Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana12.09.2023
Hajmi3 Mb.
#1676179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Dasturiy injiniring

 
Modulning maqsadi va vazifalari 
 
Dasturiy injiniring modulining maqsad va vazifalari: 
- dasturiy injiniring tushunchalari, dasturiy ta’minot yashash sikli, dasturiy 
ta’minot ishlab chiqishning modellari va texnologiyalari, dasturiy ta’minot 
arxitekturasi, dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish yo’llari, dasturiy ta’minotni 
ishlab chiqishdagi extimolli holatlar va ularni bartaraf etish yo’llari va usullari, 
dasturiy ta’minot sifati, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va testlash; 
Modul bo’yicha tinglovchilarning bilimi, ko’nikmasi, malakasi va 
kompetensiyalariga qo’yiladigan talablar 


I. ISHCHI DASTUR 

 
“Dasturiy injiniring” kursini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 
masalalar doirasida: 
Tinglovchi:
- dasturiy ta’minotni yaratishda talablar va texnik topshiriq ishlab chiqishning 
qonuniy asoslari; 
- dasturiy ta’minotni yaratish modellari; 
- dasturlash tamoyillari va texnologiyalari bo’yicha nazariy va amaliy 
bilimlarga ega bo’lishi
Tinglovchi: 
- loyihani ishlab chiqishda obyektlar va ular bilan ishlash; 
- dasturiy ta’minot arxitekturasi, talablar va ularni boshqarish; 
- dasturiy ta’minot uchun holat diagrammalarini shakllantirish; 
- loyiha dizayni va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish; 
- loyihani testlash
- loyihada resurslarni taqsimlash va boshqarish ko’nikma va malakalarini
egallashi; 
Tinglovchi:
- loyiha sifatini boshqarish; 
- loyihani yaratish uchun ketadigan sarf-harajatlarni hisoblash va oldindan 
bashorat qilish kompetensiyalarni egallashi lozim. 
 
Modulni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar 
“Dasturiy injiniring” kursi ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar shaklida olib 
boriladi. 
Kursni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik 
texnologiyalar va axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda 
tutilgan: 
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida 
prezentasion va elektron-didaktik texnologiyalardan; 
- o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-
so’rovlar, test so’rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, 
kollokvium o’tkazish, va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo’llash nazarda tutiladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling