Tbc bank Group plc kompaniyasi shu’ba bankidir


Download 34.09 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi34.09 Kb.
#1286066
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


TBC Bank — 
1 Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasi shu’ba bankidir;
2 Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki;
3 Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank
Bank 2020-yil aprel oyida Markaziy bank litsenziyasini olgan va 2020-yil oktabr oyida TBC Groupga tegishli boʻlgan va mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif qiluvchi Space innovatsion fintech platformasi asosida tijorat faoliyatini boshlagan
2022-yilning iyul oyigacha bankning TBC UZ ilovasini 2,4 milliondan ortiq kishi yuklab olgan.
Ayni paytda bank O‘zbekistonning to‘qqiz shahridagi o‘nta yangi avlod shou-rumlari va respublika bo‘ylab 33 ta „mijozlarni faollashtirish punktlari“ orqali o‘z faoliyatini olib bormoqda
Bankning muassisi Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasiga kiruvchi TBC Bankidir. Gruziyaning TBC Banki Oʻzbekiston moliya bozoriga oʻzing raqamli banki bilan kirishni rejalashtirayotgani 2019-yilning yanvar oyida maʼlum boʻldi.
Oʻsha yilning aprel oyida bank Payme toʻlov xizmatining 51 % aksiyalarini 5,5 million dollarga sotib oldi.
TBC Bank Oʻzbekistonda faoliyatini 2020-yil oktabr oyida boshladi.va Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bankka aylandi.
TBC Bank raqamli bank boʻlgani uchun xizmatlarini asosan mobil ilova orqali taqdim qiladi.
Hozirda ilova orqali quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin: onlayn-mikroqarzlar, omonatlar, bank kartalarini ochish, toʻlovlar va kartadan-kartaga pul oʻtkazmalari.
Hozirda mijozlar bank tomonidan taqdim etilayotga quyidagi KARTALARga onlayn buyurtma berishlari mumkin;
TBC Virtual kartasi. Ushbu kartani bank ilovasi orqali buyurtma qilish va sanoqli soniyalarda ishga tushirib O’zbekistonning istalgan nuqtasida foydalanish mumkin.
TBC kartasi Humo - Ushbu kartani o’zingizga yaqin bo’lgan bank filiali da yoki TBC Bank mobil ilovasida buyurtma qilishingiz mumkin.

TBC Visa Virtual Gold - Onlayn xaridlarni to'lash hamda valyuta konvertatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Yangi darajadagi qulaylik.



Bank mijozlariga Mikroqarz va Avtokredit liniyalaribni taqdim etib kelmoqda.
Mikroqarz : Foiz stavkasi 28-49 %, Eng kam miqdori – 300 000 so’m, Muddat – 36 oygacha.
Avtokredit: Foiz stavkasi 25-30 %, Eng kam miqdori – 10 000 000 so’m, Muddat – 6-72 oygacha.
Bundan tashqari bank o’z mijozlariga yuqori stavkada depozitlarni taklif etadi:
1 Talab qilib olinguncha – Depozit miqdori 100 000 UZS dan 1 000 000 000 UZS gacha; Depozit muddati – 1 oydan 24 oygacha; Foiz stavkasi – 18%.
2 Muddatli – Depozit miqdori 100 000 UZS dan 1 000 000 000 UZS gacha; 18 oy; Foiz stavkasi – 23-24 %.
TBC Bank kartalari orqali O’zbekiston va dunyoning istalgan davlatidagi kartalara pul o’tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
TBC Bank mobil ilovasi orqali 300 dan ortiq xizmatlarga, jumladan Internet, mobil aloqa, kommunal xizmat va boshqa yuzlab toʻlovlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyati bor.



Download 34.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling