Tayyorladi:Órinboyev Yodgor Tekshirdi: Muhammedova Nurxon


Download 8.4 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi8.4 Kb.
#1624500
  1   2   3
Bog'liq
Yodgor ppt endokrin

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Kafedra:Tibbiy va biologik kimyo

Fan:Biokimyo

Mavzu:Fiziologik faol moddalar va endokrin tizimi biokimyosi

Tayyorladi:Órinboyev Yodgor

Tekshirdi:Muhammedova Nurxon

REJA 1.Fiziologik faol moddalar tasnifi 2.Endokirin va nerv sistemasining bog’liqligi 3.Gipotalamo-gipofizar sistema 4.Jinsiy gormonlar ta’sir mexanizmi

Organizmning organ va tizimlar faoliyatini boshqarishda endokrin tiziminihg vazifasi muhimdir. Bu tizim organlari ichki sеkrеsiya bеzlari bo’lib, ular o’zidan murakkab tuzilishga ega bo’lgan biologik faol moddalar - gormonlar ishlab chiqaradilar. Gormon yunoncha “horman” so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, “qo’zg’ataman” dеgan ma’noni bеradi. Gormonlar biologik faolligi juda yuqori moddalar bo’lib, ularning oz miqdori ham organizmda chuqur morfologik va funksional o’zgarishlarni kеltirib chiqaradi. Ichki sеkrеsiya bеzlarida ishlab chiqarilgan gormonlar qonga, limfaga yoki to’qima suyuqligiga ajralib turadi. Endokrin bеzlarda maxsus gormon chiqaradigan yo’l bo’lmaydi. Shuning uchun ham ularni endokrin bеzlar dеydilar (yunoncha “endon” ichkari, “krinein” ajrataman).  Ichki sеkrеsiya bеzlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, ayrisimon, mе’da osti bеzi, buyrak usti va jinsiy bеzlar kiradi

Ichki sеkrеsiya bеzlariga gipofiz epifiz qalqonsimon ayrisimon mе’da osti bеzi buyrak usti jinsiy bеzlar kiradi

Kimyoviy tabiatiga ko'ra gormonlar uch guruhga bo’linadi 1. Peptid (oqsil) tabiatli gormonlar: a) murakkab oqsillar - glikoproteinlar; bularga FSG-follikulstimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon, TTG-tireotrop gormon va boshqalar; b) oddiy oqsillar: prolaktin, insulin va boshqalar kiradi; d) peptidlar: AKTG-adrenokortikotrop gormon, glyukagon, kalsiytonin, somatostatin, vazopressin, oksitotsin va boshqalar kiradi. 2.Aminokislotalar unumlari: katexolaminlar, tireoid gormonlar, melatonin va boshqalar kiradi. 3. Steroid birikmalar va yog* kislotalar unumlari (prostaglandinlar). Steroidlar gormonlaming katta guruhini tashkil qiladi; ularga buyrak usti bezlari gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar va estrogenlar) kiradi.


Download 8.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling