Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


  O`zbekiston  Respublikasining  “Bola  huquqlarining  kafolatlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.12.2017
Hajmi0.54 Mb.
#22948
1   2   3   4   5   6   7

35.  O`zbekiston  Respublikasining  “Bola  huquqlarining  kafolatlari 

to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? 

O‘zbekistonda  bola  huquqlari  va  erkinliklari  100  dan  ortiq  qonunlar  bilan 

tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari 

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. 

“Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonun  O‘zbekistonning 

huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan 

maqsadga  ko‘ra,  u  bolaning  huquqiy  ahvolini  belgilashga  doir  munosabatlarni 

tartibga  solishga,  bola  huquqlarini  va  erkinliklarini  yuridik  kafolatlashga 

qaratilgan.  Qonunning  maqsadiga  binoan,  bola  huquqlari  va  manfaatlarini  amalga 

tatbiq  etilishini  ta'minlaydigan  kafolatlarni  belgilash  qonun  bilan  tartibga 

solinadigan  asosiy  ob'ekt  hisoblanadi.  Ta'kidlash  joizki,  qonun  moddalarining 

yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan. 

 

“Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonun  Qonunchilik  palatasi 



tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; 

Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma'qullangan; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; 

Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e'lon qilingan.  

Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat: 

I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)  

II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar) 

III – bob:  Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari 

(24-29- moddalar) 

IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar) 

 

36.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosati 

to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati 

Mustaqillikning  ilk  kunlaridayoq  —  1991-yil  20-noyabrda  “O‘zbekiston 

Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to‘g‘risida”gi  qonun 

qabul qilingan edi. Mazkur qonun mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini 

ro‘yobga  chiqarishning  tamal  toshi,  ya'ni  huquqiy  asosi  bo‘ldi.  Qonunda  yoshlar 

hayotiga  daxldor  prinsipial  masalalar  o‘z  aksini  topgan.  Eng  muhim  jihati, 

yurtimizda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  sub'ektlari  sifatida  nafaqat  davlat 


 

23 


 

hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari,  balki  nodavlat  tuzilmalar  birgalikda  faoliyat 

olib borishi belgilab qo‘yildi. 

Hozir  mamlakatimiz  aholisining  60  foizdan  ziyodi  yoshlardan  iborat.  Shu 

kunga qadar ularning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun 

22  ta  qonun,  26  ta  Prezident  farmon  va  qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasining  41  ta 

qarori, 30 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.  

“Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida”gi  Qonun  12-avgust  kuni  Oliy 

Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilinib,  24-avgust  kuni  Senat 

tomonidan  ma'qullangan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  14-sentabr  kuni 

Qonunga imzo chekdi. Ushbu Qonun 15-sentyabr kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoe 

slovo” gazetalarida chop etildi va shu kundan boshlab kuchga kirdi. 

Qonun 4 ta bob, 33 moddadan iborat. 

Qonunga  ko‘ra,  yoshlarga  oid  davlat  siyosati  deganda  davlat  tomonidan 

amalga  oshiriladigan  va  yoshlarning  intellektual,  ijodiy  va  boshqa  salohiyatining 

rivojlanishi  uchun  sharoitlar  yaratilishi  ko‘zda  tutadigan  ijtimoiy-iqtisodiy, 

tashkiliy  va  huquqiy  choralar  tushuniladi.  Hujjatda  “yosh  fuqarolar”  (14  dan  30 

yoshgacha  bo‘lgan  shaxslar),  “yosh  oila”,  “yosh  mutaxassis”,  “yoshlar 

tadbirkorligi” kabi tushunchalarga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.  

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsipi: 

 

ochiqlik va shaffoflik; 



 

yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta'minlash; 



 

yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.  



Qonunda yoshlar ijtimoiy muhofazasi, ularning huquq va erkinliklari hamda 

iqtidorli  va  iste'dodli  yoshlarni,  yoshlar  tadbirkorligini  qo‘llab-quvvatlash  va 

muhofaza qilish,

 ma'naviy-ma'rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek, 

yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.  

Qonunda 


yoshlarga 

oid 


davlat 

siyosatining 

asosiy  yo‘nalishlari 

quyidagilardan iborat: 

 

Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; 



 

Yoshlarning hayoti va salomatligini saqlash; 



 

Yoshlarning  ma'naviy,  intellektual,  jismoniy  va  axloqiy,  jihatdan  kamol 



topishiga ko‘maklashish; 

 



Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash; 

 



Yoshlarni  ishga  joylashtirish  va   ularning  bandligi  uchun  shart-sharoitlar 

yaratish ; 

 

Yoshlarni  vatanparvarlik,  fuqarolik  tuyg‘usi,  bag‘rikenglik,  qonunlarga, 



milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat  ruhida,  zararli  ta'sirlar  va  oqimlarga 

qarshi  tura  oladigan,  hayotga  bo‘lgan  qat'iy  ishonch  va  qarashlarga  ega  etib 

tarbiyalash; 

 



Yoshlarni  axloqiy  negizlarni  buzishga  olib  keladigan  xatti-harakatlardan, 

terrorizm  va  diniy  ekstremizm,  separatizm,  fundamentalizm,  zo‘ravonlik  va 

shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish; 

 



Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; 

 



Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlashtirish; 

 



Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish; 

 

24 


 

 



Yoshlarda  sog‘lom  turmush  tarziga  intilishni  shakllantirish,  shuningdek, 

yoshlarning  bo‘sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish  va  yoshlar  sportini  ommaviy 

rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

 



Yosh  oilalarni  ma'naviy  va  moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash,  ular  uchun 

munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-

tadbirlar tizimini amalga oshirish; 

 



Yoshlar  huquqlari  va  erkinliklarini  ro‘yobga  chiqarish  sohasida  faoliyatni 

amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan  hamkorlikni rivojlantirish. 

Mamlakatimiz  aholisining  qariyb  60  foizini  yoshlar  tashkil  etadi.  Ularni  har 

tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifadir Yoshlarga oid davlat siyosati 

to‘g‘risida qonun qabul qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda 

muhim o‘rin tutadi. 

 

37. 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

“Korrupsiyaga 

qarshi 

kurashish to‘g‘risida”gi qonunnining mazmun-mohiyati haqida: 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish 

to‘g‘risida”gi qonuni  

Qonunchilik  palatasi  tomonidan  2016  yilning  24  noyabrida  qabul 

qilingan; 

Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma'qullangan;  

2017 yilning 3 yanvar kuni Prezident tomnidan imzolandi;  

2017 yilning 4 yanvar kuni matbuotda e'lon qilindi va kuchga k irdi.  

Ushbu 

Qonunning 



maqsadi 

korrupsiyaga 

qarshi 

kurashish 



sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.  

Qonun  6  ta  bob,  34  ta  moddadan  iborat  bo‘lib,  qonunda  “korrupsiya”, 

“korrupsiyaga  oid  huquqbuzarlik”,  “manfaatlar  to‘qnashuvi”  kabi  asosiy 

tushunchalarga 

izoh 

berilgan. 



Shuningdek, 

korrupsiyaga 

qarshi 

kurashishning asosiy prinsiplari keltirib o‘tilgan.  



Korrupsiya-  shaxsning  o‘z  mansab  yoki  xizmat  mavqyeidan 

shaxsiy  manfaatlarini  yohud  o‘zga  shaxslarning  manfaatlarini  ko‘zlab 

moddiy  yoki  nomoddiy  naf  olish  maqsadida  qonunga  hilof  ravishda 

foydalanishi,  huddi  shuningdek  bunday  nafni  qonunga  hilof  ravishda 

taqdim etish; 

Korrupsiyaga  oid  huquqbuzarlik -  korrupsiya  alomatlariga  ega 

bo‘lgan,  sodir  etilganligi  uchun  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

qilmish; 

Manfaatlar  to‘qnashuvi-  shaxsiy  (bevosita  yoki  bilvosita) 

manfaatdorlik  shaxsning  mansab  yoki  xizmat  majburiyatlari  lozim 

darajada  bajarishga  ta'sir  ko‘rsatayotgan  yoxud  ta'sir  ko‘rsatishi  mumkin 

bo‘lgan 


hamda 

shaxsiy 


manfaatdorlik 

bilan 


fuqarolarning, 

tashkilotlarning,  jamiyatning  yoki  davlatning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlari  o‘rtasida  qarama-qarshilik  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan 

vaziyat. 

Korrupsiyaga 

qarshi 


kurashishning 

asosiy 


prinsiplari 

quyidagilardan iborat: 



 

25 


 

 



qonuniylik; 

 



fuqarolar 

huquqlari, 

erkinliklari 

va 


qonuniy 

manfaatlarining 

ustuvorligi; 

 



ochiqlik va shaffoflik; 

 



tizimlilik; 

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;  

 

korrupsiyaning oldini olishga doir chora -tadbirlar ustuvorligi; 



 

javobgarlikning muqarrarligi.  



Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy 

yo‘nalishlari:  

 

aholining  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish, 



jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;  

 



davlat  va  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  korrupsiyaning 

oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;  

korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarni  o‘z  vaqtida  aniqlash,  ularga  chek 

qo‘yish,  ularning  oqibatlarini,  ularga  imkon  beruvchi  sabablar  va  shart -

sharoitlarni  bartaraf  etish,  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarni   sodir 

etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.  



 

38.  2017-2021  yillarda  O‘zbekistonni  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

Harakat strategiyasi.  

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga  bag‘ishlangan 

tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt 

taraqqiyoti va xalq farovonliginining garovi” nomli ma'ruzasida parlament nazorati 

va  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirish  yuzasidan  taklif  va  mulohazalar  ilgari 

surilgan  

Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va  jamiyat 

rivojini  yangi  bosqichga  ko‘tarish,  hayotning  barcha  sohalarini  liberallashtirish, 

mamlakatimizni modernizatsiya qilish  bo‘yicha eng muhim ustuvor  yo‘nalishlarni 

amalga  oshirish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 

bo‘yicha 

Harakatlar 

strategiyasi 

to‘g‘risida 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining  7  fevral  2017  yildagi  PF-4947-sonli  Farmoni  bilan  tasdiqlandi 

hamda kuchga kirish sanasi 8 fevral 2017 yil deb belgilab qo‘yildi. 

2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, qo‘yidagicha: 

 



demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatimizni  modernizatsiya 

qilishda  parlamentning  rolini  yanada  kuchaytirish,  davlat  boshqaruvi  va  davlat 

xizmatining  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  rivojlantirish,  davlatning  iqtisodiyotni 

tartibga  solish  borasidagi  funksiyalarini  qisqartirish,  “yagona  oyna”  tamoyili 

bo‘yicha  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish  tizimini  keng  joriy  etish,  jamoatchilik 

nazorati  mexanizmlarini  amalda  tatbiq  etish  va  fuqarolik  jamiyati  institutlari 

hamda  ommaviy  axborot  vositalari  rolini  kuchaytirish  yo‘lida  davlat  va  jamiyat 

qurilishini takomillashtirish; 



 

26 


 

 



sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini,  fuqarolarning  huquqva 

erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini  ta'minlash,  yurtdoshlarimiz 

tomonidan  odil  sudlovga  erishish  darajasini  oshirish,  jinoyatchilikka  qarshi 

kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  tizimini  takomillashtirish,  sud 

jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar 

sifatini  tubdan  yaxshilash  uchun  qonun  ustuvorligini  ta'minlash  va  sud-huquq 

tizimini yanada isloh qilishga e'tiborni yanada kuchaytirish; 

 



iqtisodiyotning 

ochiqligi 

va 

raqobatdoshligini 



oshirish, 

iqtisodiy 

mustaqillikni  kuchaytirish,  makroiqtisodiy  barqarorlikni  mustahkamlash va 

iqtisodiy  o‘sish  sur'atlarini  saqlab  qolish,  yetakchi  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini 

modernizatsiya  va  faol  diversifikatsiya  qilish,  moliya-bank  sohasini  tubdan  isloh 

etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy 

aloqalarni  yanada  kengaytirish,  xorijiy  investitsiyalarni  faol  jalb  etish,  turizm 

tarmog‘ini  samarali  rivojlantirish,  qishloq  xo‘jaligida  tarkibiy  o‘zgartirishlarni 

amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 

 



ish  haqi,  pensiya  va  nafaqalar  miqdorini  bosqichma-bosqich  oshirish,  aholi 

bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon 

uy-joylar  bilan  ta'minlash,  uy-joy  va  kommunal  xo‘jaligini,  sotsial  infratuzilma 

ob'ektlarini  modernizatsiya  qilish,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘liqni 

saqlash,  ilm-fan,  ta'lim-tarbiya  tizimini,  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini 

takomillashtirish yo‘lida ijtimoiy sohani rivojlantirish; 

 

davlatning  mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  mintaqamizda 



xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik  muhitini  vujudga  keltirish,  jahon 

hamjamiyatida  mamlakatimizning  ijobiy  xalqaro  nufuzini  mustahkamlash  yo‘lida 

xavfsizlik,  diniy  bag‘rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  yanada  kuchaytirish 

hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishdur. 



 

Davlat va huquq asoslaridan testlar 

1. “Konstitutsiya” so’zining lug`aviy ma’nosi nima? 

A) “Nizom”, “Qoidalar”  

B) “Belgilash”, “Qonun” 

C) “Qonunlar toplami” 

D) “O’rnatish”, “Nizom” 

2. Suverenitet – bu ... 

A) Davlatning ichki hayoti va tashqi munosabatlarga mustaqilligi 

B) Davlat boshqaruvining o’ziga xosligi 

C) Dunyo mamlakatlari bilan teng hamkorlikka ega bo’lish 

D) Davlatning boshqa davlatlar bilan tengligi 

3. “Xalq hokimyatchiligi” – bu … 

A) Grekcha so’z bolib, “Demokratiya” so’zining tarjimasi 

B) Lotincha so’z bolib, “Hokimyat xalqnikidir” degan ma’noni bildiradi 

C) Ruscha so’z bo’lib, “Gosudarstvo” so’zining tarjimasi 

D) Fransuzcha “Demoye” so’zidan olingan 

4. 1991-yil 31 avgustdan 1992-yil 8 dekabrgacha asosiy qonun vazifasini qaysi 

hujjat bajargan? 

A) Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun 

B) Davlat suvereniteti to’g’risidagi qonun 


 

27 


 

C) Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Prezident farmoni 

D) O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi 

5. Quyida Konstitutsiyaviy prinsiplardan barini ko’rsating? 

A) Qonun oldida barcha fuqarolarning mutloq tengligi 

B) Oliy Majlis deputatlarining dahlsizlik huquqi 

C) Oliy Majlisning ikki palatali qilib tashkil etilishi 

D) Jamiyatga ko’ppartiyaviylik 

6. Xalqaro huquq – bu … 

A) Xalqaro muloqot ishtirokchilari munosabatlarini tartibga solib turuvchi yuridik 

qoidalar majmui 

B) Mamlakatlar o’rtasida hamkorlik, tenglik garovi 

C) Xalqaro miqiyosda chiqarilayotgan qonunlarning har bir davlatga ustunligi 

D) Dunyo muvozanatini belgilovchi demokratik mezon 



7. 1993-yil 9 aprelda ... 

A) Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 

B) “Ommaviy axborot vositalari tog’risida”gi qonun qabul qilingan 

C) Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risidagi Prezident 

farmoni e’lon qilingan  

D) Navro’z umumxalq bayramini nishonlash to’g’risidagi Prezident farmoni e’lon 

qilingan 

8. Aqli raso jismoniy shaxslar necha yoshdan boshlab har qanday jinoyatlari 

uchun javob beradilar? 

A) 16 yoahdan 

B) 14 yoshdan 

C) 15 yoshdan 

D) 17 yoshdan 

9.  “O’zbekiston  SSR  Prezidenti  lavozimini  joriy  etish  to’g’risida”gi  qonun 

qachon qabul qilingan? 

A) 1990 yil 24 mart 

B) 1990 yil 20 iyun 

C) 1991 yil 31 avgust 

D) 1991 yil 29dekabr 

10.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan 

qabul qilingan qonun necha kun ichida Senatga yuboriladi? 

A) 10 kun ichida 

B) 14 kun ichida 

C) 21 kun ichida 

D) 30 kun ichida 

11. Normativ huquqiy akt – bu ... 

A) Umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o’z ichiga olgan yuridik huquqiy hujjat 

B) Hozirgi kunda eng muhim bo’lgan huquq sohasi 

C) Eng muhim huquqiy hujjatlar majmui 

D) Vazirlar Mahkamasi ko’rsatmalari 

12.  Siyosiy partiyalar to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan? 

A) 1996 yil 26 dekabrda 

B) 1995 yil 14 aprelda 

C) 1994 yil 5 mayda 

D) 1994 yil 26 dekabrda 

13. Nima maqsadda referendum o’tkaziladi? 

A) Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fikrini bilishi zarur 

B) Tayyorlanayotgan qonun loyihasini xalq tomonidan tasdiqlatish uchun 

C) Amalga oshirish lozim bo`lgan masala bilan xalqni tanishtirish uchun 



 

28 


 

D) Davlat siyosiy hayotida xalqning faol ishtirok etishi uchun 



14.  Burxoniddin  al-Marg’iloniy  qalamiga  mansub  asarni  va  asarning  yozib 

tugatgan sanasini ko’rsating: 

A) “Hidoya” asari, milodiy 1178 yilda yozilgan  

B) “Kitob al-Fikh” asari, milodiy 1130 yilda yozilgan 

C) “Qonun” deb nomlangan asar, milodiy 1025 yilda yozilgan 

D) “Al-Hidoya” asari, milodiy 980 yilda yozilgan 

15. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari qachondan boshlab kuchga kiradi? 

A) Matbuotda e’lon qilingan kundan 

B) Qaror qabul qilingan kundan 

C) Konstitutsiyaviy sud raisi tasdiqlagandan so’ng 

D) Prezident tasdiqlagan kundan 

16. O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi … 

A) Majoritor  

B) Proportsional 

C) Aralash 

D) Mutanosib 

17.  16  yoshga  to’lgan  voyaga  yetmaganlarga  “Qamoq”  jazosi  qancha 

muddatga qo’llanadi? 

A) 1 oydan 3 oygacha 

B) 1 oydan 6 oygacha 

C) 1 oydan 1 yilgacha 

D) faqat 1 oygacha 

18. Bevosita demokratiya – bu … 

A) Xalqning davlat ishlarini hal qilishda to’g’ridan-to’g’ri o’zi ishtirok etishi 

B) Xalqning o’z suveren huquqlarini saylab qo’yilgan ishonchli vakillari orqali 

amalga oshirishi 

C) Sitosiy huquqlarga egalik qilish huquqi 

D) Demokratik erkinliklardan to’la foydalanish huquqi 



19. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan birini ko’rsating: 

A) Davlat suvirenitetini o’zaro e’tirof etish va hurmat qilish 

B) Qonuniylik 

C) Tenglik 

D) Teng asoslarda iqtisodiy aloqa 

20.  O’zbekison  Respublikasi  Konstitutsiyasida  belgilab  qo’yilgan  shaxsiy 

huquqlardan birini ko’rsating: 

A) Vijdon va diniy etiqod erkinligi 

B) Yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi 

C) Dam olish huquqi 

D) Bilim olish huquqi 

21. Fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat? 

A) Fuqarolik pasporti yoki  tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma 

B) Davlat tomonidan berilgan mahsus ruhsatnoma 

C) Notarius tasdig’i 

D) FXDYO tomonidan berilgan istalgan hujjat 

22.  O’zbekiston  fuqarolarning  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida 

belgilab berilgan siyosiy huquqlaridan birini ko’rsating? 

A) Davlat organlariga arizalar va shikoyatlar bilan murojat qilish huquqi 



 

29 


 

B) Shaxsning qadr-qimmati himoyasi 

C) Shaxsning ta’lim olishi, erkin axborot izlashi 

D) Shaxsning shartnomalar tuzish huquqi 



23. Huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor 

bekor qiluvchi hodisa va harakatlar... 

A) Yuridik faktlar deb yuritiladi 

B) Huquqiy normalat deb yuritiladi 

C) Yuridik munosabatlar deyiladi 

D) Huquqiy harakatlar deyiladi 

24. Davlat organi nima? 

A) Davlatning ichki va tashqi funksiyalarini amalga oshiruvchi tuzilma 

B) Hokimiyatning bolishi prinsipi 

C) Mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlovchi tashkilot 

D) Siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni tartib doirasida tutuvchi organ 

25.  Mehanat  qonuniga  ko’ra  necha  yoshdan  ishga  qabul  qilishga  yo’l 

qo’yiladi? 

A) 16 yoshdan 

B) 15 yoshdan 

C) 17 yoshdan 

D) 18 yoshdan 

26. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilinsa qanday jazo beriladi? 

A) Eng kam ish haqqining 25 baravargacha miqdordagi jarima yoki 3 yildacha 

ahloq tuzatish ishlari yoki 3 oygacha qamoq jazosi 

B) Eng kam ish haqqining 25 baravargacha miqdordagi jarima, 3 yildacha ahloq 

tuzatish ishlari, 1 yilgacha qamoq jazosi 

C) 1 oydan 6 oygacha ahloq tuzatiah ishlari 

D) Buning uchun jazo belgilanmagan 


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling