Tdiu sf “Iqtisodiyot” fakultetida ijarada yashayotgan talabalarga ijara haqini to‘lab berish tartibi bo‘yicha ishchi guruh yigilishining 2-son bayonnomasi


Download 29.57 Kb.
bet1/3
Sana26.12.2022
Hajmi29.57 Kb.
#1067382
  1   2   3
Bog'liq
bayonnoma oktyabr


TDIU SF “Iqtisodiyot” fakultetida ijarada yashayotgan talabalarga ijara haqini to‘lab berish tartibi bo‘yicha ishchi guruh yigilishining 2-son bayonnomasi

2022 yil 14 dekabr Samarqand shahri




Raislik qiluvchi: Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.I.Turdibekov
Ishtirok etdi: A.B.Taniyev, Y.Isomiddinov, M.Urolov,
B.Boxodirov, L.N.Eshonkulov.


KUN TARTIBI:


1. Ariza bilan murojaat etgan ijarada yashayotgan talabalarga ijara haqining bir qismini to‘lab berish haqida
Eshitildi: Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.I.Turdibekovning axboroti. Fakultetda 2022-2023 o‘quv yilida kunduzgi bo‘limda jami 1112 nafar talabalar tahsil olmoqda. Hozir kunda jami 1-bosqichda 361nafar, 2-bosqichda 304 nafar, 3-bosqichda 302 nafar, 4-bosqichda 145 nafar talabalar asosan filialga yaqin xududdagi Mirzo Ulug‘bek MFYga qarashli xonadonlarda va shaharning filialga yaqin ko‘p qavatli uylar xonadonlarida ijarada turadi. Ijarada va shaxsiy uylarda yashovchi talabalar bilan dekanat va guruh rahbarlari doimiy aloqa olib borishgan. Ularning yashash joylariga borib, uy egalari bilan uchrashib, yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilgan va tartib-intizomi nazorat qilingan. Ushbu tashriflar to‘g‘risidagi bayonnomalar dekanatda va guruh haqidagi ma’lumotlar papkasida saqlanadi. Barcha ma’lumotlar fakultet kompyuteriga alohida fayl sifatida kiritib borilgan. Guruh talabalarining mahallalar bilan aloqalar mustahkamlandi. Ijarada yashayotgan barcha (545 nafar) talabalar bilan
3 tomonlama - Ijara uy sohibi, Filial va talaba tomonidan shartnomalar tuzish xamda Samarqand shahar soliq inspeksiyadan ruyxatdan utishlari kerakligi xakida tushuntirish ishlari olib borilgan. Ijara haqqini to‘lab berishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 20 apreldagi PF–6208-son Farmoniga asosan filialda 2022 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan filial talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi kuzda tutilgan. Bunda:
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida –
bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda – bazaviy
hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi nazarda tutilgan. Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda
ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun
qoplab berilishi zarur.
Tyutorlar ishtirokida guruh yig‘ilishlari o‘tkazildi va yuqoridagi mezonlar asosida 133 nafar talaba ijara to‘lovini qoplab berish buyicha ariza bilan murojaat qildi. Ishchi gurux tomonidan 133 nafar talabaning asoslovchi xujjatlari to‘liq topshirilganligi aniqlandi.

Download 29.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling