Tdiu ih-51 guruh talabasi Murodov Firdavsning milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.8 Mb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1350917
  1   2   3   4
Bog'liq
Mek87a Shavkatov Dilshod Iqtisodiy havfsizlik

TDIU MEK87A guruh talabasi Shavkatov Dilshodning milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash yo'llari
1.Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning turgan o‘rni va uning manfaatlariga tahdidlar
2.Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo’llari
3.Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo’llari
Xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni, aholining normal hayoti va faoliyatini, jumladan uning ish bilan bandligi, iqtisodiy jihatdan o‘sish imkoniyatini ta’minlovchi rivojlanish darajasida saqlashni bildiradi.
Global (texnologik, moliyaviy, informatsion) tizimlarning jadal rivoj-lanishi barcha darajalarda migratsiya oqimlarining keskin ko‘payishi bilan kechadi. Ushbu hol inson resurslarini boshqarishning yangi vazifalarini qo‘yadi. Mamlakatlar, ularning guruhlari, alohida mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farq davlatlar ichida va o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy keskinlik bo‘lishini istisno etmaydi.
1.Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning turgan o‘rni va uning manfaatlariga tahdidlar
Jahon taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi:
xalqaro hamjamiyatda AQSH yetakchiligidagi rivojlangan mamlakat-larning ustunlik qilishiga asoslangan tuzilmasi yaratilishi;
iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi;
xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, tovarlarni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan kechmoqda.
Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro aloqadorlikning shakllanishi oqibatida xo‘jalik haayotining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag’lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog’liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda.
Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimotiga ko‘ra, ixtisoslashuvi, o‘zining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlikka ochiq bo‘lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, Mamlakat ichki iqtisodiy sohasidagi xavfsizligi tabiiy, texnik-texnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy hamda boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va beqarorlik, tangliklar ta’siridan himoyalanish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:
1. ilgargi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros qolganligi;
2. ko‘pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig‘imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardosh-ligining pastligi;
3. iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;
4. yuqori darajadagi inflyasiya;;
5. infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi;
6. investitsion faollikning pastligi;
7. qonunchilik rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subyektlarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishi hamda huquqiy intizomning pastligi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling