Tayyorlov guruhida rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari
Tayyorlov guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari
Download 21.92 Kb.
|
7-mavuz tasviriy 3kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlov guruhida tabiiy material va qogozdan qurish-yasashga orgatishning vazifalari.
Tayyorlov guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko’nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o’rgatish vazifalarini murakkablashtirishi imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak:berilgan mavzu bo’yicha rasmlarning syujetini boyitish va bolalarga syujetni mustaqil holda aniqlashga o’rgatish;harakat natijasida predmetning shaklini o’zgartirishga o’rgatishi (masalan, engashishni, yugurishni);kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog’ozning pastga, uzoqdagilarni tepasiga (hajmlarini o’zgartirmaslik). Rang qobiliyatlarini rivojlantirish mustaqil holda syujetga mos rangni berishga o’rgatish. Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachiga berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi.Masalan, “Uy qurish” mavzusi bo’lsa, bolalar o’zlari qanaqa uy, kim quryapti,qaerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o’zgarishini bilishadi Shu o’zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Mashg'ulotda bolalar qog'oz bilan ishlash ko'nikma va malakasini egallab boradilar: qog'ozni turlicha buklash, diagonal bo'ylab bo'lish, tayyor andazani buklash shablon bo'yicha detallarni qirqish va hokazo. Tayyorlov guruhida bolalar turli narsalar yasaydilar. Karton yordamida o'yinchoqlar tayyorlanadi (petrushka balalayka bilan, qo'lini qimirlatayotgan quyon...). Korobkadan, karton va qog'ozdan avtomashina, yuk krani, traktor, uy qurish mumkin. Qog'oz, karton, tabiiy materialdan (ildiz, tayoqcha va boshqalar) suvda o'ynaladigan o'yinchoqlar (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o'yinchoqlarning nima uchun qo'llanilishini bolalarga o'rgatadi. Tabiiy materiallardan narsa yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, urug'lardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho'pi, plastilin bilan) o'rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklarni, archaning urug'i, yong'oq po'stidan, o'z o'ylaganlari asosida, tarbiyachining topshirig'i bo'yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlardan tanish bo'lgan ertak qahramonlariga o'xshashlarini topish ham o'rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarda fantaziya, tasavvurlari rivojlanib boradi. Qog'ozni chizilgan chiziq bo'ylab buklash, andaza bo'yicha ishlash malakasi mebel yasash mashg'ulotida shakllanib, mustahkamlanadi. Namunani kuzatgach, bolalar undan nima yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o'tirgan bolalar, ishni bo'lib olib (bir bola, divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stulning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu mavzu bo'yicha yana bir mashg'ulot o'tkaziladi, bunda bolalar o'zlari andaza qilib, uni to'g'ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari, ular chizg'ich bilan chiziq chizish, uzunlik, enini o'lchashni ham o'rganadi. Tarbiyachi faqat chizg'ich bilan qanday ishlashni ko'rsatib beradi, qolgan qismini bolalar mustaqil bajaradilar. Mashg'ulot boshlanishidan oldin bolalar bir-birlari bilan nima yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o'z stollariga joylaydilar. Bunday mashg'ulotlar bolalarni qo'l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash, ijodlarini ishdan oldin rejalashtirish qobiliyatlarini ham o'stiradi. Aytaylik, yangi yil bayramiga bolalar mashg'ulotda archa o'yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o'zlari tanlab, materiallarni tayyorlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg'ulotda bolalar applikatsiya mashg'ulotida olgan bilimlarini qo'llaydilar: qog'ozni ko'p buklab, bir xil tipli figuralarni qirqadilar. Tayyorlov guruhda tarbiyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini, malakalarini mustahkamlaydi. Bolalar o'z o'ylaganlari bo'yicha mavzu tanlab, kerakli materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil bajara oladilar. Tarbiyachining yordami bilan bolalar avtomashina, kartondan harakatlanuvchi o'yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo)ni asosiy qismga mayda qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning qismlarini birlashtirishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg'ulot ajratiladi. Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg'ulotda hayvonlarni, qo'g'irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy materialdan narsa yasash mashg'uloti ko'pincha yozda va kuzda olib boriladi. Mashg'ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mavzu nomini aytib, mavzuga oid materiallarni yig'ishni iltimos qiladi. Mashg'ulot davomida bolalar qanday qilib qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi. Bir stol atrofida o'tirgan bolalar birga fikrlashib, kompozitsiya tashkil qiladilar. Tarbiyachi bolalarga qarag'ayning ochilmagan shishka - urug'idan kapalak, baliqchalar yasashni o'rgatadi. Bolalar olgan bilim, malakalarini boshqa mashg'ulotlarda qo'llaydilar. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling