Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
4ef7b1824881c65919d6a3cb19ba676c
4.1. Loyihani boshqarish.
13 Loyihani boshqarish dasturiy injiniringning muhim qismi hisoblanadi.Loyihani boshqarish aniq jadvallar asosida ketishi uchuin uni proffesional darajada amalga oshirish kerak bo’ladi. Bunda loyihani boshqaruvchinining o’rni katta .uning asosiy vazifasi loyihani bajarishda vujudga keladigan cheklovlarni aniqlash hamda bartaraf etishdan iborat. Loyihani boshqarishni bir nechta muvvofiqiyatli mezonlari mavjud ular qo’yidagilar. 1. Loyihani belgilangan vaqt ichida mijozga yetkazish. 2. Umumiy narxni budjetga mos holda saqlash. 3. Mijozning talablariga mos holda loyihani bajarish . 4. Yaxshi faoliyt olib boruvchi guruh bilan ishlash. Yuqorida berilgan mezonlar mezonlar dasturiy injiniringda yagona mezonlar hisoblanmaydi. Dasturiy ta’minotni boshqarish qiyin bo’lganligi uchun uni bajarishda bir nechta asosiy tushunchalarni bilish talab etiladi. 1. Dasturiy mahsulot nommodiy hisoblanadi: Loyihani bajarishda menejer yo’lboshchi hisoblanadi.Agar loyihaning biron qismida kamchilik ko’zatilsa bu butun loyiha strukturasiga tasir etadi. Dasturiy ta’minot nomoddiy bo’lganligi uchun uni ko’rib ham ushlab ham bo’lmaydi.Dasturiy ta’minot menejerlari loyiha qanday tarzda ketayotganligini oddiy kuzatish orqali aniqlay olmaydilar. Shuning uchun ular boshqa dalillarga 13 “Software Engineering”, by Ian Sommerville, pages 594-595 III. NAZARIY MATERIALLAR 56 tayanib jarayonlarni nazorat qiladilar. 2. Katta dasturiy loyihalar ko’pincha “one off” loyihalar hisoblanishadi. Katta dasturiy loyihalar oddiy loyihalardan ancha farq qilishadi. Shuning uchun ushbu loyiha menejerlari bu loyihalarda duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlashga qiynaladilar. Komyuterlardagi texnik o’zgarishlar va ular o’rtasidagi aloqalar menejerning ishini kuchaytiradi. 3. Dastur jarayonlari o’zgaruvchan hamda aniq tashkillashtirilgan. Muhandislik jarayonlari ba’zi bir sistemalarda xususan ko’prik hamda binolarning strukturasida tushunarli bo’lishadi. Lekin dasturiy jarayonlarni loyihlash bundan mustasno. Chunki hech bir menejer aniq bir dasturiy loyiha jarayonlarini rivojlantirishda qachon muammolarga duch kelishini bashorat qilishga qodir emas. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling