Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish reja: Kirish


Download 424.77 Kb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi424.77 Kb.
#1588529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish

Bilimlarni oʻzlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik prinsipi. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bogʻlanishlar gʻoyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha boʻlib qolmay, bir- biri bilan bogʻlangan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin murakkablashtirib borilishi lozim.
Puxta oʻzlashtirish prinsipi esa matematikada ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar oʻzaro shu qadar bogʻlanganki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar oʻz bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq boʻladi.
Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak atrofni bilishni, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashining ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, programmaning biror qismini yaxshi oʻzlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.
Individual yondashish (ravonlik) prinsipi. Ravonlik prinsipi bolalarning yosh xususiyatlarini, ya'ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu prinsip matematikani oʻqitish protsessida amalga oshirilishi shart. (Lekin bizning bogʻchalarimizda bu prinsip amalga oshirilmayapti).
      1. MTTda ta‟lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari.


MTT ta‘lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • Bola huquqlari, oʻziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatlarini hisobga olish.

  • Ta‘lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining oʻzaro bogʻliqligi:

  • Bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish:

  • Bolaning ijodiy qobilyatlarini qoʻllab-quvvatlash:

  • Oʻyin orqali ta‘lim berish va rivojlantirish:

  • Bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish:

  • Bola uchun xavfsiz muhitni ta‘minlash:

  • MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi:

  • Milliy madaniy an‘analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish:

  • Bolaning maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta‘lim tashkilotlari rahbari javobgar boʻladi.

Bogʻchada bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga oʻsimliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda boʻlish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ―oldinga‖, ―orqaga‖, ―tepada
–pastda‖, ―uzoq –yaqin‖, ―chapda –oʻngda‖ kabi fazoviy tasavvurlarni oʻzlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular oʻlchamining farqiga yetadilar, ularni oʻzaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora koʻproq aloqada boʻlishlari tufayli taassurotlari eshitib ta‘sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomgʻirning shatur –shuturi va moʻlaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga oʻrgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri –tekshirishdir. Tekshirish –buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat boʻlib, uning natijalaridan keyinchalik ma‘lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta – kichiklikni, shaklin, fazovyi munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning oʻziga xos xususiyatlarini ajratib koʻrsatish va farqlashga oʻrganadilar.
Mashgʻulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol oʻynaydi. Holbuki shu mashgʻulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarini tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba‘zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil boʻladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga oʻrgatib, ularga qiladigan ishlarining ma‘nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va u biror maqsadga qaratilgan boʻladi: axir, daraxat shoxlari (novdalarini) yaxshilab koʻzdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin boʻladi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik koʻrishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qogʻoz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qogʻoz va gazlamani gʻijimlanganda nima boʻlishini eshitib koʻrishni, qogʻoz va bir parcha gazlamani yirtib koʻrishni, qogʻoz va gazlamadan qilingan qoʻgʻirchoq koʻylagini suvda yuvishni taklif etadi. Toʻplangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga koʻchiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: ―kel, qumga suv quyamiz, u nam boʻladi, biz undan tunnel quramiz‖, ―Bu chelakni koʻtarma, unda qum bor, u juda ogʻir. Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta‘rifini aniqlash, ularni ma‘lum bir xossalariga koʻra taqqoslash uchun didaktik oʻyin va qoʻllanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma –xil mashgʻulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qoʻshimcha material hisoblanadi.


  1. Download 424.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling