Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Download 0.91 Mb.
|
Malakaviy Ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ι BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR . 1.1 Loyiha va loyihalashtirish texnologiyalarining mohiyati
- 5-bosqich.
- “g‘oya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – rejalashtirish”
- Ta’lim jarayonini loyihalash
- Ta’lim jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi
- 1.2 Modulli ta‘lim tizimining nazariy asoslari
- 1-tamoyili
- 1.3 Modulli oqitishning tamoyillari
- Fan boyicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli oqitish texnologiyasi
- 1.4 Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari.
- Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi
- Komandada o’qitish(R.Slavin)
- Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish
- Hamkorlikda o’qitishning “zigzag yoki arra” metodi yordamida tashkil etish(E.Aronson, 1978)
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Imom al-Buxoriy asarlarida ta’lim-tarbiya
- Malaka ishinining mazmun-mohiyatini ochib ber ishga xizmat qiladigan kalit so‘z lar
- O‘zbekcha inglizcha
- Tinglovchi Djumanova Zubayda Xujakulovnaning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan YO‘L XARITASI
- Amalga oshiriladigan tadbir (muammo) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati (yil
Mustaqillik davri O‘zbekiston tarixida tom ma’noda islohotlar davri bo’lib kirdi desak xato bo‘lmaydi. Zero, har qanday davlat o„z tizimi mohiyatidan kelib chiqib maqsad-muddaolarini belgilar ekan, maqsad-muddaolar mazmunidan kelib chiqib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ma‟lum islohotlarni amalga oshiradi. Ushbu islohotlar o„z navbatida buyuk kelajakning asosi bo„lgan – ta‟lim-tarbiya tizimida ham chuqur va istiqbolli islohotlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantirdi. Ma‟lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o„quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq taminlash vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Yurtimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg„unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg„or texnologiyalarni egallagan insonlargina o„z oldimizga qo„ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o„zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.1 Ta‟lim – aqlli, ongli, jismoniy va g„oyaviy sog„lom, kasb-kor ko„nikmalariga ega, vatanparvar, mard, jasur, vijdonli, burch-ma‟suliyatli, baynalminallik va tadbirkorlik sifatlariga ega bo„lgan, shu bilan birga erkin fikrli shaxslarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya – yosh avlodni ob‟ektiv va sub‟ektiv ta‟sirlar asosida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayoni bo„lib, tarbiyachi o„zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma‟lum maqsadga yo„naltirilgan tizimli ta‟sir ko„rsatishiga aytiladi. Tarbiya mazmuni ta‟lim va ma‟lumot olish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmuni bilan chambarchas bog„liq bo„lib, ularning natijalarini o„zida aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro`y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o`zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai-nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko`rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo`lgan shaxs o`z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.Ι BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. 1.1 Loyiha va loyihalashtirish texnologiyalarining mohiyati Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. Loyihalash (lot. projectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi. Loyihalash metodi ta'lim oluvchilarni quyidagilarga: fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo'ljal olish; faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g'oyalami ilgari stjrish, tadqiqot o'tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash; o'z faoliyati natijasiga mas'ul bo'lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to'g'rilash; turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash); jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida qatnashishga rag'batlantiradi. Loyihalash metodini qo'llab, dars o'tish jarayonida o'quvchi, talabalarning vazifasi: iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish. O'qituvchining vazifasi: o'quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo'lishi uchun sharoit yaratish. Bu metodni iqtisodiy fanlami o'rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab 23 chiqishni o'rganadilar. Nazariy va amaliy mashg'ulotlami qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya'ni darsni qanday o'tkazishni mufassal rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o'z faoliyatlarini rejalashtirishni o'rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o'ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur. Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo'yicha qo'llash juda qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo'yilgan muammoni yecha olmaydi. Uchinchidan, bu metod o'qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o'z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi. Loyihalash metodini qo'llash uchun birinchi navbatda loyihalash ob‟yektini aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini qanday bo'lishini belgilaymiz. 1. Bu o'tilayotgan mavzu bo'yicha qo'yilgan savol yoki yechimini kutayotgan dolzarb masala bo'lishi mumkin. Loyiha talabalarning o'z xohishlari, qiziqishlariga ko'ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo'lishi mumkin yoki o'qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni to'plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo'yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi. 2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz. 3. Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya'ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo'lishi, haddan tashqari murakkab bo'lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi. 4. Loyiha qatnashchilari belgilanadi. Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad birlashtiradi. 24 Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo'yiladi. 5. Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo'linsa, uni harr^muddatlari bilan ko'rsatiladi. 6. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari: 1- bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham ko'rsatiladi. 2- bosqich.Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi. Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh bo'yicha qo'yilgan vazifalami bajaradilar. Material, axborot to'playdilar. To'plangan ma'lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi. 3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xoniaki varianti yozib chiqiladi. So'ngra yakuniy variant tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi. 4-bosqich. Loyihaning so'nggi varianti ekspertga, taqr ga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan bo'lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matilda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o'xshash materiallar bo'lishi shart. 5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini elon qilingach, lugallangan hisoblanadi. 6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida jyiiri yoki komissiya a'zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a'zolari tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan" loyihani ko'rib chiqib, tanlanib, so'ngra tayyorlangan hisobot ko'rib chiqiladi. Hay`at ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar muammoni o'rganish darajasi, matnni aniq. tushunarli tarzda bayon qilinishi, o'ziga xosligi, rasmiylashtirish sifati, ko'rgazmali, namoyish 25 materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan bo'lishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalarni o'qituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay'at baholashi mumkin. O’zaro bog’liq qismlardan tashkil topgan tuzilmaga tizim(loyiha) deyiladi. Loyiha – aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli. Loyiha dastur, model, texnologik xarita va b. ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Loyihaning asosini ilmiy yoki ijodiy xarakterga ega g‘oya tashkil etadiagar ma'lumotlarning biror elеmеntiga murojaat qilish kеrak bo’lsa tashqi xotira bilan aloqa o’rnatiladi, lеkin barcha tizim tashqi xotira qurilmasi tеzligida ishlaydi. Bu tеzlikni oshirishning amaliy yagona usulilaridan biri bu opеrativ xotiraga ma'lumotlarni bufеrizatsiya qilishdir. Loyihalash – boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat. Loyihalash – boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat. Loyihalash “g‘oya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – rejalashtirish” tizimiga asoslanadi. Loyihani yaratish uchun pedagog: jarayonni bosqichma-bosqich yoritish; maqsadni aniq belgilash; maqsadga mos vazifalarni aniqlash; o‘quv materiali mazmunini shakllantirish; savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish; jarayon yoki tadbirning metodik tuzilishini asoslash; o‘quvchi bilim darajasini tashxislash va uning tarbiyalanganlik darajasini baholash kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur. Loyihalash metodi - pedagogikaning pragmatik(amaliy) yo‘nalishiga asoslangan holda, ta’lim jarayonida o‘quvchilarga beriladigan amaliy topshiriqlarni loyihalash va ularni o‘quvchilarning bajarishlari jarayonida bilim va ko‘nikmalarni namoyon qilishlarini ta’minlovchi ta’lim shaklidir. Ta’lim jarayonini loyihalash – alohida olingan ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish hisoblanadi. O‘quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani to‘g‘ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlari oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Ta’lim jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi: Loyihani yaratish O‘quvchilar faoliyatini tashxislash Pedagogik jarayonni tashkil etish Pedagogik jarayonning samarali kechishini ta’minlash O‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish Ta’lim jarayonini loyihalashda bajariladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish; natijalarni oldindin ko‘ra bilish; rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish Ta’lim jarayonini loyihalash, odatda, texnologik pasport va texnologik xaritalar vositasida amalga oshiriladi. Yuqorida texnologik xarita haqida fikr yuritdik. Texnologik pasport (pedagogikada) – ta’lim yoki ma’naviy-ma’rifiy tadbirning asosiy ko‘rsatkichlari va ularning texnologik tavsifini yorituvchi hujjatdir 1.2 Modulli ta‘lim tizimining nazariy asoslari Ta‘lim jarayonida alohida modullar asosida o‘quv faoliyatini tashkil etilishi o‘quvchining ta‘lim faoliyatining sub‘ekti sifatida mustaqil, rejali bilim o‘zlash-tirishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishida katta imkoniyatlar yaratadi. Modulli texnalo-giyani amaliyotga qo‘llash o‘qituvchidan modulli ta‘lim prinsiplarini yaxshi bilishni talab etadi: Modullilikning 1-tamoyili ta‘limning konstruktivligidir:
Modul dasturini loyixalashga kirishishdan oldin o‘qituvchi o‘zining yangi funktsiyasini aniq anglab olmog‘i lozim.Uning yangiligi shundan iboratki, o‘qituvchi: - o‘quvchilarning biluv faoliyatini boshqaradi, ya‘ni, o‘qituvchi tayyor bilimni beruvchi emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy - biluv faoliyatining tashkilotchisiga aylanadi; - darsda o‘quvchilarni biluv faoliyatiga qiziqtirib (motiv), ularning o‘quv predmetiga ijobiy munosabatini tarbiyalaydi; - darsda o‘quvchilarni axborot materiallari bilan ishlashga o‘rgatadi va mustaqil ishlarni tashkil etadi; - ta‘limning jamoa usulidan foydalanib, barcha o‘quvchilarni ijodiy ishlashga jalb etadi, ular o‘rtasida o‘zaro yordamni tashkil etadi; - muvaffaqiyatga erishish vaziyatini yaratadi, ya‘ni, har bir o‘quvchining kuchi yetadigan topshiriqlar va ularning metodikasini ishlab chiqadi, ijobiy hamkorlik muhitini yaratadi; - o‘quvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholashini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda modulli ta‘limning mohiyati shundaki, o‘quvchi modullar bilan ishlash jarayonida o‘quv-biluv faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsadga mustaqil ravishda to‘liq erishadi (ba‘zida o‘qituvchi yordamidan foydalanadi). Modul – ta‘lim mazmunining shunday bir yaxlit bo‘lagiki, u ta‘lim mazmuni va uning texnologiyasi birlashtirilgan yuqori darajadagi yaxlit tizimidir. Modul tarkibi: - ta‘sirlarning maqsadli rejasi, axborot banki, didaktik maqsadga erishishga metodik rahbarlik. Modulli ta‘limning boshqa ta‘lim tizimlaridan farqlari quyidagilar: 1. ta‘lim mazmuni alohida tugallangan mustaqil qismlar(bloklar)dan iborat bo‘lishi va ularni o‘zlashtirish ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqishi lozim. Didaktik maqsad o‘quvchi uchun belgilanadi va u faqat o‘quv materiali hajmini o‘zlashtirishga oid ko‘rsamalarni emas, balki o‘zlashtirish darajasini ham o‘z ichiga oladi. Har bir o‘quvchi modulni qanday o‘rganish kerakligi, zaruriy o‘quv materiallarini qanday topishi kerakligi haqida o‘qituvchidan yozma tavsiyalar oladi. 2. o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot individual tarzda yoki modullar asosida o‘tadi. Faqat modulgina ta‘limni sub‘ekt-sub‘ekt asosida o‘tishiga yordam beradi. 3. har bir o‘quvchi o‘z faoliyati davomida vaqtining ko‘p qismini mustaqil ishlashga , maqsad asosida o‘qishga, ishni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilish va tekshirishga bag‘ishlaydi. Shunday qilib har bir o‘quvchi o‘z bilim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi, bilim va ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni anglaydi. 4. o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini modullar orqali yoki bevosita boshqaradi. Bevosita boshqarganda u aniq maqsad asosida va o‘quvchi bilan yaxshi munosabatda bo‘lib boshqaradi. 5. Chop etilgan modullarning mavjudligi o‘qituvchiga o‘quvchilarning har biriga individual maslahat bera olish va o‘quvchiga qanday yordam qilishni belgilab olish imkoniyatini beradi. Bilim o‘zlashtirish etaplari logikasi – idrok etish, anglash, esda qoldirish, amaliyotga qo‘llash, umumlashtirish, tizimlash kabilar asosida o‘quvchi faoliyati tarkibini belgilash – modul qurilishida eng muhim asosdir.
Quyidagi tamoyillar modulli o'qitish texnologiyasining asosini tashldl etadi: 1. Faoliyatlik tamoyili: Bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko'ra modullar fan bo'yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuvi asosida tuzilishi mumkin. Modulli o'qitish texnologiyasida fan bo'yicha faoliyat yondashuvida, modullarni o'quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida, tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyat tahlili asosida, shakllantiriladi. 2. Tenglik, teng huquqlik tamoyili. Bu tamoyil, pedagog va o'quvchining o'zaro munosabati subyekt - subyekt xarakterligini belgilaydi. Bu esa, modulli o'qitish texnologiyasini, shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini ko'rsatadi. YA'ni modulli o'qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga moslashgan bo'Iadi. 3. Tizimli kvantlash tamovili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, muhandislik bilimlar konsepsiyasi, didaktik biriiklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi. Shular bilan bir qatorda, bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi: katta hajmdagi o'quv materiali, qiyinchilik bilan va xohishsiz (istalmasdan) eslanadi; ma'lum tizimda qisqartirilgan holda berilgan o'quv materiali, osonroq o'zlashtiriladi; o'quv materialidagi, tayanch qismlarning ajratilib ko'rsatilishi, eslab qolish faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda o'quv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik tashkil etish lozim. Tizimli kvantlash tamoyili, o'quv axborotning tegishli strukturasini modulda tuzish yo'li bilan erishiladi. Modul umumiy ko'rinishda quyidagi elementlardan iborat bo'lishi mumkin: tarixiy - bu muammo, teorema, masala, tushunchalarni tarixiga qisqacha sharx berish; muammoli - bu muammoni shakllantirish; tizimli - bu modul tarkibining tizimli namoyon etish; faollashtirish - bu yangi o'quv materialini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko'rsatish; nazariy - bu asosiy o'quv material! bo'lib, unda - didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipoteza (faraz)ni asoslash, muammoni yechish yo'llari oehib ko'rsatiladi; tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o'quv tajribasi, ishni va boshqalarni) bayon etish; umumlashtirish - bu muammo yechimining tasviri va modul mazmunini umumlashtirish; qo'llanish - bu harakatlarning yangi usullarini va o'rganilgan materialni amaliyotda qo'llash bo'yicha masalalar tizimini ishlab chiqish; xatoliklar - o'quvchining modul mazmunini o'rganishdagi o'zlashtirishda kuzatiladigan bir turdagi xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo'llarini ko'rsatish; ulanish - o'tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan yondosh fanlar bilan bog'liqligini namoyon etish; chuqurlashtirish - iqtidorli o'quvchilar uchun yuqori murakkabli o'quv materialini taqdim etish; test-sinovlash - modul mazmunini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish darajasini testlar yordamida nazorat qilish va baholash. O'quv materialining o'zlashtirilishiga mashg'ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko'rsatiiganligi, modul mazmunini boshqa modullar bilan bog'liqligi, shu modulni o'rganishdagi o'quvchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega. 4. Motivatsiva (qiziqishni uyg'otish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati, o'quvchining o'quv-bilim olish faoliyatini rag'batlantirishdan iborat bo'ladi. Bu asosiy qoidadir. Modulning o'quv materialiga qiziqishni uyg'otish, bilim olishga rag'batlantirish, mashg'ulotlar paytida faol ijodiy fikrlashga da'vat etish, modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi. 5. Modullik tamoyili. Bu tamoyil o'qitishni individuallashtirishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Birinchidan, modulning dinamik strukturasi fan mazmunini uch xil ko'rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi: to'la qisqartirilgan chuqurlashtirilgan. O'qitishning u yoki bu turini tanlash o'quvchiga havola qilinadi. Ikkinchidan, modul mazmunini o'zlashtirishda, usul va shakllarning turliligida ham modullik namoyon bo'ladi. Bu esa o'qitishning faollashtirilgan shakl va usullari (dialog, mustaqil o'qish, o'quv va imitatsion o'yinlar va hokazo), hamda muammoli ma'ruzalar, seminarlar, maslahatlar bo'lishi mumkin. Uchinchidan, modullik, yangi materialni pog'onasimon o'zlashtirishda ta'minlanadi, ya'ni har bir fan va har bir modulda o'qitish oddiydan murakkabga qarab yo'nalgan bo'ladi. To'rtinchidan, modulga kiruvchi o'quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli, o'quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati ko'zda tutiladi. 6. Muammolik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg'ulotlarni amaliy yo'naltirilganligi tufayli, o'quv materialining o'zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi. Mashg'ulotlar paytida gipoteza (faraz) qo'yiladi, uning asoslanganligi ko'rsatiladi va bu muammoning yechimi beriladi. Ko'pchilik hollarda bizning o'qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar (ular hatto yangi bo'lsa ham), ammo misol uchun AQShda o'qituvchi masalani o'rganish uslubini, o'zi qo'ygan muammoni yechish yo'llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko'rsatadi va tushuntiradi. Ya'ni u tadqiqotchi sifatida namoyon bo'ladi. Birinchi navbatda, ayniqsa, ana shu narsa o'quvchini qiziqtirib qo'yadi, unda ijodiy fikrlash va faollikni tug'diradi. 7. Kognitiv vizuallik (ko'z bilan kuzatiladiganl tamovil. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko'ra o'qitishdagi ko'rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shubilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan, shuning uchun kognitiv grafika-sun'iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo'lib, murakkab obyektlar kompyuter suratchalaii ko'rinishida tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo'lib, rangli bajarilgan, kognitiv-grafik o'quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi. Shuning uchun rasmchalar, modulning asosiy bosh element! hisoblanadilar. Bu esa: Birincbidan, o'quvchining ko'rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ya'ni o'rganish jarayoniga miyaning tasviriy o'ng yarim shari boy imkoniyatlari qo'shiladi. Ikkinchidan, o'quv materiali mazmunini o'zida zich joylashtirib ravshan ko'rsatuvchi surat (rasm), o'quvchida tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi. Uchinchidan rangli suratlar, o'quv informatsion materiatni qabul qilinish va eslanish samarasini oshiradi, hamda o'quvchilarni estetik tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Insonning bilim olishi, fikrlashning xuddi ikkita mexanizmdan foydalanganidek bo'ladi: ulaming biri simvolli bo'lsa, ikkinchisi geometrik (algebraik) bo'ladi. Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonining faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik (algebraik) mexanizmlarni o'z ichiga olgan, bilim berishni uyg'unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik (ko'zga ko'rinuvcbi) axborot miyaning o'ng yarim shari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma'lurnotli mutaxassis uchun zarur bo'lgan, tasviriy fikrlash qobiliyatini, intuitsiyasini rivojlantiradi. Buyuk olim A. Eynshteyn aytganidek «inruitsiya xaqiqatda eng katta boylikdir. Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan simvollar orqali shu bilan birga biz anglamasdan kechadi». Haqiqatda ilm-fan gepotezasiz (farazsiz), faraz zsa intuitsiyasiz mavjud bo'lmaydi. Shu bilan birga, ko'rgazmali axborot og'zaki axborotdan ko'ra, ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko'rish mexanizmining axborotni qabul qilish qobiliyati, eshitishnikidan ko'ra ancha yuqoridir. Bu esa o'z navbatida, ko'rish tizimiga, inson qabul qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko'rgazmali axborot bir vaqtning o'zida beriladi. Shuning uchun axborotni qabul qilish va eslashga og'zaki axborotdan ko'ra kam vaqt talab etiladi. Ko'rgazmali axborot ishlatilganda, tasavvur hosil bo'lishi og'zaki bayondan ko'ra o'rtacha 5-6 martaba tezroq kechadi. Insonning ko'rgazmali axborotdan ta'sirlanishi, og'zaki axborotdan ko'ra ancha yuqori bo'ladi. Ko'pchilik hollarda u oxirgisini o'tkazib yuboradi. Ko'rgazmali axborotni qayta takrorlash oson va aniqroqdir. Odamning ko'rgazmali axborotga ishoncbi, og'zaki axborotdan ko'ra yuqori bo'ladi. Shuning uchun «yuz bor eshitgandan ko'ra, bir bor ko'rmoq afzabroqdir» deb bejiz aytilmagandir. Shu bilan birga, ko'rgazmali axborotda, qabul qilish va eslash unumi, uni ko'rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog'liq bo'lmaydi, og'zaki axborotning o'zlashtirilishi esa bunga bog'liq bo'ladi. O'rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko'rgazmali axborotni qabul etish, o'qitish samarasini oshiradi. Shuning uchun o'quv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan axborotni ko'paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa, o'qitishni individuallashtirish zarurligini ko'rsatadi. 8. Xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o'qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, o'quvchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi, o'quvchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yerdam beradi. 9. O'quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil o'quvchilarda individual va mustaqil ishlash uchun o'quv vaqtining zahirasini yaratishga yo'naltirilgan bo'ladi. To'g'ri tashkil qilingan modulli o'qitish, o'qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o'qitishning barcha tamoyillarini to'la amalga oshirilganda, o'quv jarayoni kompyuterlashtirilganda, yondosh fanlarning o'quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin. 10. Texnologik tamovili, Bu tamoyil o'quvchilar tomonidan o'qitishning ko'zlangan natijalarga erishish kafolatini ta'minlovchi, o'qitish va bilimni o'zlashtirish jarayonini, tizimli modulli yondashuv asosida ro'yobga chiqarishni anglatadi. Mazkur tamoyil quyidagilar orqali ta'minlanadi: maksimal aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarni ishlab chiqish, ularni o'lchash va baholash mezonlarini tanlash; qo'yilgan o'quv maqsadlarga erishishiga yo'naltirilgan o'quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash; o'quv maqsadlarini, butun o'quv jarayonini o'qitish natijalariga kafolatli erishishga yo'naltirish; o'qitish natijalarini tezkor baholash va o'qitishga tuzatishlar kiritish; o'qitish natijalarini yakuniy baholash. Texnologik tamoyili, o'qitishni qayta takrorlanadigan jarayonga aylanishiga imkon beradi. Modulli o'qitish tizimida o'rgaruvchi sikllar soni, o'quv fanining modullari soniga teng bo'ladi. O'quv maqsadlariga erishish uchun o'quv me'yoriy hujjatlaming uzviyligini ta'minlash tayanch sharoitlarini яратиш зарур. Ушбу мақсадларда узвийлик тамойилини кўллаш тавсия этилади. 11. Uzviylik tamoyili. Bu tamoyil o'quv maqsadlariga erishish imkoniyatini ta'minlash uchun o'quv rejasi va dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishini anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga ko'ra, o'quv rejadagi soatlar mosligi ta'minlanadi. Modulli o'qitish tamoyillari - modulli o'qitish texnologiyalarning nazariy asoslaridir. Fan bo'yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasi Fan bo'yicha faoliyat yondashuvi ta'limning fanli tizimida modul metodologiyasini qo'llashni anglatadi. Bunday modulli o'qitish texnologiyasini oliy ta'lim tizimida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida, pedagog va muhandis-pedagoglar malakasini oshirish tizimlarida qo'llash maqsadga muvofiqdir. Fan bo'yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasida modul o'zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
o'quv fanining fundamental tushunchalari - muayyan hodisa, yoki qonun yoki bo'lim, yoki yirik bir mavzu, yoki o'zaro bog'liq tushunchalar guruhi o'quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o'rganishga (o'zlashtirishga) qaratilgan. Odatda modul - 3-6 soatli ma'ruzaviy mashg'ulotlar va shu bilan bog’liq bo'lgan amaliy (seminar), laboratoriya mashg'ulotlaridan iborat bo'ladi. Fanning tushuntiruv apparatini qatiy tizimli (ko'p qirrali) tahlili asosida, eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni mantiqan va kompakt guruhlash imkoniyatini beradi. Modul - mustaqil tarkibiy birlik bo'lgani uchun, ba'zi hollarda, alohida o'quvchilarga fanni to'laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli o'quvchilarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini rug'diradi. Modulli o'qitishda, o'quv dasturlarini to'la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali, o'qitishni tabaqalashtirish imkoniyati mavjud bo'ladi, ya'ni o'qitishni individuallashtirish mumkin bo'ladi Modulli o'qitishga o'tishda quyidagi maqsadlar ko'zlanadi: o'qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta'minlash; o'qitishni individuallashtirish; o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish; o'qitishni jadallashtirish; fanni samarali o'zlashtirishga erishish. Shunday qilib, modulli o'qitishda o'quvchilarni o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olishi uchun to'la zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi. O'qitishning modul tizimiga o'tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi: o'quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi; professor-o'qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi; ko'zlangan natijalarni baholash; didaktik materiallarni ishlab chiqish; natijalarning tahlili va modullarni maqbullashtirish. Modulli о'qitishga о 'tishda quyidagilarni amalga oshirish ко 'zda tutiladi: - ishchi o'quv rejani chuqur tahlili asosida, o'zaro chambarchas bog'liq fanlar guruhi aniqlanadi, ya'ni butun o'quv rejasi alohida makromodullar to'plami sifatida qaraladi. Ko'pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin: gumanitar fanlarni o'z ichiga oladigan; iqtisodiy fanlami o'z ichiga oladigan; v) umumta'lim, umumtexnik umumkasbiy va ixtisoslik fanlami fanlami o'z ichiga oladigan. Har qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda, o'z maqsad va vazifasi bo'ladi. Ma'lum makromodulni o'rganish maqsadi, unga kiradigan fanlaming o'rganish maqsadlaridan kelib chiqadi. Har qaysi makromodulning o'rganilish maqsadlari to'plami, Davlat ta'lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis tayyorlashning bosh maqsadini tashkil etadi. Har qaysi makromodulning maqsadi aniq tuzilgan bo'lib, birinchi fani o'rganila boshlaganida, o'quvchilarga yetkazilishi lozim. Makromodulning har bir keyingi fani o'rganila boshlanganida, u fanning o'rganish maqsadlari talabalar e'tiboriga yetkaziladi: 1.4 Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, GFR, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qo’llanila boshlangan. Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi –o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir. Hamkorlikda o’qitish o’quvchida quyidagilarni shakllantirishni ko’zda tutadi : 1. Har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish; 2. SHaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash; 3. Har bir o’quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usini vujudga keltirish; 4. O’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash; 5. Tahsil olishda ma’suliyat hissini shakllantirish. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga, o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud: 1. Komandada o’qitish(R.Slavin). 2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish(R.Slavin, 1986). 3.Hamkorlikda o’qitishning “zigzag yoki arra” metodi(E.Aronson, 1978). 4.Hamkorlikda o’qitishning “Birgalikda o’qiymiz” metodi(Minnesot universiteti professorlari –R.Jonson, D.Jonson,1987). 5.Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi(Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori –SH.SHaran(1988) tomonidan ishlab chiqilgan.) Komandada o’qitish(R.Slavin) Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzuda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishiga e’tibor qaratadi. R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi. O’qituvchi kimyo darslarida komandada o’qitish metodidan foydalanish uchun avval mavzuni aniqlashi, so’ngra komandalar uchun topshiriqlar tuzishi lozim. O’qituvchi komandalar uchun mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini aniqlashda qo’llaydigan test savollarini tuzib bo’lgandan so’ng, mazkur darsning borishini loyihalashtirishi kerak. Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish Bu metodda kichik guruhlar 4 nafar o’quvchidan iborat qilib tuziladi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi. O’quv topshiriqlari to’rt qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. Hamkorlikda o’qitishning “zigzag yoki arra” metodi yordamida tashkil etish(E.Aronson, 1978) Pedagogik amaliyotda bu metod qisqacha “arra” metodi deb nomlanadi. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 nafar o’quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o’rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qism(blok yoki modul)larga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o’quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo’yicha “mutaxassis”ga aylanadi. So’ngra bu guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism “mutaxassisi” bo’lishi shart, mazkur “mutaxassis”lar o’zlari egallagan bilimlarni xuddi “arra” tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o’rtoqlariga bayon qiladi. Mazkur guruhlarda o’quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi. XULOSA
Men bu bitiruv malakaviy ishini bajarib quyidagi xulosalarga keldim: 1. O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o'tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo'llab o'tkazaversa bo'ladi, lekin amalda buning iloji yo'q. Bunga qator ob’yektiv va subyektiv sabablar, mavjud sharoit salbiy ta'sir ko'rsatadi. 2. O‘qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. 3. Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o'quvchi talabalarning o'rtacha bilim darajasi ham muhim rol o'ynaydi. Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo'lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo'llash zarur. Bu ularni yanada ko'proq o'qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo'lsa, ularga fanning mazmunini o'zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma'qul. 4. Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. 5. Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituv-chining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi. Foydalanilgan adabiyotlar Mirziyoеv Sh.M. “Эrkin vа fаrovon, dеmokrаtik O'zbеkiston dаvlаtini mаrd vа olijаnob xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz” mаvzusidаgi O'zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеnti lаvozimigа kirishish tаntаnаli mаrosimigа bаg'ishlаngаn Oliy Mаjlis pаlаtаlаrining qo'shmа mаjlisidаgi nutqi. - T.: «O'zbеkiston», 2016.-56 b. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” 187-sonli Qarori. – T.: O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2017 yil. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000. Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005. Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006. www.arxiv.uz www.ziyonet.uz www.edu.uz ILOVALAR Imom al-Buxoriy asarlarida ta’lim-tarbiya “Sahih” yo'nalishining asoschisi, eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abduloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Buxoriy hadis ilmida “Amir ul-mo"mmm’\“Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan.U 810 yil, 13 mayda (ba'zi manbalarda 810 yil, 20 iyulda) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug'ilgan.Go'dakligida otadan yetim qolgan. Ukuv muassasasida savod chiqargan, 10 yoshidanoq arab tili va kitoblaridan ularni yodlay boshlaydi. Al-Buxoriy hadis ilmini katta qiziqish bilan o'rgana boshlaydi.Yoshlik chog'idan boshlab turli roviylardan eshitgan hadislarni yodlab boror edi.Abdulloh ibn ol- Muborak, Vaqi' ibn Jarroh kabi olimlar to'plagan hadislarni yod olgan, hadis rivoyatchilari haqidagi bahslarda qatnashgan. Al-Buxoriy 825 yilda, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinayu Munavvarada bo'lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Barsa, Kufa, Bag'dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo'lib, safar jarayonida muhaddislardan hadis o'qir edi. Olti yil Hijozda qolib, hadis ilmidan ta'lim oladi. Shu bilan birga, Damashk, Qohira, Basra, Bag'dod shaharlarida mashhur olimlardan fiqh olmidan dars oladi, o'zi ham bahs va munozaralarda qatnashadi, tolibu ilmlarga dars ham beradi. Imom Buxoriy iste'dodli, o'tkir muhofazali, ziyrak olim bo'lgan.“Manbalarga ko'ra, Bag'dodda istiqomat qilgan paytida ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalari sham yorug'ida kitob o'qir ekan.Agar tunda behosdan biror-bir fikr-mulohaza kelib qolsa, shamni yoqib darhol fikrini qog'ozga tushirar, shu taxlitda ba'zi kechalari shamni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan”. Rivoyatlarga ko'ra “U qaysi bir kitobni qo'lga olib, bir marotaba mutolaa qilsa, hammasi yod qolaverardi”. Imom Buxoriyning o'z so'ziga ko'ra, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g'ayri sahih (ishnchsiz) hadisni yod bilar ekan. O'z shogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma'lum bo'lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustozi Imom Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”. Imom Buxoriyning o'tkir zehni haqida shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o'tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o'tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: “Sen nega hadislarni yozmaysan?” - deb ta'na qilgan vaqtimizda: “Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og'zidan yodlab olayotirman”, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o'qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadisalarimizdagi xatolarni uning yodlaganidan tuzatib oladigan bo'ldik”. Imom Buxoriy juda ko'p zabardast olimlardan ta'lim oladi.Manbalarda uning ustozlarini to'qsonga yaqin deb ko'rsatishadi.Muhammad ibn Yusuf al-g'artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, ibn Rahavayx nomi bilan mashhur imom Ishoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madiyniylar uning ustozlaridir. Imom al-Buxoriyning o'zi ham yirik va mashhur olimlar Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad ibn Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn Al-Hajjojlarga o'z vaqtida ustozlik qilgan. Imom Buxoriy o'ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, saxovatli inson ham bo'lgan.U hadis ilmining yetuk olimi bo'lsa ham,vaqti kelganda zamondoshlari, shogirdlaridan ham o'rgangan. Imom Buxoriy bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitgan. Undan to'qson ming kishi ishonarli hadisni to'plagan, 100 ming “sahih” va 200 ming “g'ayri sahih” hadislarni yod olgan.(N. Raximjonov “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli. ”BMI 2005.) Imom al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talabalar va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va uning targ'ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko'ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xolid az-Zuhaliy uni saroyiga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Buxoriy bu taklifni qabul emaydi va: “Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo'lsa, tarbiyalanuvchilarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, - deb javod beradi. Al-Buxoriy bilan amir Xolid ibn Ahmad az-Zuhalliy munosabatlariga rahna tushadi.Bunga ba'zi hasadgo'y shaxslarning ig'volari ham sabab bo'ladi. Amir buyuk allomani shahardan chiqib ketishga farmon beradi. Uni Samarqand ulamolari o'z yurtlariga taklif etadilar.Imom Buxoriy yo'lga chiqadi. Ammo Samarqandga yaqin Haftang qishlog'ida (hozirgi Poyariq tumani) betob bo'lib qoladi va shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 870 yil 1 sentyabrb) 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi Imom-al Buxoriy hadislari, ularning tahlili Olimlarning ta'kidlashlaricha, Imom al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qolirgan. Uning “Al-Jome' as-sahih” (“Ishonchli to'plam”), “Al-adab al- mufrad”, “At-Tarix al-kibor” (“Katta tarix”), “At-Tarix as-sag'iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o'qish”), “Vaful-yadini fi-s-Saloti” (“Namozda ikki qo'lni ko'tarish”) kabi ishlari mavjud bo'lib, qo'lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Amma “At-Tarix al-avsat” (“O'rta tarix”), “At-Tafsir al-kabir” (Katta tafsir”), (“Al-Jome' al-kabir” (“Katta to'plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari ham bo'lganligi ma'lum, lekin bular bizgacha yetib kelmagan.Shubhasiz, bu asarlaridan eng yetuk, shoh asari “Al-Jome'-as- sahih”dir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham dunyoda mashhur. 4-jildan iborat mazkur kitobda payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma'lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hadislar kiritilgan bo'lib, takrorlanmaydigan 4000 xadisdan iboratdir. Bu kitob islom ta'limotida Qur'oni karimdan keyingi manba hisoblanadi. Ma'lumki, Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari yetaklovchi ta'limot.Shu sababli Ko'r'oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq va odob keng targ'ib etilgan. Malaka ishinining mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan kalit so‘zlar
Esse O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani haqida. Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Xoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini avval ham o‘qib chiqqandim. Yaqinda mazkur kitobning 1993 yilda “Umr savdosi” ostida nashr qilingan varianti qo‘limga tushib qoldi. Yozuvchining turli yillarda yaratgan eng sara hikoyalari, hajviy asarlari mazkur kitobdan joy olgan. Yozuvchi asarlarida asosan inson taqdiri birinchi o‘rinda turadi. Hayot sinovlari, mashaqqatlari oldida bosh egmaslik, taqdirning baland pastiyu, o‘nqir-cho‘nqirlariga sabrli bo‘lib o‘zida ko‘nikma hosil qilishni bir necha misollar orqali kitobxonga tushunarli sodda tilda keng yoritilib beriladi. “Umr savdosi” nomli kitob adib tomonidan 1997 yil “Xumson” sanatoriysida do‘stimning yaqin kishisiga sovg‘a qilingan. Ikkinchi marotaba yangicha ishtiyoq va diqqat bilan o‘qib chiqdim. Roman shu qadar ravon tushunarli tilda yozilganki o‘qiganing sari beixtiyor asardagi qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shaxsan kaminada shunday holatlar juda ko‘p bor ro‘y berdi. Kimsan urushda bedarak ketganda Robiyaga qo‘shilib iztirob chekdim, o‘kindim. Ota - onasi bilan birgalikda dard chekdim. Shomurod aka vatan uchun xalq uchun janggohlarda qon kechib jang qilayotganda, xotini Ra’noning xiyonatidan mening ham qalbimda muhabbatga nafrat uyg‘ondi. Bundan tashqari asarda toptalgan ishonch, nafsning sabrdan ustun kelishi, yo‘qlik – yupunlik, hayotning mashaqqatlariyu, taqdirning ayovsiz sinovlariga sabr kuchi bilan shukronalik qilib yashayotganlarning taqdiriga guvoh bo‘lasiz. Asardagi voqealar asosan ikkinchi jahon urushi, uning og‘ir va zalvorli kunlaridan so‘zlaydi. Zolim rahbarning zulmi, front ortida xizmat qilayotgan oddiy xalqning taqdirida urushning iztirobi alamli xotiralar qay darajada aks etganligini ko‘rishimiz mumkin. Asarni o‘qish davomida qahramonlarning hayotiy kechinmalaridan ba’zan kuch - ibrat olsam ba’zida esa bugungi kunlarimga shukrona keltirdim. Umuman olganda romanda uchraydigan har bir qahramonning turmush tarzi, ko‘ngil kechinmalari o‘z tilidan bayon qilingan. Bu esa kitobxonni asar voqealariga yanada sho‘ng‘ib ketishini ta’minlaydi. Romanda o‘zbek xalqining g‘aroyib xususiyatlari – jo‘mardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo‘qotmasligi, mehri daryoligi teran tuyg‘ular, yorqin bo‘yoqlarda tasvirlangan. Bunda sadoqat va sotqinlik, vafo va xiyonat, mehr va shafqatsizliklar to‘qnashuvi kuzatiladi. Tinglovchi Djumanova Zubayda Xujakulovnaning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan YO‘L XARITASI
Xulosa: Men o’zimga biriktirilgan kurs ishimni tayyorladim. Menga biriktirilgan kurs ishimning mavzusi “O’zbekistondagi dam olish maskanlari ma’lumotlar bazasi”ni yaratish edi. Buni amalga oshirish uchun men Microsoft Officening tekin va keng tarqalgan Microsoft Access tizimidan foydalandim. Birinchi navbatda ushbu ma’lumotlar bazasini yaratish uchun men ma’lumotlar bazasini loyihalab va unga mohiyat – aloqa diagrammasini tuzdim. Bu ishni amalga oshirib bo’lganimdan so’ng esa ma’lumotlar bazasining ustida ishlash uchun unga so’rovlarni shakllantirdim va ma’lumotlarni saraladim. Keyin esa oxirgi bosqichni amalga oshirdim, ya’ni tuzilgan ma’lumotlar bazasiga formani shakllantirib, uni o’zimga qulay tartibda yasadim. Ushbu kurs ishini tayyorlash jarayonida men ma’lumotlar bazasini loyihalashni, uning ustida ishlashni, ayniqsa, ma’lumotlar bazasi qanday tartibda tuzilishini o’rganib oldim. Bugungi rivojlanib borayotgan kunda Axborot texnologiyalarining roli qanchalik shiddat bilan rivojlanayotganligini va unga qanchalik darajada ehtiyoj sezilayotganligiga yana bir marotaba amin bo’ldim. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling