Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish reja: Kirish
Download 424.77 Kb.
|
Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish
Mashg‘ulotning turlari va tuzilishi. Didaktik maqsadiga koʻra mashgʻulotlar quyidagi xillarga boʻlinadi: bolalarga yangi bilim beruvchi mashgʻulotlar, bolalarning egallagan bilimlarni mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashgʻulotlar: bolalarning bilimini tekshiruvchi – sinovchi mashgʻulotlar; kompleks mashgʻulotlar.
Bolalarga yangi bilim beruvchi mashgʻulotlarni oʻtkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak –atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar toʻgʻrisidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashgʻulotlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib soʻzlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashgʻulotlar hamma yosh guruhlarida oʻtkaziladi. Bolalarning toʻplagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashgʻulotlar. Undan koʻzlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni anglab olish va daslabki umumlashtirishga oʻrgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa solishtiriladi (xona oʻsimliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik oʻyinlar, suhbatlar oʻtkaziladi. Bunday mashgʻulotni oʻtkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi oʻzlashtirib olgan-u, nima yaxshi oʻzlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashgʻulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar –detallar bilan boyitib boradi. Bolalarning bilimini sinovchi mashgʻulotlar. Bunday mashgʻulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur boʻyicha oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va malakalarni oʻzlashtirib oldilarmi –yoʻqmi, shuni bilib oladi va oʻzining boʻlajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashgʻulotni tarbiyachi oʻz xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan oʻtkazishi mumkin. Mujassam (kompleks) mashgʻulotlar bolalar bogʻchasi tajribasida keng tarqalgan boʻlib, bunday mashgʻulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va malakalarini amalda qoʻllashga oʻrgatiladi. Bolalar bogʻchasida tasviriy faoliyat konstruksiyalash, tevarak –atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni oʻstirish, savod oʻrgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Mashgʻulotga toʻgʻri tayyorgarlik koʻrilib, uyushgan holda oʻtkazilganda, bolalar oldiga ma‘lum aqliy vazifa qoʻyilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyinchilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma‘lum tomonga yoʻnaltiradi. Eng avvalo bolaning aqliy vazifani hal etish yoʻlidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati tugʻiladi, natijada bolada faoliyatga qiziqish uygʻonib, u malakani egallash uchun mustaqil intiladi, oʻylaydi va vazifaning uddasidan chiqish uchun fahm – farosatini ishga soladi. Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bola tarbiyachining koʻrsatmasi, namunasiga qarab malaka va koʻnikmalarni oʻrganadi. Bu bolalarning amaliy va aqliy faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamini, moʻyqalamni, qaychini ushlashni, rasm chizish, narsa yasash, solishtirish, umumlashtirish,asbraksiyalashni oʻrganadilar. Tarbiyachi bir narsaning hadeb takrorlanaverishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Download 424.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling