keyinchalik elektr quvvati yordamida ishlaydigan mexanik apparatlar va mashinalar asosida elektromexanik axborotlar texnologiyalari vujudga keldi. 4. XX asrning 60-yillarida yaratilgan tezkor va serunumli elektron xisoblash mashinalari axborotlarni kayta ishlashda keng kullanila boshlandi. Katta tezkorlikka va xotira xajmiga ega bo`lgan EXMlar elektron eki kompyuterli axborotlar texnologiyalariga asos soldi. Xozirgi kunda axborotni kayta ishlash uchun keng imkoniyatlarga ega bo`lgan kompyuterlar IBM PC va Pentium shaxsiy kompyuterlaridir. Bu kompyuterlar asosida axborotlar texnologiyalaring yangi konsepsiyasi shakllanmokda b turuvchi xatti xarakat, ko`pchilik tomonidan qabo`l qilingan xulq atvor, qoidalar ko`nikmasidir. Respublikamizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish mobayida informatika va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida keng tatbiq qilish masalasi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan, Internet texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish masalalari alohida uqtiriladi. “Informatio” so`zi lotin tilidan olingan bo`lib “tushuntirish, tanishtirish, bayon etish” ma`nolarini anglatadi va o`zbek tilida axborot deb tarjima qilingan. Aksariyat hollarda “axborot” so`zi o`rnida “berilganlar” degan ancha farq qiluvchi so`z ham ishlatilgan. Axborot - aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilgan (ma`lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o`z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo`yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to`g`risidagi bilimni oshirish paytida u azborotga aylanadi. N.Viner axborotni tashqi dunyodan unga moslanish jarayonida olinadigan mazmun belgisi, Shennon fikricha, jarayonida noaniqlik yo`qoladigan kommunikatsiya va aloqa, Eshbi fikricha, turli narsalarni uzatish, Mol` aytishicha, tuzilmalarning murakkablik o`lchovi hamda Yaglom ta`kidlashicha, tanlash ehtimolligi sifatida tavsiflanadigan tushuncha. Umuman olganda, axborotni keng va tor ma`noda tushinish mumkin. Keng ma`noda axborotga haqiqiy dunyoni aks ettirish, deya ta`rif berilsa, tor ma`noda u saqlash, uzatish, o`zgartirish va boshqarish predmetidan iborat ixtiyoriy ma`lumotlar sifatida tavsiflanadi. Axborotning o`zini esa, biror ob`yekt, atrof-muhitning ma`lum bo`lagi yoki ma`lum jarayoni haqidagi, aniqsizlik darajasini kamaytiradigan belgilar, parametrlar, tafsilotlar, yo`riqlarning majmuasi deyishi mumkin. O`z navbatida xabar axborotni tasfirlash shakli bo`lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, video tasfir kabi ko`rinishlarda ifodalanadi. Zamonaviy mazmunda axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan, kompyuter orasidagi ma`lumot almashinuvi bo`lib, keng ma`nodagi ilmiy tushunchadir. O`z navbatida, insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga, fanning har bir tarmog`i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo`lsin, undagi axborot o`zining maxsus jihatlari bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodiyot, huquq, filologiya va jurnalistikaga oid axborotlar to`g`risida so`zlaydigan bo`lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur bo`lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma`lumotlar to`plami, deb hisoblanadi. Axborotni amalda qo`llashning zarur sharti – uning o`z vaqtidagi va adekvatligidir. Adekvatlik olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob`ektga qanchalik mosligini ifodalaydi va u quyidagi uch shaklda ifodalanadi: sintaktik adekvatlik – axborotni uzatish tezligining aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta`sirlarning mavjudligi; semantik adekvatligi – uzatiladigan axborotning ma`naviy tarkibi, ob`ekt obraziga va haqiqiy ko`rinishiga mos kelishi; pragmatik adekvatligi – olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishi. Yuqoridagilarning mohiyatini yanada chuqurroq tasavvur etish uchun misol keltiramiz. Faraz qilaylik, Siz bolalar bog`chasining menejeri (boshqaruvchisi) bo`lib ishlaysiz va bog`chalar namoyish etuvchi ko`rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko`rgazma bo`ladigan joy, vaqti va ishtirokchilar tarkibi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan. Agar taklifnomani ko`rgazma yopilgandan so`ng olsangiz, u Sizga kerak bo`lmay qolardi, ya`ni o`z vaqtida emasligi sababli undan foydalanib bo`lmasligiga olib kelar edi. Sintaktik moslik talablarini bajarish uchun taklifnoma qog`ozi butun bo`lishi, qattiq qog`ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o`qilishi ta`minlanadi, boshqacha qilib aytganda, unda nima yozilganligi emas, balki faqat axborotni uzatish jarayoni to`g`risida ma`lum qilinadi. Semantik adekvatlik taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu ma`noda bog`chalar tartib raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo`lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi. Pragmatik moslik taklifnomadagi ma`lumotlarning foydaliligi bilan belgilanadi. Ya`ni taklifnomadan foydalanib, kerakli ko`rgazma zalini tez va o`z vaqtida topa olsangiz – vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo`lasiz. Ma`lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma`naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo`lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib qurish, tabiat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og`izdan-og`izga ko`chuvchi ma`lumot, oila, qabila va millat-elatlar mavqeini belgilovchi manba hamda boylik sifatida qadrlangan. Urush bo`lgan davrlarda esa, dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma`lumot hayot-mamot masalasi bo`lgan. Shu bois, ma`lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkor uzatish va to`g`ri tahlil qilish kabi masalalar dolzarb bo`lib kelgan. Masalan, ma`lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog`oz yaratilgan, tezkor va ta`sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ixtiro qilingan. Katta hajmdagi ma`lumotni to`g`ri va tezkor tarzda qayta ishlash maqsadida esa, kompyuter o`ylab topilgan. Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan-texnika yuqori cho`qqilarga ko`tarilgan zamonda ham ma`lumot yoki axborot o`ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo`ladi. Endilikda yangi ma`lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq, hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o`z vaqtida olingan sifatli ma`lumotlarga bog`liq, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Bu – mutaxassislarning kuch-qudrati, bir tomondan, o`z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, kompyuterlar zamonaviy axborot texnologiyalarini o`zlashtirganliklarida namoyon bo`ladi. Haqiqatan ham, kompyuter, aniqrog`i u va unga ulanadigan tashqi qurilmalar majmuasi axborot – kompyuter – axborot tizimiga ko`ra ma`lumotni qayta ishlaydi. Ko`p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma`lumotlar ombori sifatida namoyon bo`ladi, unda hosil qilingan axborot esa, o`z iste`molchisiga ega bo`lgan yuqori baholi tovar sifatida qadrlanadi. Xulosa qilib aytganda, bir tomondan eng xaridorgir tovar – yangi ma`lumotni yaratish, qayta ishlash va uzatish bo`yicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish va talab yuqori bo`lgan mutaxassisliklarni shakllantirish bo`lsa, ikkinchi tomondan, bu maqsadga erishishda ularga murabbiylik qilish va sharoitlarni yaratish olimlarning vazifasidir. Axborotning vujudga kelish va rivojlanish omillari ikki, ya`ni ichki va tashqi turda bo`ladi: Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling